11-Mavzu. Oʻzbekistonda qoʻllaniladigan koordinata sistemalari
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bir qator tarmoqlari (Oʻzyergeodezkadastr, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, qurilish va transport tashkilotlari hamda boshqalar) amaliy masalalarini yechishda geodezik kenglik, uzunlik va ortometrik balandlikdan iborat boʻlgan koordinata asosi zarur. Ammo hozirgi kunda respublikamizda yer sirtida joylashdan GNSS kosmik tizimi kabi global vaqt-koordinata hisoblash tizimi mavjud emas. Boshqa tomondan esa yer tayanch koordinatalar sistemasi bilan geoidning fizik sirti orasidagi bogʻliqlik yetarlicha aniqlik bilan topilmagan. Mehnat unumdorligini oshirish va boshlangʻich geodezik ma’lumotlarni toʻplash bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish maqsadida geodezik asos bilan ta’minlash usulini ishlab chiqish zarur. Dastavval, loyiha tadqiqot guruhi tomonidan ushbu muammoning birinchi qismi – Kitob-Toshkent tayanch bazisini yaratish masalasi yechilgan edi. Nuqtalarning aniqligini baholash maqsadida yaratilgan dasturiy ta’minot uchun davlat patenti olingan.
Hozirgi kunda Krasovskiy ellipsoidiga asoslangan tayanch geodezik tarmogʻini topogeodezik va geofizik xizmatlar oʻz hisob-kitoblarida ishlatib kelmoqdalar. GNSS tizimi WGS-84 Xalqaro balandlik sistemasiga tayanadi, shuning uchun koordinata va balandlikni sun’iy yoʻldoshlar yordamida aniqlaydigan qabul qilgichlarning ommaviylashishi natijasida ikki xil koordinatalar sistemasi orasidagi farq muammosi kun tartibiga chiqdi. Boshqa tomondan olganda, Oʻrta Osiyo mintaqasi ham gorizontal, ham vertikal harakatlar uchun faol deformatsiyaga ega hisoblanadi. Vertikal siljishlar esa nafaqat qatlamlararo deformatsiya, balki atmosfera bosimi va yer namligining ta’siri
natijasidir. Ortometrik balandliklarni aniqlash uchun ellipsoid koordinatalardan tashqari gravimetrik maydonning yuqori aniqlikka ega boʻlgan koʻp garmonikalik matematik modellari ham kerak boʻladi. Bu usulni yanada rivojlantirish uchun loyihada Kitob va Toshkent stansiyalaridan klassik va sun’iy yoʻldoshlar (GNSS, DORIS) yordamida olingan koordinatalar oʻzgarishi vaqt qatorlaridan foydalanish koʻzda tutilgan. Ionosferada sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar litosferadagi jarayonlarning indikatori ekanligini hisobga olgan holda, loyihada VLF va Super SID asboblari – juda past chastotali elektromagnit toʻlqinlar qabul qilgichlari yordamida ionosfera holatini monitoring qilish koʻzda tutilgan. Bu nafaqat punktlarning balandligini topish aniqligini yaxshilash, balki ionosferada sodir boʻlayotgan jarayonlar va mintaqamizning seysmik faolligi oʻrtasidagi korrelatsiyani tadqiq qilish imkoniyatini yaratadi. Ushbu loyiha doirasida Astronomiya institutining Maydanak observatoriyasida yana bir GNSS stansiya oʻrnatiladi va u kelajakda xalqaro geodinamik tarmoqqa kiritiladi. Qoʻyilgan masaladan kelib chiqqan holda, loyihaning bir necha asosiy bosqichini sanab oʻtish mumkin. Tòģri burchakli koordinatalar sistemasi.Kichik hududlarning planini olishda va katta aniqlik talab qilinmaydigan hisoblarda toʻgʻri burchakli yassi koordinata hamda qutbiy koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Toʻgʻri burchakli yassi koordinata sistemasida nuqtalarning bir-biriga nisbatan oʻrni oʻzaro perpendikular ikki chiziqning kesishgan nuqtasiga nisbatan aniqlanadi. Oʻzaro perpendikular ikki chiziqcha koordinata oʻqlari, ularning kesishgan nuqtasiga esa koordinata boshi deyiladi. Bu koordinata sistemasi dekart toʻgʻri burchakli yassi koordinata sistemasi deyiladi. Bu sistemada vertikal chiziq – ordinata (Y), gorizontal chiziq – abssissa (X), geodeziyada esa aksincha, vertikal chiziq – abssissa X, gorizontal chiziq – ordinata Y deb qabul qilingan. O – koordinata boshi, X oʻqi – abssissa shimolga yoʻnalgan, Y oʻqi – ordinata sharqqa yoʻnalgan. Qutbiy koordinata sistemasi. Agar toʻgʻri burchakli koordinata sistemasidagi oʻzaro perpendikular X va Y oʻqlar oʻrniga faqat X oʻqi va koordinata boshlanish nuqtasi O olinsa, qutbiy koordinata sistemasi hosil boʻladi. Biror S nuqtaning qutbiy nuqtaga nisbatan oʻrnini aniqlash uchun bu nuqtani qutbiy nuqta bilan tutashtiruvchi chiziqning uzunligi OS va qutbiy oʻq OX bilan OS chiziq orasidagi burchak oʻlchanadi. Bunda OS chiziq– radius vektor, –oriyentirlash burchagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |