1-mavzu.Fanning maqsadi va vazifalari
reja
.
1.Foydalaniladigan adabiyotlar
2. Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati
3.Biotexnologiya so‘ziga ta’riflar.
4.Biotexnologiyaning fan va ishlab chiqarish sohasidagi ahamiyati
Fanning maqsadi: Biotexnologiya fani biotexnologiya bakalavr tayyorlashda nazariy fanlarning
biri bо‘lib, bugungi kundagi bо‘lajak mutaxassislarni atrof muhitni biotenologik usullar yordamida
tozalash, chiqindisiz texnolgiyalar yaratish, transgen oziq ovqat mahsulotlar va ularning organimga
ta’siri biologik jarayonlar ustida ishlash, kelgusida sanoat va qishloq xо‘jaligini rivojlantirish,
meditsina sohasida dori-darmonlar ishlab chiqarish, vaksinalar tayyorlash, immunitetni о‘rganish kabi
muammolarini tushuntiradi.
Fanning vazifalari: Biobiotexnologiyaning asosiy obyekti atrof muhit bilan organizmlar
о‘rtasidagi munosobat tushuniladi Shuning uchun bugungi kundagi ekobiotexnologiyaning asosiy
vazifasi о‘simlik va hayvon hujayralarini о‘stirib sanoat miqyosida toza mahsulotlar ishlab chiqarish.
Mikroorganizmlar shtammlarini tanlash (spirt, shakar, xamir achitish, pishloq tayyorlash) usuli bilan
sanoatda sifatli mahsulotlar ishlab chikqarish. Gen injenerligi usulida hayvon о‘simlik va
mikroorganizmlar DNK va RNK larini о‘zgartirib sanoatda yangi mahsulotlar (insulin, inteferon,
vozoprossin, aminokislotalar, gormonlar va boshqalar) olish fanning asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi.
Fanning о‘kitish jarayonidagi о‘rni, barcha biologik fanlarning, shu jumladan gen injenerligi,
molekulyar biologiya, umumiy biologiya fanlarning asosiy qonuniyatlarini tushuntirish va taxlil qilish
bilan belgilanadi deb qarash mumkin.
Fanni o’qitish jarayonida ta’limning ilg’or texnologiyalaridan foydalanish.
Biotexnologiya fanini о‘qitish jarayonida yangi va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali
foydalanish imkoniyatlari mavjud va bu talabalar bilim darajasining oshishiga, fanning qiyin sohalarini
yaxshi о‘zlashtirishiga katta yordam beradi. Jumladan organizmlarning atrof muhit bilan aloqasi,
transgen mahsulotlar foydasi va zarari, bu mahsulotlarni о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rganishda
zamonaviy о‘qitish vositalari va usullaridan keng qamrovli foydalanish mumkin. ekobiotexnologiya
fanini о‘qitish jarayonida ta’limning bir qator usullari va metodlaridan keng foydalanish maqsadga
muvofiq. Bunday metodlarga «bevosita о‘qitish», «ma’ruza», «munozarali ma’ruza», «aqliy hujum»,
«bahs-munozara», «videotasma (slaydlar)», «muammoli о‘qitish» va boshqalarni kiritish mumkin.
Bunday usul va metodlar talabani mustaqil fikrlashga undaydi, aqliy faolligini oshiradi, ta’limning
ilg‘or texnologiyalari bilan tanishadi va ularni amalda qо‘llaydi. Bu esa talabalarda malaka va
kо‘nikmalarni hosil qiladi. Qolaversa ularda pedagogik faoliyat davomida, yosh avlodni etuk va
mukammal shaxs qilib tarbiyalash jarayonida, maktab yoki kollejda dars о‘tish asnosida bu metodlarni
amalda qо‘llay olish imkoniyatlari imkoniyatlari bо‘ladi.
Ta’limning yuqorida keltirib о‘tilgan ilg‘or metodlarini amalda qо‘llash jarayonida elektron darsliklar,
multmedia tizimi, materiallar bazasi hamda elektron kutubxona tizimidan, e’lonlar elektron doskasi va
boshqa kо‘plab zamonaviy о‘qitish vositalaridan foydalanish kо‘zda tutiladi. Bu borada xalqaro
Internet tizimining ahamiyatini alohida ta’kidlab о‘tish lozim. Ushbu vositalardan bevosita foydalanish
va ularni amalda qо‘llay olish kо‘nikmalarini shakllantirish talabalarning kelgusidagi faoliyatida juda
zarurligi va katta ahamiyat kasb etishini alohida qayd etib о‘tish lozim. Talabalar ushbu vositalardan
amalda foydalanibgina qolmasdan, balki mustaqil topshiriqlarni bajarish jarayonida bunday vositalarni
bevosita о‘zlari yaratishlari ham mumkin.
Biologik jarayonlarni texnika va ishlab chiqarishda qo‘llanilishi, biologik makromolekulalar va
organizmlar ishtirokida yaratilgan har qanday texnologiya biotexnologiya deb ataladi.
Insonlarning ongsiz ravishda sutdan qatiq, zotdor itlarni yoki sifatli o‘simliklarni yaratishlari
biotexnologiyaning sodda ko‘rinishi bo‘lib, an’anaviy biotexnologiya deb ataladi. Keyinchalik
biologik fanlar (biokimyo, mikrobiologiya, genetika) fanlarining rivojlanishi tufayli murakkab, ya’ni
zamonaviy biotexnologiyaga asos solindi. Zamonaviy biotexnologiya va biologik ishlab chiqarishlar
mikroorganizmlarni sanoat miqyosida ko‘paytirib, ularning biomassasidan insonlar uchun zarur
bo‘lgan moddalar olish, fermentlar injeneriyasi, genetik va hujayra injeneriyalarini yangi
yo‘nalaishlarining keng rivojlanishi texnologik jarayonlarda ishlab chiqarish va biologiya yagona
birlik ekanligidan dalolat beradi.
Biotexnologiya jarayonlaridan mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralari, ulardan ajratilgan
fermentlar, hujayra organnellalari, ularni o‘rab turgan membranalar sof yoki immobillashgan holatda
oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar, fermentlar, garmonlar va boshqa
moddalar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Fan sifatida o‘tgan asrning 60-yillaridan shakllana boshlagan biotexnologiyaning tarixiga chuqurroq
nazar tashlasak mikroorganizmlar yordamida “bijg‘itish”, “achitish” jarayonlari insoniyat tomonidan
qadimdan keng ishlatilib kelinayotganligini guvohi bo‘lamiz. Biotexnologiyaning mohiyatini
tushunish uchun misollarga murojaat qilaylik. Bakteriya hujayrasi har 20-60 minutda, achitqi
zamburug‘lari 1,5-2,0 soatda ikkiga bo‘linib ko‘paysa, sut emizuvchilar hujayralarining ikkiga
bo‘linishi uchun 24 soat kerak bo‘ladi. Yana bir misol: 1 kub metr ozuqa muhitida achitqi
zamburug‘lari 24 soatda 30 kilogramm oqsil to‘playdi, shuncha miqdorda oqsil to‘plash uchun 18
gektar yerga no‘xat ekib, uch oy parvarish qilish lozim bo‘ladi.
Biotexnologiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
*ozuqa maxsulotlari biotexnologiyasi;
*qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan preparatlar biotexnologiyasi;
*sanoat mahsulotlari biotexnologiyasi;
*dorivor moddalar, diagnostika va reaktivlar biotexnologiyasi;
*biogidrometallurgiyada ishlatiladigan biotexnologiya;
*tabiatni muhofaza qilishi uchun zarur bo‘lgan biotexnologiyalar.
Mikrob biotexnologiyasi - bu o‘ta muhim mikrobiologik jarayonlarni yaratish va ulardan sanoat
usulida foydalanish orqali zarur bo‘lgan mikrob hujayralari, organelalari va fermentlarini ishlab
chiqarish hamda ulardan xalq xo‘jaligi va tibbiyotda foydalanishning nazariy va amalliy tomonlarini
yoritib beradigan fandir. Bu fan asosan mikrobiologiya, fiziologiya, biokimyo va genetika fanlari
yutuqlari asosida tashkil qilingan bo‘lib, uning zaminida ko‘zga ko‘rinmas mikroorganizmlar
faoliyatidan unumli va oqilona foydalanish yotadi.
Mikroorganizmlar o‘zlarining keng tarmoqli fermentlar tizimi tufayli o‘sish, rivojlanish va ko‘payish
jarayonlaridan, hayotiy zarur, insoniyat uchun xizmat qilaoladigan minglab fiziologik faol moddalar
ishlab-chiqarish imkoniyatlariga ega. Bundan tashqari mikroorganizmlar har xil tabiiy va kimyoviy
birikmalarini o‘ta muhim moddalarga aylantirish (modifikatsiya qilish) imkoniyatlariga ham egalar.
Insoniyat paydo bo‘lganlaridan buyon bilib-bilmay mikroorganizmlar faoliyatidan foydalanib
kelganlar.
Biotexnologiya fani O‘zbekiston uchun eng kenja fanlardan bo‘lib, uni tarixi uzoqqa bormaydi
(qadimiy biotexnologiyalar; non yopish, qatiq tayyorlash va h.k. bundan istisno). Bu fan asosan
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va o‘simliklar eksperimental
biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator zavodlarda
(Yangiyo‘l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi, qo‘qon spirt zavodi) rivojlanib kelmoqda.
Biotexnologiya ixtisosligi bo‘yicha birinchi o‘zbek akademigi A.G.Xolmurodov (1939-1996)
fuzarium avlodiga mansub zamburug‘lardan NAD-kofermenti va vitaminlar kompleksi (В guruhiga
kiruvchi vitaminlar, vitamin РР, Қ 10 vah.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Akademik
M.I.Mavloniy O‘zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug‘larni tahlil qilib, ularni nonvoychilik,
vinochilik va chorvachilikka qo‘l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus xamirturushlar va
vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarni yaratdi.
ProfessorQ.D.Davranov MDH mamlakatlarida birinchilardan bhlib yog‘ parchalovchi lipaza
fermentini tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko‘p shakllilik sabablarini tahlil qilib, har
bir biotexnologik jarayon uchun o‘ziga xos spetsifiklikka ega bo‘lgan lipaza fermenti zarur degan
fikrga keldi va buni amaliyotda tasdiqlab berdi. Q.D.Davranov yaratgan "Yer malhami" biopreparati,
azot o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo‘lib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida
keng qo‘llanilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |