1-mavzu. Fanga kirish reja



Download 87,53 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi87,53 Kb.
#90978
  1   2
Bog'liq
1-мавзу. Фанга кириш


1-MAVZU. FANGA KIRISH

Reja:

  1. G‘oyalar kuchi

  2. G‘oyalar ta’limoti tarixi

  3. Iqtisodiy atamalar tarixi

  4. Iqtisodchilar tarixi

  5. Iqtisodiy g‘oyalar tarixi

Har qanday tarixni o’rganish avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir.Taniqli yozuvchi va adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: "Moziyga qarab ish tutish xayrlidir". Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixini o’rganish katta nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot tarixi (xalq xo’jaligi tarixi) va iqtisodiy ta'limotlar tarixi iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta'minlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Iqtisodiy fanlarning o’zaro aloqadorligi


Ayniqsa hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo’shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to’g’risida imkoni boricha ko’proq bilishga intilmoqdalar. Xo’sh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o’rganishda nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug’ilishi tabiiy.Iqtisoyotning asosan bir nechta nozik «kasalliklari» bor. Bular asosan aholining ishsizligi, pulning inflyatsiyasi, davlatning byudjet kamomadi.

Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to’la hal etishda o’tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o’tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to’g’risida to’g’ri qisqacha xulosalar chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. aniqrog’i, velosipedni qayta kashf qilishga hojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.

Ammo shunday bo’ldiki, oxirgi 25-30 yil davomida bu fanlarga kam e'tibor berildi, hatto "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" katag’onga uchradi, faqat mustaqillik yillari bu fanni oliy o’quv yurtlarida qaytadan o’qitish boshlandi. Bu o’z-o’zidan bo’lgani yo’q, albatta.

Sovetlar tuzumi davrida ko’pgina fanlar, shu jumladan, iqtisodiyot fani sinfiylik, partiyaviylik mafkurasi asosida o’rganildi, marksizm-leninizm g’oyalari birdan-bir to’g’ri ta'limot deb qabul qilindi va barcha masalalar yechilgan, tarixga, uzoq o’tmishga hech qanday hojat yo’q, degan umumiy qayfiyat yuzaga keldi. Sotsialistik va kommunistik jamiyat qurishda dasturilamal bo’lgan mafkuraga muqobil bo’lgan barcha fikrlar tanqidga uchradi; asosiy e'tibor markscha-lenincha iqtisodiy ta'limotni o’rganishga, kapitalizm, bozor munosabatlarining kelajagi yo’qligini zo’rma-zo’raki "isbotlash"ga qaratildi.

Ammo bu yo’l tarix sinovidan o’tmadi. Iqtisodiyotda sinfiy, mafkuraviy tamoyillar ertaklardagi qum saroylari kabi vayron bo’la boshladi. Tabiatning yomon ob-havosi bo’lmaganidek, tarix ham bo’lib o’tgan yaxshi yoki yomon voqealar uchun hech kim oldida tavba-tazarru' qilmaydi.

Hozirgi davr olimlari avvalgi mualliflardan ko’ra ko’proq biladilar, bu ob'ektiv jarayon, ammo shunisi ham ayni haqiqatki, biz ular tufayli ham shu narsalarni bilamiz.

Yana shuni ham alohida ta'kidlab o’tish kerakki, sobiq SSSR davrida qaysi fanni o’qish, qanday dastur va darslik asosida o’qitish "markaz"ning to’la ixtiyorida bo’lgan. Tarjima qilish ham shu yo’sinda olib borilgan. Oxir-oqibat o’zbek tilida biror jiddiy asar yaratishga yo’l berilmagan. Ayniqsa, Sharq, xususan o’rta osiyolik olimlar, donishmandlar va allomalarning iqtisodiyot va boshqa fanlarga qo’shgan hissasi doimo kamsitib kelingan.

Mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgan O’zbekistonlik olimlar oldida, ko’pgina fanlar kabi, iqtisodiyot fani borasida ham katta ishlarni amalga oshirish vazifasi turibdi. Yangi dastur, o’quv qo’llanma va darsliklar yaratish eng muhimdir. iqtisodiyot insoniyat tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g’oya, qarash, nazariya va ta'limotlar ham ko’p ming yillik tarixga ega. Lekin ularning asosiy qismi yozuv paydo bo’lganidan so’ng, yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g’oyalar avvalo insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o’rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo’lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga tadbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Iqtisodiyot baynalmilal hodisa bo’lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar va mamlakatlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. Hozirgi davrda ham bozor iqtisodiyotining prinsiplari hamma uchun bir xil bo’lishiga qaramasdan natijalar turlichadir.XVIII asr oxirida klassik iqtisodiy maktab vakillari Adam Smit va David Rikardo ob'ektiv, ya'ni inson xohishiga bog’liq bo’lmagan, ammo ular tomonidan o’rganilishi mumkin bo’lgan qonunlar asosida amal qiluvchi xo’jalik tizimi to’g’risidagi ta'limotni yaratdilar. Ularning fikricha, davlatning iqtisodiy siyosati bu qonunlarga xilof bo’lmay, aksincha bu qonunlarga suyanishi kerak, ana shunda iqtisodiyot ravnaq topadi va aksincha. Demak, bu qonun va qonuniyatlarni bilish, ulardan amaliyotda to’g’ri foydalanish hayot talabi bo’lib bormoqda. Uzoq o’tmishdagi ko’pgina o’gitlar, hayotiy tajribalar, allomalarning fikri va g’oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o’rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish zarur.

Iqtisodiy ta'limotlar tarixi deyarli to’rt ming yillik rivoji davomida bir qancha bosqichlarni bosib o’tdi. Ularning turli yo’nalishlari va maktablari mavjud




Download 87,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish