1-Mavzu. Geografik axborot tizimining tarifi


-Mavzu. Geofazoviy malumot toplash usullari



Download 97,54 Kb.
bet18/44
Sana06.06.2022
Hajmi97,54 Kb.
#641384
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
45 ta mavzu.

17-Mavzu. Geofazoviy malumot toplash usullari

GATda ma’lumot toʻplash koʻp vaqt talab qiladigan, qimmat, shu bilan birga juda muhim boʻlgan qismlardan biridir. GATda ma’lumot manbalarining va bu ma’lumotlarni tizimga kiritishning juda koʻp turlari mavjud. Ma’lumot toʻplashning eng muhim ikkita usuli mavjud boʻlib, ular ma’lumotni olish va uni uzatishdir. Bundan tashqari, GATda ma’lumot toʻplashda asosiy (birlamchi, toʻgʻridan toʻgʻri oʻlchov yoki syomka yordamida) va ikkilamchi (yordamchi, boshqa manbalardan hosil qilish) ma’lumot olishning oʻrtasida farq borligini bilish zarur. Bu hol rastr va vektor format ma’lumotlar turlariga ham tegishli. GAT turli xil manbalardan tashkil topgan ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Geografik ma’lumotlar bazasini tashkil qilishda rastr va vektor formatdagi ma’lumotlar manbalarini asosiy (birlamchi) va yordamchi (ikkilamchi) kabi ikki turga boʻlishimiz mumkin. Asosiy ma’lumotlar manbayi bu GAT loyihalari uchun toʻplangan raqamli formatdagi ma’lumotlardir. Bunga misol qilib rastr formatdagi SPOT va IKONOS kabi yer sun’iy yoʻldoshlarining


raqamli suratlarini va vektor formatdagi muhandislik-geodezik oʻlchovlarni (elektron teodolit va GPS) koʻrsatishimiz mumkin. Ikkilamchi manbalar oddiy va raqamli ma’lumotlar tizimi boʻlib, bu ma’lumotlarni keyingi bosqichda mos raqamli formatga oʻtkazish kerak boʻladi. Bunday manbaga rastr formatdagi skanerlarga rangli aerofotosuratlarni, qogʻoz koʻrinishdagi skanerlash va vektorlash ishlarini talab qiladigan kartalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Demak, asosiy (birlamchi) geografik ma’lumotlar manbayi GATda ishlatish uchun bevosita oʻlchovlar orqali olinadi. Yordamchi (ikkilamchi) manbalar oldingi izlanishlar orqali qayta ishlangan yoki boshqa tizimlardan olinadi. Har ikki ma’lumot ham raqamli, ham analog formatda boʻlishi mumkin. Analog ma’lumot har doim geografik ma’lumotlar bazasiga kiritilishidan oldin raqamli koʻrinishga keltirilishi lozim. Bunday jarayonni qogʻoz karta yoki fotosuratni skanerlash hamda suratdagi belgilangan joyni vektorlash orqali amalga oshirish mumkin. GATga kiritilishidan oldin raqamli ma’lumotning format kattaligi va tavsiflariga qarab qoʻshimcha qayta formatlash va qayta tizimga keltirish kabi ishlarbajarilishi kerak boʻlishi mumkin. Bu boʻlimda ma’lumot toʻplash va ma’lumotuzatish kabi atamalarga duch kelamiz. Ularning bir-biridan farqi shundan iboratki, ma’lumot toʻplash deganda toʻgʻridan toʻgʻri ma’lumotni oʻsha ma’lumot toʻplayotgan qurilmaga kiritish nazarda tutilsa, ma’lumot uzatishda esa oʻsha ma’lumotlarni tarmoqli ulanishlar (Internet, WAN, LAN), CD ROM disklar, fleshka va disketlar orqali kiritish nazarda tutiladi. Ma’lumot toʻplash bosqichlari. Ma’lumot toʻplash, oʻz navbatida, boshqa jarayonlar kabi bir necha bosqichli ishlarni oʻz ichiga oladi (3.9-rasm). Bu jarayonlarning birinchi bosqichini rejalashtirish boshlab bersa, tayyorgarlik, raqamlashtirish/uzatish (raqamlashtirish, syomka natijalarini kiritish, skanerlash, fotogrammetriya), tahrir qilish va sifatini yaxshilash kabi bosqichlar uni davom ettirib, ma’lumotlarni baholash esa tugatib beradi. Rejalashtirish barcha ishlardagi kabi bu jarayonda ham muhimdir. Bu bosqichda foydalanuvchiga qoʻyiladigan talablar, ishchilar, mos texnika va texnologiyalar hamda dasturlarni aniqlash, loyiha dasturini tayyorlash kabi ishlar aniqlab olinadi.Tayyorgarlik bosqichida ma’lumot olish, boshlangʻich manbalardagi ma’lumotlarni qayta ishlash, skanerlangan tasvirlarni tahrir qilish kabi ishlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni qabul qilib olish uchun mGAT kompyuter texnologiya va dasturlarini aniqlash ishlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. qilinadigan bosqichdir. Bu bosqichdan keyin ma’lumotlarni tahrir qilish va sifatini yaxshilash ustida ish olib boriladi. Bunda raqamlashtirilgan ma’lumotlar xatolari bartaraf qilinib, sifati yanada oshiriladi. Oxirgi bosqichda ma’lumot toʻplash jarayoni davomida hosil qilingan kamchilik va muvaffaqiyatlar aniqlanib, tahlil qilinadi. Asosiy geografik ma’lumot olish turlari.Asosiy geografik ma’lumot olish barcha obyektlarni bevosita, ya’ni toʻgʻridan toʻgʻri oʻlchash orqali amalga oshiriladi.



Download 97,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish