Fanlar tasnifiga oid qarashlar. Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida fanga ilm deb baho berilgan. Xususan O‘rta asrlarda Forobiyning ilmlar tasnifiga oid qarashlari “Ilmlarning kelib chiqishi haqida”, “Ilmlarning tasnifi haqida” risolalarida o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan 30ga yaqin ilm sohalarini mohiyati yoritilgan. Ilmning tuzilishini baholashda Forobiy ilmda borliqning yaxlit holati sifatida aks etishdan iborat deb hisoblaydi. U ilmlarni quyidagicha tasniflaydi:
1. Til haqidagi bilim grammatika, poetika, to‘g‘ri yozuv, to‘g‘ri fikr kabi etti bo‘limdan iborat.
2. Mantiq haqidagi bilim tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika, sofistikadan iborat bo‘limlardan iborat.
3. Matematika – arifmetika, geometriya, optika, sayyoralar, musiqa, og‘irlik, mexanika kabi mustaqil bilim sohalaridan iborat
4. Tabiiy va ilohiy ilmlar yoki metafizika deb nomlangan ilm at-tabiiy va ilm al-ilohiy kabilarni tasniflaydi.
5. Siyosat ilmi (ilmal-madaniy va shahar haqidagi ilm, shaharni boshqarish ilmi), yurisprudensiya (fikh) va musulmon teologiyasi (kalom) ilmilarda o‘z ifodasini topadi18.
G‘azzoliy o‘zining “Eh’youl ul-ulum ad-din”(Diniy ilmlarning qayta tirilishi) kitobida haqiqiy ilm deb insonni oxiratda saodatli qiladigan ilmni tushunadi. Uning fikricha haqiqiy bilim barcha g‘ubor va iflosliklardan poklanish, shukr bilan bog‘liq mushohada va ta’magirlik, hasad qasd hirs bilan bog‘liq mukoshafa ilmiga bo‘linadi19.
G‘azzoliy ilmni shariat va g‘ayrishariat ilmlariga bo‘ladi. G‘ayri shariat ilmlari (noshariat)ning bir qismini, masalan tibbiyot, matematika kabilarni dunyoviy ilmlar deb baholagan, ikkinchi qismi sehrgarlik va shomonlikda namoyon bo‘lib, u islomga ziddir. Falsafa esa, geometriya va matematika; mantiq; ilohshunoslik(teologiya); tabiatshunoslikni qamrab oluvchi bo‘luvchi to‘rtta bo‘limdan iborat20. G‘azzoliy fikricha, xakikiy fan – bu yashirin (botiniy) fandir. Fikx bilan kalom esa zoxiriy ilmlardir. Ayniksa, fikx bu dune ishlari bilan shug‘ullanadigan fan xisoblanadi, bu dune esa abadiy dune uchun ko‘prikdir. Haqiqiy fan munozaralarda, baxslar, darslarda o‘rganilmaydi, balki botiniy xarakatlar hamda o‘z “men”ini poklash orqali bunga erishiladi. Aks holda, bu behuda mashg‘ulot yoki bu dunyo harakatlari uchungina yaroqli ilmdir. Fikx – siyosatga zamin bo‘ladigan, bu dunyoda insonlar jamiyatini tartibga soladigan qonun va qoidalar haqidagi fandir.
A.Avloniy fanlarni aloxida tasniflamagan bo‘lsada, ilmning axamiyatini ta’riflagan. Uning fikricha “Ilm-dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Zexnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur”21
Fanlar tasnifi to‘g‘risida so‘z yuritganda F.Bekon (1561-1626) o‘zining «Fanlar fazilati va ularni o‘stirish haqida»1 deb nomlangan mashhur asarida ilmiy bilimlarni tasniflagan va poeziyani fanlar qatoriga kiritgan. Bekonning fanlar tasnifida inson jonining asosiy qobiliyatlari: xotira, tasavvur va tafakkur yotadi. Xususan, xotiraga tarix; tasavvurga- poeziya; tafakkurga-falsafa mos keladi.
Tasniflash - oddiy kuzatishdan kelib chiqqan bilishning o‘ziga xos usuli. Biroq u hodisalarning yangi guruhlarini aniqlash yo‘lida bilimning mazmunan boyishiga amalda erishish imkonini beradi.
F.Bekon poeziyaga borliqni u qanday bo‘lsa, shunday emas, balki insonning ongi va emotsiyalariga qarab tasvirlash vositasi sifatida yondashadi. O‘z navbatida, tarix fan hisoblanadi, chunki u amalda yuz bergan ayrim dalillar va voqealarni tavsiflaydi. Bekon uni «tabiiy» sifat deb baholaydi. Fuqaroviy tarix inson borlig‘i hodisalarini tavsiflashi lozim. Falsafa umumiy bilish bo‘lib, u ham bir necha predmetlarga bo‘linadi.
XVIII asr oxiri tabiatshunosligida tabiatning barcha ob’ektlari bir-biri bilan oddiy moddalar, elementlar va minerallardan o‘simliklar va hayvonlar orqali insonga keluvchi ulkan zanjir vositasida bog‘lanishi asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |