1-masala. Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o'zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o'tib turishi, rivojlanishi, ular o'rtasidagi aloqadorlik va o'zaro ta'sir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o'rtasida turli bahs, munozara, tortishuvlarga sabab bo'lgan. Chunki ular to'qrisida aniq bilimga ega bo'lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to'qrisida qamda, eng asosiysi, kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo'lish qiyin.
Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya'ni eng mayda zarrachalardan tortib to Еr, quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jumladan, kishilik jamiyati qam, doimo harakat, o'zgarish va rivojlanishdadir. Ular o'rtasida abadiy o'zaro boqliqlik, o'zaro ta'sir va aloqadorlik mavjud. Olamda o'z-o'zidan, tasodifiy ravishda hech qanday harakatqam, o'zgarish qam yuz bermaydi.
Boqlanishlarning turlari. Biz narsa va hodisalarning harakati, o'zgarishi va rivojlanishiga ular o'rtasidagi boqlanish va aloqadorlik, ta'sir va aks ta'sir asos bo'ladi, deymiz. Albatta, olamdagi harqanday boqlanish qam rivojlanishga sabab bo'lavermaydi. Chunki bu boqlanishlarning qo'lami, moqiyati, ta'sir kuchi va doirasi turlicha. Boqlanishlarning ana shu hususiyatlariga harab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo'lmagan va hoqazo boqlanishlarga ajratish mumkin.
Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan aloqida, ular bilan boqliq, o'zaro aloqadorlikda va ta'sirda bo'lmagan birorta qam voqea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o'zaro boqlanish va ta'sir natijasida narsa hodisalarda o'zgarish sodir bo'ladi. Lekin, barcha o'zgarishni har doim qam birdaniga, yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bo'lishi turli darajada bo'lganligi sababli, o'zgarishlar qam turlichadir.
Masalan, yangi tug’ilgan chakaloqning bir hafta, bir oy, yarim yil mobaynidagi o'zgarishini, ya'ni o'lkayishini yoki bo'lmasa, tabiatdagi kish faslidan bahor fasliga o'tishdagi o'zgarishlarni oddiy ko'z bilan yaqqol sezish mumkin. Lekin biron jonsiz predmet, masalan, Еr qa'ridagi ichki jarayonlarni ma'lum davrdan keyin sezish mumkin. Ana shu sababdan qam odamlar zilzilalar, vulqonlar otilishi kabi ofatlar harshisida lol, goqida esa Kaflatda kolib kelmoqdalar. Ya'ni tashqi faktorlar (inson faoliyati, yoruqlik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro'y bergan o'zgarishlarni ko'z ko'radi, kuloq eshitadi. Hullas, ular oson anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bo'ladi. ulardagi o'zaro boqliqlikni qam oson qurish, ilqash mumkin. Ana shunday oson qurish va ilqash mumkin bo'lgan, ochiq-oydin ro'y beradigan voqea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, moqiyatini ilqash qiyin bo'lgan va murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan jarayonlar va o'zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tushunchasi kullaniladi. O'rta asrlarda, ayniqsa tasavvuf falsafasida bu ikki tushunchaga aloqida e'tibor berilgan.
«harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilganligi sababli, bu erda uning quyidagi qisqa ta'rifi bilan cheklanamiz: harakat deb olamdagi harqanday o'zgarishga aytiladi. Rivojlanish tushunchasi esa quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin bu jarayon goh to'qri chiziqli, goh asta-sekin kengayib boradigan spiralsimon shakldagi harakatdan iborat bo'lishi mumkin.
Bunda doimiy bir tomonga, masalan, vaqtning o'tmishdan kelajakka tomon o'tishi qam, lekin makonda voqea va hodisalarning takrorlanishi, zamonda orqaga kaytishlar qam sodir bo'lib turadi. Ba'zida taraqqiyotning ma'lum bir bosqichida oldingi bosib utilgan davr takrorlangandek bo'ladi, ammo bu ilgarigidan farqqiladigan, boshqacharoq tarzdagi takrorlanishdir.
Hech qachon bir hil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Holbuki, harqo'ni tongda o'sha quyosh chiqadi, o'sha toqu toshlarni, boqu biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar qam, ish va tashvishlar qam qamon o'sha-o'shadek. Kimdir ishga shoshadi, kimdir o'qishga, kimdir yana ilgarigi kundek bekorchilikdan zerikadi... Ammo dunyo o'zgarmadimi bu bir kunning ichidaq unda minglab bolalar tuqiladimi, son-sanoqsiz jarayonlar ro'y berib, Еr sayyorasining turli burchaqlaridan boshqa joylarga qanchadan-qancha ahborotlar tarkatilmadimiq Ona zamin o'z uki va quyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimiq Bularning barchasi bir kunu-tunda ro'y bergan botiniy va zohiriy o'zgarishlarning namoyon bo'lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |