27-Mavzu. Geofazoviy ma’lumotlarni boshqarish
Oddiy tilda ma’lumot deb atashimiz mumkin, lekin GATda bu tushuncha birmuncha kengroq ma’noga ega. Ma’lumki, ma’lumotlar olamida ikki xiltushuncha bor, biri baxborot boʻlsa, ikkinchisi ma’lumotdir. Axborot bizning koʻrgan voqea-hodisamiz boʻlsa, ma’lumot oʻsha voqea-hodisaning inson ongida qayta ishlangan koʻrinishidir. GATda ham ma’lumot joydan olingan birlamchi ma’lumotlarning qayta ishlanishidan hosil qilinadi. Yuqoridagi ta’rifdan farqli ravishda bu axborot yoki birlamchi ma’lumot inson ongida emas, balki GATningmaxsus dasturlari yordamida qayta ishlanib, ma’lumotlar bazasida saqlanadi va kelgusida foydalanuvchining istagiga qarab elektron yoki oddiy qogʻoz koʻrinishida taqdim etiladi.geofazoviy ma’lumotlar bazasini tasvirlashimiz va yaratishimiz uchun bizga vektor ma’lumotlar zarur boʻladi. Odatda katta masshtabdagi geofazoviy ma’lumotlar aerokosmik tasvirlar orqali keladi va ular, ma’lumki, rastr koʻrinishida boʻladi. Rastrlash yoki tayyor rastr ma’lumotlarni, oʻz navbatida, vektor formatga keltirish zaruriyati paydo boʻladi. Lekin vektor formatdan oldin rastr formatdagi tasvirlarga ishlov berish kerak. Boshqacha qilib aytadigan
boʻlsak, GAT tilida raqamli tasvirni qayta ishlash jarayoni (digital image processing) kerak boʻladi. Bu jarayon orqali tasvir aniqligi oshiriladi va keraksiz xatoliklar bartaraf etiladi. Bu maqsadlar uchun bir qancha raqamli tasvirni qayta ishlash texnik usullari ishlab chiqilgan. Bu usullarning ba’zilarini raqamli zondlash orqali olingan ma’lumotlargagina qoʻllash mumkin boʻlsa, ba’zilarini faqatgina skanerlangan rastr tasvirlarga va boshqalari esa har ikkalasi uchun ham ishlatilishi mumkin. Barcha usullar umumiy 4 toifaga ajraladi va ular quyidagilardan iborat:
1. Boshlangʻich qayta ishlash.
2. Tasvir aniqligini oshirish.
3. Tasvir formatini oʻzgartirish.
4. Tasvirni tasniflash va tahlil qilish.
Bizga ma’lum boʻlgan geoaxborot tizimida ishlaydigan dasturlar yuqoridagi kabi qayta ishlash xususiyatiga ega emas. Buning uchun maxsus raqamli tasvirni qayta ishlovch dasturlar ishlab chiqilgan. Bu jarayonda uzilgan chiziqlar birlashtiriladi, georeferenslash ishlari olib boriladi, kartalar proyeksiyalanadi, tasvir masshtabi vektor formatdagi masshtabga moslashtiriladi, keraksiz boʻlgan xatoliklar olib tashlanadi. Agar rangli tasvir boʻlsa, oq-qora tasvir koʻrinishiga keltiriladi, tasvir yorugʻligi toʻgʻrilanadi, tasvirlar alohida hosil qilinadi.
Geoma’lumot bazasi soʻrovi Ma’lumot bazasi soʻrovi (Database query), avvalambor, bizga kerakli boʻlgan ma’lumotlarni bazadan soʻrash yoki talab qilib olish ma’nosini bildiradi. Bunda soʻrov maxsus buyruqlar yordamida amalga oshiriladi. Yanada aniqroq
qilib tushuntiradigan boʻlsak, atribut ma’lumotlar yoki kartografik ma’lumotlar oʻzaro ma’lumotlar bazasidagi jadvallarga bogʻlangan boʻladi. Masalan, kartalar ustida ish olib borayotganimizda bizga ma’lum bir yer uchastkasi toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot kerak boʻlib qoladi. Bu holda biz ma’lumot soʻrovini amalga oshiramiz. Bu soʻrov toʻgʻridan toʻgʻri biz ishlayotgan kartaning ustida sichqoncha yordamida amalga oshirilishi yoki ma’lumotlar bazasidan olishimiz mumkin. Geofazoviy tahlil jarayoni orqali kelgusi GAT ishlarida shu soʻrovlar toʻgʻri va aniq bajarilishi uchun ma’lumotlarni joylashtirish va ularni boshqarish usullari qoʻllaniladi. Demak, fazoviy soʻrov (spatial query) bu bizga berilgan ma’lumotlar toʻplami yoki raqamli vektor formatdagi kartada belgilar yoki xususiyatlarni ularning geografik yoki fazoviy bogʻliqligiga qarab belgilash jarayonidir. Bunday kadastrli syomka texnologiyasi ishlari kadastrli
xaritaga olish va yerlami inventarizatsiya qilish jarayonlarining birligini aks ettiradi va quyidagi zamonaviy uslublar va prinsiplardan foydalanish asosidayuritiladi:
- GPS-tizimidan foydalanib rasmga olish markazini aniqlashga asoslangan aerofototopografik syomka metodi;
— fotogrammetriyaning raqamli uslublari;
— xaritaga olishning raqamli va GAT — texnologiyasi metodlari texnologik yechim sifatida ishlatiladi;
— mustaqil mahsulot sifatida raqamli kadastrli xaritalar olish;
- turli manbalardan olingan ma’lumotlami birgalikda chiqish;
- inventarizatsiyani (chegaralarni aniqlash, natijalarini joylash, deshifrovka qilish) o‘tkazish uchun ishchi material sifatida ortofotoplandan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |