1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati reja


Hozirgi davr falsafasining dolzarb masalalari va uni o‘rganish vazifalari



Download 54,38 Kb.
bet7/7
Sana09.07.2022
Hajmi54,38 Kb.
#766854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati reja

Hozirgi davr falsafasining dolzarb masalalari va uni o‘rganish vazifalari.

Falsafiy tafakkur rivoji insoniyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Ma’lumki, hayotdagi voqea-hodisalarning barchasi ijtimoiy ongda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davrlar o‘zgarishi bilan unga xos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Ammo bu o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Ayniqsa, inson tafakkurining o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Bu hol bizning kunlarimizda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.


Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g‘oyalariga asoslanadigan yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Zero, inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarini o‘zgartirmasdan, yangi jamiyatni qurish qiyin. Istiqlol talablari darajasida falsafiy tafakkurni yangilash vazifalarini bajarish g‘oyat murakkab bo‘lib, quyidagi bir qator muammolarni hal qilishni taqozo etmoqda:
- kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos qayriinsoniy tamoyillarni siqib chiqarish;
- O‘zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan yanada kengroq foydalanish;
- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida nafaqat oddiy fuqaro, balki ziyoli va falsafa mutaxassislarining ongida hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kayfiyatlarga barham berish;
- ma’naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish jarayonida buyuk ajdodlarimiz falsafiy merosini yanada keng va chuqurroq o‘rganish;
- falsafiy adabiyotlarni milliy manfaatlarimizga yanada ko‘proq moslash, qo‘llanma va darsliklarimizda milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini aks ettirish;
- istiqlol talablariga mos keluvchi sog‘lom g‘oyali ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash zaruratiga mos tadqiqotlar olib borish, ular asosida ta’lim-tarbiyaning samarali usul va imkoniyatlarini izlab topish.
- jahon va Sharq xalqlari falsafiy merosini puxta va chuqur o‘rganish, bu jarayonda turli g‘oya va mafkuralarning davlatlar va xalqlar taqdiriga ta’sirini aniq ko‘rsatish va shu asosda istiqlol mafkurasining tamoyillarini kishilar ongiga singdirish.
Ana shu masalalarni uyg‘un holda hal qilish falsafiy dunyoqarashimizni yangilashga yordam beradi.
Bunda, avvalo jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida yuz beradigan ijobiy o‘zgarishlar uni harakatlantiruvchi, taraqqiy ettiruvchi asosiy omil — inson tafakkuri, ruhiyati, xis-tuyg‘ulariga samarali ta’sir etadi. Shu bilan bog‘liq ravishda, Vatan va xalq tarixi, ma’naviy-madaniy meros, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni yangi davrning mohiyat-mazmunidan kelib chiqqan holda tiklash, boyitish va milliy g‘urur-iftixorning yuksalishida juda ulkan o‘rin tutadi.
Falsafiy dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi.
1. Avvalo bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan bog‘liq. Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning qaror topa borishi, islohotlarning inson manfaatlariga xizmat qilishi, milliy uyg‘onish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni voyaga yetkazish davr talabi ekani kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirish zarur.
2. Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e’tibori bilan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida iqtisodiy mustaqillikka erishish orqali siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va aloqalarining o‘sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlikka xizmat qiluvchi g‘oyalarga tayanadi. Uning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg‘ulari, orzu-intilishlariga mosligi bilan belgilanadi.
3. Albatta, falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari, istiqbol rejalari, milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi. Bu esa, o‘z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, davlatimizning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xalqimizda to‘g‘ri tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko‘rsatadi.
4. Falsafiy tafakkur yangilanishi taqozo etadigan eng muhim vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va tafakkurida amaliy tus olishi uchun O‘zbekiston Konstitutsiyasida mujassam etilgan maqsad va g‘oyalarni amalga oshirish yo‘lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g‘oyalar omma manfaatlarini aks ettirgani bois ularni ma’naviy hayot tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyatga ega.
5. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuvligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning qadriga yetish, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo‘lgan taxdidlarga qarshi ogohlikni kuchaytirishda falsafa va umuman, ijtimoiy fanlarning ahamiyati beqiyos. Shu bois o‘z xalqi tarixini, o‘z milliy madaniyatini, urf-odat va an’analarini yaxshi biladigan, milliy g‘ururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning muhim vazifasidir.
6. Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, mohiyat e’tiboriga ko‘ra, insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari takomillashuvidan chetda kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat miqyosidagi, balki har bir inson kamoloti uchun ham zarur shart-sharoit yaratadigan jarayondir. Shu ma’noda, u ham, jamiyatdagi boshqa o‘zgarishlar kabi, avvalo, inson uchun, uning kamoli va hayot farovonligini ta’minlaydigan islohotdir.
Mamlakatimizda bu borada juda keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi. Bugun ijtimoiy fanlar rivojini zamon talablari darajasiga yetkazish borasida davlat va jamoat tashkilotlari, olim va ziyolilar oldida g‘oyatda mas’uliyatli vazifalar turibdi. Birgina «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishning o‘zi bir necha yillarga mo‘ljallangan keng ko‘lamli faoliyat yo‘nalishlarini nazarda tutadi. Bugungi kunda siyosiy, mafkuraviy va ma’naviy sohalardagi taraqqiyot vazifalari o‘zaro uyg‘unlashib bormoqda, ta’sir doirasi ancha kengaymoqda. Ayniqsa, mafkura borasidagi nazariy faoliyat, targ‘ibot va tashviqotni har tomonlama kuchaytirishga alohida ahamiyat berish zaruratga aylanib bormoqda. Galdagi vazifalar esa, ana shu imkoniyatlarni amaliy ishga aylantirishda har birimiz o‘z mas’ulligimizni qay darajada sezishimiz va qanday faoliyat yuritishimizga bog‘liq.
XXI asrga kelib, insoniyat g‘oyat murakkab, olamshumul muammolar qarshisida turganligini anglay boshladi. Xususan, yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xom-ashyo va energetika resurslari, Yer shari aholisining shiddat bilan o‘sib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, maorif va madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish muammolari yangicha tafakkurni taqozo qilmoqda. Bu masalani milliy va umuminsoniy falsafiy g‘oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi esa tobora aniq bo‘lib bormoqda.
Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan ko‘zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma’naviy omillari (ideallari), borliqdagi o‘rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va moddiy ehtiyojlarini qondirish usul va vositalari — barcha-barchasini ko‘rsatib beradi.
Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bir tomondan, jamiyatning o‘zgarib borish tamoyili falsafiy g‘oya, nazariya va ta’limotlar o‘zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o‘zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma’naviy hayot tarzini ilg‘ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘ttgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni raqbatlantirish, milliy o‘zlikni anglash, istiqlol mafkurasini shakllantirishda shoshilmay, behuda xis-xayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o‘rni va ahamiyati g‘oyatda ulkandir.
Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda ham kishilarni yuksak g‘oyaviylik, mustahkam e’tiqod, kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal muammolarni ham umummilliy, umuminsoniy manfaatlarni nazarda tutgan holda madaniy va ma’rifiy hal etish imkoniyatlarini topishga yordam beradi.

Download 54,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish