16-Mavzu: Tovushning turli muhitlarda tarqalishi.
Maqsad:
1. Ta‟limiy: o`quvchilarga tovush tarqalishi uchun albatta biror bir muhit bo`lishi
zarurligi, turli muhitlarda tovush turli tezlikda tarqalishi haqida bilimlar berish;
2. Tarbiyaviy: tovush turli darajada inson salomatligiga ta‟sir ko`rsatishi haqida
bilimlar berish;
3. Rivojlantiruvchi: nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog`lashni o`rgatish.
Kommunikativ kompetensiya:
darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og„zaki va yozma
tarzda aniq tushunarli bayon qila olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
turli axborot manbalaridan kerakli ma‟lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa
olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |