1 Mavzu: Fanning mazmuni. Shaharlar rekonstruktsiyasi. Eski turar uy-joylarni qurilmalarini rejalashtirish tavsifi



Download 2,2 Mb.
bet4/5
Sana26.03.2022
Hajmi2,2 Mb.
#510930
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Мавзу БИР 2020-2021 лотин

1.7– rasm. Toshkent shahrining qadimgi mahallasi
SHahardagi barcha turar-joy uylari ayrim oilalarga tegishli bo’lgan yakkahol xususiy uylar tizimini ifodalar edi. Binobarin ko’cha tarafdan qaraganda boylarning turar-joy uylari kambag’allarning uylaridan keskin farq qilmagan. Tashqi tomondan ular yuzasi kulrang tekis derazalarsiz devorlar bilan ifodalanardi. Ular faqatgina turli darajada kenglikka va ko’rinishga ega bo’lgan kirish darvoza-eshiklari bilangina farqlanardi. Asosiy ko’chalarda devorlarning uzluksiz tekisligini ko’pdan-ko’p savdo va xunarmandlar do’konlarining keng oraliqlarigina ajratib turardi. Turar-joy uylarining derazalari ko’cha tarafdan faqatgina ikkinchi qavatdagina ochilishi mumkin bo’lgan. Boylarning uylari kambag’allarnikidan o’zining rejaviy holati, xonalarning o’lchamlari, ularning soni va ichki badiiy pardozining tashqi dunyodan to’la ajratilganligidadir. Xatto kirish yo’laklari tasodifan o’tayotgan kimsaning nazari ichkariga tushmasligi uchun tirsakli ko’rinishga ega bo’lgan.
Uylarning hajmiy-rejaviy yechimida hovlini ikki qismga – tashqi, mehmonlar uchun va ichki, xos xonalarga bo’linishi majburiy shart bo’lib, bu ko’rinish davlatmandligiga ko’ra turlicha ifodalangan. Katta boylar xonadoni atrofida xonalari bo’lgan tashqari va ichkari hovlidan tashkil topgan mustaqil tenghuquqli ikki hovlidan iborat bo’lsa, kambag’allarning hovlisi ko’p xollarda tashqi hovlisiz bo’lgan. Lekin tashqi dunyodan ajratilgan xonaning bo’lishi asosiy shart edi.
Uylarning bunday ajratilishi XIX va XX asrlarning boshlari uchun ijtimoiy ahamiyatga ega, zero bunday hodisa ayollarning jamoatdagi o’rni bilan izohlanadi, ya’ni ayollarga begona erkakning nazari tushishi mumkin bo’lmagan edi.
Turar-joy uylarining hajmiy kompozitsiyasi va rejalashuvi ham har xil bo’lgan. Bunda birorta takrorlanish holatini uchratmaysiz, lekin bu uylarning tuzilishida qandaydir umumiy qonuniyat bor edi.
SHaharning eskiroq va zichroq qismida ko’chaning sathi atrof uylarning asoslari sathidan anchagina past bo’lib, muqaddam buzilgan inshootlarning asosiga joylashgan. SHu sababli ko’pincha uylarning tashqi qismi satxi bilan barobar joylashib, ichkari qism bilan ikkinchi qavat satxida birlashgan, u yerdan uyning ichkari qismiga olib beruvchi yo’l o’tgan. Huddi shu yerda otxona va arava saqlanadigan yopiq xona joylashgan. Agar uy savdogarga yoki xunarmandga qarashli bo’lsa, u xolda ba’zan savdo xonasi yoki hunar ustaxonasi bo’lishi mumkin bo’lgan. Hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash (o’ziga xos sharoit hamda ayollar mehnatini qo’llash – to’quvchi, kashtachi va boshqalar) – kulolchilik, terikchilik buyumlari va shu kabilarni ko’chadan ajratilgan xonalarda amalga oshirilar edi. Tashqarining ikkinchi qavatida bir-ikkita yashash uylari, mayda-chuydalar uchun ombor va albatta mehmonlar uchun yaxshilab bezatilgan va kattagina xona – mehmonxona joylashgan.
Odatda ikkinchi qavatda markaziy tashkillashtiruvchi rejaviy yadro bo’lgan. Bu ko’cha tarafga qaragan, ochiq yoki panjarali ayvon. Ba’zan bu yerda uncha katta bo’lmagan atrofi yog’och ustunlarda turuvchi yo’lakchali ravon bo’lishi mumkin edi. Ammo ko’pincha ikkinchi qavatning markazida ichki sahnga ega yopiq hovliro’ya mavjud bo’lib, uning yuqori qismidagi ko’tarilgan fonar yorug’lik bilan ta’minlar edi.
Turar-joy uyining ichki qismini asosiy funktsional va rejaviy unsuri – ochiq hovli hisoblanardi. Bu yerda yoz kunlari ovqat tayyorlashning asosiy jarayonlari bajarilardi, ochiq ayvonda o’tirib quyosh botganidan so’ng kechki salqinda dam olinadi, ovqat yeyilardi, shu yerda oila a’zolari tungi uyquga yotishlari mumkin edi.
Hovlilar nihoyatda toza, suvlar sepilgan, supurilgan, o’rtada rayxon, jambilning xushbo’y hidi taralardi, ekilgan anvoyi gullar ochilib kishining bahri dilini ochardi. Hovliga barcha turar-joy va xo’jalik xonalarining eshiklari qaragan edi.
Uylarning barcha rejaviy kompozitsiyasi, ularning hajmiy yechimi, ichki tuzilishi asosan yagona muammoga-xona ichini quyosh nurining ta’siridan saqlash yoki aksincha undan foydalanishga qaratilgan edi. Binobarin yashash uylarining janub tarafga qaratilishi, qish davrida quyoshning falakdagi yotiq holatida uyga kunduz kunlari ertadan kechgacha nur tushib isitib turadi. Yoz kunlari esa aksincha quyosh o’zining tik holatini olganida uning nuri xonaga deyarli tushmaydi. SHunday qilib xona ortiqcha isib ketishdan himoyalanadi. SHuni ham aytish joizki, uylarning devorlari paxsali bo’lganda uning qalinligi kamida 50 sm, ba’zan 70 sm gacha yetadi. Qo’shsinch uylarda esa sinchlar orasidagi havo qatlami issikliq rejimini saqlashda muhim rolь o’ynaydi. SHunday qilib eski turar-joy qurilishni rejaviy tavsifi o’sha davr yashovchilari uchun mazkur davr talablariga javob bera olgan. Ammo hozirgi zamon talablari o’zgargan.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish