1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Falsafada shubhaning roli



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/28
Sana29.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#590741
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
1-mavzu (1)

Falsafada shubhaning roli.
Yuqorida keltirilgan ikkala gnoseologik yondashuvni 
taqqoslash va ularga baho berishda shubha muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat o‘rinli, 


balki ijodiy yo‘naltirilgan har qanday bilishning zaruriy elementi hisoblanadi. 
Suuningdek, falsafiy mulohazalar har qanday shak-shubhadan xoli bo‘lsa, 
notanqidiy idrok etiladigan o‘tmish va qadimda o‘zlashtirilgan qonun-qoidalarga 
so‘zsiz bo‘ysunish me’yorga aylanib qolsa, bu, dogmatizm, turg‘unlik va 
tanazzulga eltadi.
Bunga qadimdayoq antik faylasuflar: elladalik Pirron, Arkesilay va shubhani 
fikrlashning asosiy tamoyili, inson bilimini esa – nisbiy deb e’lon qilgan falsafiy 
yo‘nalish – skeptitsizmning boshqa asoschilari e’tiborni qaratgan. 
Skeptitsizm
haqiqatga shak-shubhasiz egalik va narsalarni to‘g‘ri tushunishga da’vogar 
bo‘lgan falsafiy ta’limotlar hukmronligiga munosabat sifatida vujudga keldi va 
shu ma’noda, ijobiy rol o‘ynadi.
Falsafaning asosiy funksiyalari. 
Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, 
qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni 
ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. 
Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, 
metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni 
qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu 
funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan 
vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi
 insonning dunyoga munosabati, uning 
o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, 
hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning 
dunyoqarashiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson 
dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va 
irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‘lanadi. Ayni shu 
sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish mumkin emas, chunki, 
«hamma 
narsaga 
aralashadigan» 
falsafagina 
dunyoqarashning 
o‘zaro 
bog‘lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun 
borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to‘g‘ri munosabatini yaratish 
imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni 
mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining 
birligiga e’tiborni qaratadi va shu tariqa o‘zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni 
shakllantirish funksiyasini bajaradi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish