Tayanch so`z
va tushunchalar
|
Bilaman
|
Bilishni хоhlayman
|
Bilib oldim
|
1
|
adabiyotshunoslik
|
|
|
|
2
|
poetika
|
|
|
|
3
|
Adabiy jarayon
|
|
|
|
4
|
Mumtoz poetika
|
|
|
|
5
|
adabiyot tarixi
|
+
|
|
|
6
|
Dinamik poetika
|
+
|
|
|
7
|
Nazariy poetika
|
+
|
|
|
8
|
struktural poetika
|
|
|
|
9
|
manbashunoslik
|
|
|
|
10
| bibliografiya |
|
|
|
1. “Poetika” istilohi, mohiyati va adabiy jarayonda qoʻllanilish xususiyatlari.
Miloddan avvalgi 336 yilda bir ulugʻ donishmand oʻzining adabiyot ilmiga bagʻishlangan asarining nomini “Poetika” deb qoʻydi, oʻzi esa bu bilan nafaqat poetika ilmining, balki adabiyotshunoslik, axloq, ritorika kabi oʻnlab fanlarning asoschisi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Arastu hakim “Poetika” deya nomlashi juda koʻp olimlarni oʻziga ergashtirdi. XVII asr Yevropa klassislaridan biri Skaliger ham oʻz asarini shunday nomladi va bu nom bir necha asarlar davomida asardan asarga koʻchib yurib, nihoyat XIX asrning boshlaridan turli sohalarga taqsimlangan holda oʻz ilmiy hayotini davom ettirdi. Ulugʻ rus olimi A.N.Veselovskiy oʻzining badiiy tahlil tamoyillariga, ayniqsa, folklor asarlari va ularga mutanosib boʻlgan ilk yozma manbalarga munosabatda tarixiy poetika ilmini anglatdi. Oradan koʻp oʻtmay rus aristokratlari poytaxtda unchalik sigʻishtirmagani uchun umrini Xarkovda davom ettirishga majbur boʻlgan bir olim A.A.Potebnya oʻz tadqiqotlarini “Til va tafakkur” atrofida birlashtirdi. Biroq bunday nom bilan kitob chiqarish unga nasib boʻlmagani uchun ham uning oʻlimidan soʻng olimning bevasi uning asarlarini xuddi shu nomda nashr qildirdi. Biroq ilmiy jamiyat bu umumiy nomdan koʻra ukrain olimi kashfiyotini nazariy poetika atamasi bilan birlashtirdi va bu sohaning yaratuvchisiga aylandi. XX asr boshlarida opoyazchilar yangi tahlil usullari ustida bosh qotirdilar va bu sari ilk qadam sifatida “Poetika” (1916) nomli toʻplam yaratdilar. Biroq ularning nomi adabiyotshunoslik tarixiga XX asr poetikachilari sifatida emas, balki formalizm nomi bilan oʻrinlashtirdilar. Ularning umidlarini yangilik atrofiga jamlagan poetika nomi ayrim oʻrinlardagina ularga nisbatan qoʻllanildi, qoʻllanilganda ham bu olimlar sha’niga tavqi la’natday yopishtirilgan formal soʻzi bilan yonma yon qoʻyilib, ularning kashfiyotlarini N.D.Tamarchenko tahriri ostida chop etilgan “Teoriya literaturы” (M.: Academia, 2004) sifatida qabul qilindi. Oradan yarim asrcha vaqt oʻtmay bunday shakkok olimlar ustidan yurgizilgan shoʻrolarning tegirmon toshi ottepel – yumshalish davriga kelib, rasman ularning dunyoqarashini toʻla oqlamagan holda ularning tajribalarini davom ettirish natijasida yangi tahlil yoʻsiniga erishildi.
Fransuz Rolan Bart va uning izdoshlari boshlab bergan bu yoʻl eston olimi M.YU.Lotman tomonidan yaratilgan struktural poetika darajasida ancha qolib ketdik. Ikki orada mafkuraviy tazyiq yoʻqola boshlashi bilan yangi asr klassitsizmi nomini olgan sotsrealizm ham oʻzining temir qonunlarini birmuncha boʻshashtirganday boʻldi. Ilgari hayotni oʻz shaklida aks ettirishni shoʻro yozuvchilarining boʻyniga ilgan bu quyushqon endi hayot mohiyatini aks ettirishda uning bagʻri xilma xil shakl va uslublarga ochiq ekanini namoyishkorona anglatdi. Azaliy adabiyot ilmi ham bu davrga mos ravishda dinamik poetika deb atala boshlandi. Struktural poetikadan boshlangan oʻzgarishlarni hali hazm qilib ulgurmasimizdan rossiyada tadqiqot olib borayotgan bir koreys tadqiqotchisi oʻzining Osip Mandelshtam ijodiga bagʻishlangan nomzodlik dissertatsiyasini organik poetika deb atadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |