1-mavzu: Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o‘rni va ahamiyati Asosiy savollar



Download 304,36 Kb.
bet5/6
Sana23.02.2023
Hajmi304,36 Kb.
#914191
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining orni va ahamiyati.. (2)

2-savol bo’yicha darsning maqsadi:Talabalarda Futbol o‘yinida nazariy tayyorgarlik, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik va ruhiy tayyorgarlik turlariga oid mashqlar orqali sport mahoratini oshirish bo‘yicha nazariy bilimlar berish


2-savol bayoni:
Jismoniy tayyorgarlik o‘quv–trenirovka jarayonining muhim bo‘limi hisoblanadi. Jismoniy tayyorgarlik organizmning funktsional imkoniyatlari umumiy darajasini oshirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, sog‘liqni mustahkamlash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash jarayonidir. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarlikka bo’linadi. O’quv-trenirovka ishida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vazifalari uzviy bog’liqdir.
Futbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama tarbiyalash, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini hal qiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar va shug‘ullanuvchilar organizmiga umumiy ta’sir ko’rsatuvchi sportning boshqa turlaridan olingan mashqlar bunda asosiy vositalar sifatida qo’llaniladi. Bunda mushak paylarining rivojla-nishi va mustahkamlanishiga, ichki a’zo va tizimlar funktsiyasining takomillashishiga, harakatlar koordinatsiyasi va harakat sifatlari umumiy darajasining oshirilishiga erishiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida qo’llaniladigan ko’pgina mashqlar organizmga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi, ayni chog’da ularning har biri u yoki bu sifatlarni ko’proq rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Jumladan, baland-past joylarda uzoq muddat yugurish ko’proq chidamlilikni, qisqa masofalarda jadal yugurish esa tezlikni rivojlantirishga, gimnastika mashqlari chaqqonlikni o’stirishga qaratilgandir. Bu mashqlar mashg’ulotning tarkibiy qismiga, ulardan ba’zilari esa ertalabki mashg’ulotga kiritiladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning maqsadi – futbolchi uchungina xos bo’lgan jismoniy sifatlar va funktsional imkoniyatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishdan iboratdir.
Futbolchilarning faoliyati bajarayotgan harakati intensivligining doim o‘zgarib turishi bilan ifodalanadi. Mushaklar ishining yuksak intensivligi faollikning pasayishi va nisbatan tinch holatga o’tish bilan almashib turadi. Jadal yugurish, ilgari tashlanish, sakrashlar engil yugurish, yurish, to’xtash bilan almashinadi, harakat yo‘nalishi, maromi va sur’ati o‘zgarib turadi. Bunday faoliyat muayyan jismoniy yuklamani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, vegetativ jarayonlar, birinchi navbatda, modda almashinuvi, nafas olish va qon aylanishidagi jiddiy funktsional o‘zgarishlar bilan davom etadi.
Biroq futbolchilarning o‘yin faoliyati faqat sakrash, yugurish va yurishdan iborat emasligini ham hisobga olish kerak. Futbolchilar harakati anchagina murakkab. Yakkama-yakka qattiq kurash sharoitida, eng katta tezlikda va uzoq vaqt davomida g’ayri tabiiy (sirpanish, sakrash, bir oyoqqa tayangan holda) bo’lish futbolchiga ayni paytda murakkab taktik vazifani xal qilgan xolda to’pni samarali egallab olishga monelik qilmasligi kerak. Futbolchilar to’pni qanchalik yaxshi olib yursalar, maydonda qanchalik o’ylab ish tutib harakat qilsalar, futbol tomosha sifatida shuncha qiziqarli bo’ladi. Shuning uchun futbolchilarning jismo-niy tayyorgarligi ularning o‘yin faoliyati harakatini hisobga olgan holda shunday tashkil qilinishi kerakki, bu ularning texnik va taktik mahoratini takomillashtirish uchun asos bo’lsin.
Ko’proq muayyan jismoniy sifatlarni rivojlan-tirishga qaratilgan maxsus mashqlar yordamida yo’l-yo’lakay ayrim texnik usullar ijrosini takomillashtirish mumkin. Buning uchun, odatda, bajarish xarakteri va tuzilishiga ko’ra u yoki bu texnik usul yoxud uning alohida elementlariga o’xshash bo’lgan maxsus mashqlar qo’llaniladi.
Jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarida ko‘proq takroriy, oralatib o’tkaziladigan, o’zgaruvchan, o‘yin va musobaqa uslublari qo’llanib turadi.
Yillik trenirovka tsiklida avval umumiy jismoniy tayyorgarlik, keyin shu asosda maxsus jismoniy tayyorgarlik ko’rish tavsiya qilinadi. Futbol bilan ko’p yil shug’ullanish mobaynida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik nisbati, shuningdek, ularning muayyan mazmuni, sport mahoratini o’stirish yuzasidan maxsus tayyorgarlik salmog’i asta-sekin ortib borish tomon o’zgartirilayotir. Futbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligida kuch, tezkorlik, chaqqonlik, epchillik asosiy o’rin tutadi. Ayni shu jismoniy sifatlar futbolchilarning harakat imkoniyatlari darajasini ifodalaydi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash yagona trenirovka jarayonining bir qismidir. Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uslubiyatini qarab chiqar ekanmiz, bunda biz, avvalo, jismoniy fazilatlarni tarbiyalash uslublarini nazarda tutamiz.






bu futbolning asosiy texnikasi va taktikasini, gigienik bilim va ko'nikmalarni kundalik tartibiga muvofiq maxsus bilimlarni yosh futbolchilarda shakllantirish



nazariy tayyorgarlik





futbolchi uchungina xos bo’lgan jismoniy sifatlar va funktsional imkoniyatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishdan iboratdir.



umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik





Psixik jarayonlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ularga: sezgi, idrok, ixtisoslashtirilgan idrok turlari, diqqatning shu sport turiga xos xususiyatlari, tafakkur, tezlik, reaktsiya, harakat xotirasi, xayol, irodaviy jarayonlar va boshqalar kiradi





Texnik-taktik va ruhiy tayyorgarlik





Kuch



Jismoniy Sifatlar





Tezkorlik





Chidamlilik





Chaqqonlik





Egiluvchanlik


Sportchining mashq qilish faoliyatida yuzaga kelgan ayrim harakat malakalari, taktik kombinatsiyalar va hokazolar sportchilarda harakat dasturini shakllanti-rishga olib keladi. Shakllantirilgan dastur psixika orqali boshqariladi. Sportchining harakat dasturi ikki yo’l bilan ishlab chiqiladi. Xususan empirik – harakatlarni ko’p marta takrorlash yo’li bilan va maqsadga yo’naltirilgan – bu maxsus yo’l sportchi harakatini boshqarish uchun psixikaning kerakli tomonini mashq qildirish, musobaqa jarayonida rivojlantirishga yordam beradi.


Hozirgi zamon talabiga ko’ra sportchining musobaqaga tayyorlik holati muxim muammo bo’lib hisoblanadi.
Futbolchini psixologik tayyorlash – bu murabbiyning pedagogik faoliyatidagi muhim bir qismidir. Murabbiy sport faoliyatida yuqori natija ko’rsatishi uchun sportchiga kerakli bo’lgan psixik omillarni chuqur bilishi, ularni maqsadga muvofiq rivojlantirishi sportchilarning yuqori darajali mahoratga ega bo’lishlarini, musobaqalarda ishonch bilan barqaror natijalar ko’rsatishlarini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda ko’p sport psixologlari psixologik tayyorlashning ikki turini farqlaydilar:
1. Umumiy psixologik tayyorlash.
2. Musobaqaga psixologik tayyorlash.
Umumiy psixologik tayyorlash o’z ichiga qo’yidagi vazifalarni oladi:

  1. Futbolchi shaxsiga xos zarur xususiyatlarning (ma’naviyati, dunyoqarashi, turli xil qiziqishlari, futbolga bo’lgan motivatsiyasi, axloqiy va emotsional-irodaviy xarakter xususiyatlari va boshqalar) shakllanishi va takomillashishiga imkoniyat tug’diradi.

  2. Psixik jarayonlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ularga: sezgi, idrok, ixtisoslashtirilgan idrok turlari, diqqatning shu sprot turiga xos xususiyatlari, tafakkur, tezlik, reaktsiya, harakat xotirasi, xayol, irodaviy jarayonlar va boshqalar kiradi.

  3. Musobaqa sharoitiga moslashish.

Musobaqaga psixologik tayyorlashning vazifasi sport bellashuvlarida qatnashish uchun sportchida psixik tayyorgarlik holatini yaratadi va uni sport kurashi jarayonida saqlay bilishni ta’minlaydi.

Download 304,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish