5-Mavzu: Arximed qonuni va uning qo`llanilishi
Maqsad:
1. Ta’limiy: Arximed qonuni haqida va uning qo`llanilishi haqida o`quvchilarga
ma‟lumot berish. Arximed kuchi formulasini qo`llab masala yechish ko`nikmasini
shakllantirish.
2. Tarbiyaviy: Arximed qonuni ta‟rifiga mos keladigan holatni Beruniy haqidagi
avsonada ham keltirilishini o`quvchilarga aytib berish bilan ularda milliy g`ururni
uyg`otish.
3. Rivojlantiruvchi: nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog`lashni o`rgatish.
Kommunikativ kompetensiya:
darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og„zaki va yozma
tarzda aniq tushunarli bayon qila olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
turli axborot manbalaridan kerakli ma‟lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa
olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |