3
MUNDARIJA
Kirish
4
1–mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari. Asosiy tushuncha va
ta‟riflar. Ma‟lumotlar bazasiga qo„yiladigan talablar
5
2–mavzu. Ma‟lumot bazasi tizimining arxitеkturasi. Uch bosqichli
arxitеktura. Tashqi bosqich. Konsеptual bosqich. Ichki bosqich.
7
3–mavzu. Ma‟lumot baza modеli. Moxiyat-aloqa modеli.
12
4–mavzu. Rеlyatsion ma‟lumot modеli. Ma‟lumotlar bazasida
munosabatlar.
18
5 – mavzu. Rеlyatsion algеbra va rеlyatsion xisobot
elеmеntlari
22
6–mavzu. Ma‟lumotlar bazasini normallashtirish. Normal formalar
1NF, 2NF, 3NF va Kodd
28
7–mavzu. SQLtili. SQL opеratorlarini yozish.
33
8–mavzu. Ma‟lumotlar manipulyatsiya qilish. Oddiy so„rovlar
yaratish.
41
9–mavzu. SQL tili. Ma‟lumotlar tavsiflash.
50
10–mavzu: Tranzaksiyalarni boshqarish. So„rovlar yaratish va
qayta
ishlash.
57
11–mavzu: Ma`lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini
ta`minlash.
62
12– mavzu: Ochiq ma`lumotlar bazasi aloqasi.
65
13–mavzu: Ma`lumotlar bazasini himoyasi. Tranzaksiyalarni
boshqrish. Paralel murojaatlarni boshqarish.
71
14–mavzu: XML va ma`lumotlar bazasi.
73
Test savollari
78
Glossariy
93
Adabiyotlar ro‟yxati
98
4
Kirish
Ko„pgina masalalarni yechish asosida axborotlarni qayta ishlash
yotadi. Axborotlarni qayta ishlashniy engillashtirish maqsadida axborot
tizimlari yaratiladi. Avtomatlashgan axborot tizimlar (AT) deb,
shunday
tizimlarga aytamizki, ularning tarkibida texnik vositalar, jumladan shaxsiy
kompyuterlar ishtrok etadi. ATlarni keng ma‟noda axborotni qayta
ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga
qarab, ATlar
ishlab chiqarish sohasida, talim sohasida, sog„liqni saqlash
sohasida, harbiy sohada va boshqa sohalarda
ishlatiladigan tizimlarga
ajratish mumkin.
ATlarni maqsadli ishlatilishiga qarab bir qancha kategoriyalarga
ajratishimiz mumkin. Jumladan boshqariluvchi,
axborot qidiruv, axborot
ma‟lumotnoma va boshqa tizimlarga ajratiladi.
Atlarni tom ma‟noda ba‟zi bir amaliy masalalarni echishga
ishlatiladigan apparat dasturiy vositalari
majmuasi sifatida ham
tushunamiz. Masalan tashkilotlarda ishlatiladigan kadrlarni hisobga olish
va kuzatish, omborxona material va tovarlarni
hisobga olish va nazorat
qilish, buxgalter masalarini yechish va boshqalar.
ATlarni asosida ma‟lumotlar bazasi yotadi. MB degenda,
ma‟lumotlarni shunday o„zaro bog„langan to„plamini tushunamizki, u
mashina
xotirasida saqlanib, maxsus ma‟lumotlar bazasini boshqarish
tizimni to„ldirilishi, o„zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin.
Aniq ma‟lumotlarni (masalani) hal qilishda inson real dunyoni u yoki
bu sohasi bilan cheklanadi. Bunday hollarda faqat ba‟zi bir ob‟ektlarni
o„rganishgina qiziqish o„yg„otadi. Bunday ob‟ektlarni majmuasini