Yosh fiziologiyasi va gigiena fanining rivojlanish tarixi - Ma’lumki, yer yuzidagi insonlarning hayot faoliyati eramizdan avval yashab, ijod etgan Gippokrat, Aristotel, Galen va Vezaliy kabi olimlar tomonidan o’rganila boshlagan.
- Gippokrat (miloddan a vvalgi 460-375 yillarda) tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv)ni insonlarning jismoniy va ruhiy shakllanishiga ta’siri to’g’risida fikr yuritgan. U odamning xulq-atvori, his-tuyg’usi turlicha bo’lishini o’rganib, temperament (mijoz) haqida asar yozgan va odamlarni to’rt xil mijozga bo’lgan.
- Galen (miloddan avvalgi 134-211) maymunlarda tajribalar o’tkazib anatomiya va fiziologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.
- Markaziy Osiyo xalqlarining tibbiyotga oid yozilgan ma’lumotlari IX-X asrlarga (bizning eramizgacha) tegishli. Bunday ma’lumotlar Eron va Markaziy Osiyo xalqlarining ilohiy kitobi bo’lgan «Avesto»da hamda loydan yasalgan jadvalda o’z ifodasini topgan. Avesto markaziy Osiyo xalqlari tibbiyotiga oid yozilgan birinchi tibbiy asar bo’lib hisoblanadi. O’rta asrlar davomida sharq mamlakatlarida, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Shu davrda jahonga tanilgan ko’pgina olimlar yashab ijod qilganlar. Ulardan biri Abn Bakr ibn Axaviy Buxoriy o’zining «Hidoyat» (tibbiyotni o’rganuvchilarga qo’llanma) kitobida kattalar va bolalarda uchraydigan ko’pgina kasalliklar va ularni davolashda qo’llanilaniladigan dorilar haqida ma’lumotlar bergan.
- Abu Nosir Muhammad Al-Forobiy (873-yil da Sirdaryo bo’yida tug’ilgan) tibbiyotga ko’plab yangiliklar kiritgan, uning asab jarayonlarini sezuvchi va harakatlanuvchi nervlar boshqaradi degan taxmini kelgusida jahon fiziologlari tomonidan tan olindi.
XIX asrning o’rtalarida yosh fiziologiyasi jadal rivojlana boshladi shakllana boshladi. XX asrga kelib «Yosh fiziolgiyasi va gigiyenasi» mustaqil fan sifatida tarkib topishida rus olimlaridan A.A. Leontev, A.R. Luriya, I.N. Marinova, A.A. Markosyan, M.V. Antropova, A.S.Xripkovalarning xizmatlari katta.
1976-yilda A.A.Leontevning «Bolalar organizmining anatomiyasi va fiziologiyasi» nomli kitobi bosilib chiqdi. 1968-yili A.Markosyanning «Bolalar va o’smirlarning morfologik va fiziologik xususiyatlari» A.G. Xripkovaning 1975-yilda «Yosh fiziologiyasi va gigiena», 1978-yilda esa «Bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi» nomli kitoblari chop etildi.
Erisman (1842-1915) ko’plab o’quv qo’llanmalarini yaratdi, barcha gigiyenik talablarga javob bera oladigan sinf xonalarining modeli, o’quvchilarning bo’yiga mos jihozlarning turlarini, o’quvchilarni partada to’g’ri o’tirish yo’llarini ishlab chiqdi.N.R.Gundobin sog’lom o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda gigiyena muhim rol o’ynaydi deb o’qitgan va uni pediatriyaning ajralmas bir qismi deb hisoblagan. U yoshlik davrlari tizimini tuzgan. V.M. Bonch-Bruyevich, I.A. Semashko, V.I. Molchanov, P.N. Speranskiylar bolalar va o’smirlar gigiyenasi sohasiga katta hissa qo’shganlar.Bolalar va o’smirlar gigiyenasi sohasida ko’pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib organ olimlardan M.Ismoilovning ishlari diqqatga sazovordir, u kishi bolalar va o’smirlar gigiyenasi sohasida juda ko’p ilmiy izlanishlarining natijasi sifatida «O’quvchilar gigiyenasi» nomli maruzalar matni va bir qator risolalar tayoyrlagan muallifdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |