1 Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Ma'ruza rejasi



Download 105,39 Kb.
bet6/24
Sana16.01.2022
Hajmi105,39 Kb.
#373494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Falsafa 1-mavzu

Diniy dunyoqarash. Dunyoqarashning tarihan ikkinchi shakli dindir. Din so‘zi arabchadan tarjimada e'tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma'nolarni anglatadi. Mif kabi, din zamirida ham e'tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya'ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta'sirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.

Diniy dunyoqarash va dunyoni sezish, shuningdek odamlarning g‘ayrioddiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga bo‘lgan e'tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o‘ziga xos harakatlaridir. Agar mifologiyada an'anaga, rivoyat qiluvchining, ya'ni oqsoqolning obro‘siga e'tiqod kuchli bo‘lsa, dinda g‘ayrioddiy narsalarga e'tiqod birinchi o‘rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro‘si esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.

Xullas, din murakkab ma'naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib, unda e'tiqod muqarrar tarzda birinchi o‘ringa qo‘yiladi va hamisha bilimdan ustun turadi.

Diniy dunyoqarash – bu kishilarning tabiiy va ijtimoiy hodisalarni ilohiy kuchlar asosida aks ettiruvchi qarash va tasavvurlari hamda ana shu ilohiy kuchlarga bo‘lgan ishonch va e'tiqodlaridir. Diniy dunyoqarashning asosiy elementlari jumlasiga diniy tuyg‘u, diniy aqidalar va unga ishonish, sig‘inish, diniy e'tiqod kabilar kiradi.

Dinning asosiy funksiyalari. Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin:

· dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi butun borliq qachon va nima uchun paydo bo‘lgan va bunda g‘ayrioddiy kuchning olamshumul roli qanday namoyon bo‘lgan, degan savollarga javob beradi;

· kommunikativ funksiyasi muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan tipini ta'minlaydi, jamiyatning jipslashuvi va yaxlitligiga ko‘maklashadi;

· tartibga solish funksiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli me'yorlar va qoidalarni belgilaydi;

· kompensator funksiyasi etishmayotgan axborot, diqqat-e'tibor, g‘amxo‘rlik o‘rnini to‘ldiradi, hayot ma'nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini sezdirmaydi, ya'ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi.

Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u insonning g‘ayrioddiy narsalar va hodisalarga bo‘lgan e'tiqodini to‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir. Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bo‘lib, u inson intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat'iy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e'tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyoji hamisha namoyon bo‘lishidir.

Dinning gnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o‘z rang-barangligida insonga cheksiz murakkab bo‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi. Forobiy fikricha “Din nazariy va amaliy qonunlar tuzilgan paytdagina va odamlar e'tiqodi, ta'limi tarbiyasi yo‘llari ishlab chiqilgandagina paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi. Ana shunday din tufayli omma baxt saodat uchun etarli bilim olishi mumkin” (Al-Forobiy. Fozil odamlar shahri.- T.: Sharq, 1999,93-94 bet). Odamzot o‘zini qurshagan borliqni faqat qisman anglab etadi. Ayni shu sababli olam inson uchun sirlar va mo‘'jizalarga to‘ladir. Odamzot o‘zi e'tiqod qiladigan ko‘p narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga ham qodir bo‘lmaganidek, yuqorida zikr etilgan sirlar va mo‘'jizalarga javob topishga ham (balki hozircha) qodir emas. Psixologlar qayd etganidek, «o‘ta mushkul vazifa aqlni o‘tmaslashtiradi», inson echimsiz muammolar qarshisida o‘zini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, g‘ayrioddiy narsalar bilan osongina to‘ldiradi.

Dindorlik sabablariga ijtimoiy sohada ham duch kelish mumkin, zero jamiyatda tengsizlik, qashshoqlik va adolatsizlik doimo mavjud bo‘lgan, odamlar qancha urinmasin ularni o‘zgartira yoki enga olmagan. Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuyg‘usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, so‘nggi zikr etilgan tuyg‘ular osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga bo‘lgan ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o‘rgatadi. Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o‘ziga tayanch topa olmagan inson g‘ayrioddiy kuchlarga umid bog‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e'tiqod qilib, odamzot taskin va tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.

Dinnning siyosiy ildizlari. Din va siyosat o‘rtasida ham uzviy va doimiy aloqa mavjud. Odatda, turli siyosiy kuchlar dindan o‘z mayda-chuyda manfaatlarida foydalanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydilar va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlaydilar, uning jamiyatdagi roli va ta'sirini kuchaytiradilar.

Dinning yashovchanligi ko‘rsatilgan asoslari shu darajada mustahkamki, hatto hozirgi zamon fanining ta'sirli yutuqlari ham uning negiziga putur etkaza olgani yo‘q, ilmiy bilimning o‘sishi esa hatto olimlar orasida ham dindorlar va xudoga ishonmaydiganlarning foiz nisbatini deyarli o‘zgartirmaydi. Masalan, jadal sur'atlarda rivojlanayotgan tabiatshunoslik insoniyatga dunyoni bilish borasida cheksiz imkoniyatlar yaratayotgani keng e'tirof etilgan 1916 yilda Jeyms Lyuba o‘z tadqiqotlarida AQSH olimlarining 40% Xudoga ishonishini asoslagan.

90-yillarning oxirida amerikalik tarixchilar E.Larson va I.Uitxem tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqot natijalari bundan ham ko‘proq shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ular XX asrda amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar va fan yutuqlari ta'sirida olimlar dunyoqarashi qay darajada o‘zgarganini aniqlashga qaror qildilar. SHu bois ularning AQSHda tasodifiy tanlangan ijtimoiy fanlar namoyandalari va tabiatshunoslik vakillari orasida o‘tkazgan so‘rovi olimlarning 40% avvalgidek Xudoga va narigi dunyoda hayot mavjudligiga ishonishini ko‘rsatdi. Bunda Xudoga ishonmaydiganlar va ateistlar (xudoning borligini inkor etuvchilar) soni ham deyarli o‘zgargani yo‘q va bugungi kunda, avvalgidek, taxminan 45 va 15% ni tashkil etadi.



Diniy e'tiqodlarning tarixiy shakllari. Insoniyat tarixiga ko‘p sonli turli-tuman dinlar ma'lum. Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bo‘lgan inson o‘ziga qudratli, yot va sirli bo‘lib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik ko‘rsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan.

Fetishizm u yoki bu predmetni mo‘jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta'sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, sig‘inish va topinish ob'ektiga aylanadi.

Animizm (lot. anima – jon) – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq hodisalarini ham go‘yo ruh, jon boshqarib turishiga ishonish. Animizm nuqtai nazaridan butun dunyo ruhli va jonlidir.

Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya'ni sig‘inish ob'ekti sanalgan ajdod deb e'lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o‘simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bo‘lgan ishonch tashkil etadi, zero totem mazkur jamoa yoki urug‘ning qudratli homiysi, himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan ta'minlaydi. (Hindistonda Xonumon maymuni, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet).

Magiya (yunon. mageia – sehrgarlik) ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, masalan rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta'sir ko‘rsatish mumkinligiga bo‘lgan ishonch yotadi.

Dinning qayd etilgan qadimgi shakllari keyingi diniy e'tiqodlar negizini tashkil etdi va politezm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o‘z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir.

Taxminan 10 ming yil muqaddam, inson chorvachilik va ziroatchilik bilan shug‘ullanib, o‘troq hayot kechirishga o‘tgach, neoletik inqilob yuz berdi. Jamiyat rivojlanishining ayni shu bosqichida politeizm yuzaga keldi, chunki mehnatning ijtimoiy taqsimoti, hukmronlik va bo‘ysunish dunyoviy munosabatlari ruhlar va sanamlarga bo‘lgan ishonchga emas, balki odamlar muayyan nom bergan xudolarga bo‘lgan e'tiqodga ko‘proq mos kela boshladi.

Keyingi davrlarda davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi, qadimgi buyuk madaniyatlarning paydo bo‘lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi, monarxiyalar tashkil topishi va shundan kelib chiqadigan yakkaboshchilikning yuzaga kelishi natijasida diniy dunyoqarashda ham bir xudoga sig‘inish tendensiyasi paydo bo‘ldi. Odamlar ko‘p sonli xudolar orasida kuch-qudratda yagona bir xudoni farqlab, shu tariqa dunyoviy podsho hukm suruvchi real hayot haqidagi o‘z tasavvurlarini yagona va qudratli xudo yashaydigan narigi dunyo bilan go‘yoki muvofiq holatga keltirdilar. SHu tariqa monoteistik dinlar (yunon. mono – bir va theos – xudo): iudaizm (mil. av. VII asr), buddizm (mil. av. VI-V asrlar), xristianlik (I asr) va islom (VII asr) vujudga keldi. Xullas har bir din ma'lum falsafaga asoslanadi. Haq dinning asosi to‘g‘ri (analitik) falsafadir, haq bo‘lmagan dinning asosi esa yolg‘on falsafadir, yoki yolg‘on muhokamalar ustiga qurilgan qarashlardir.




Download 105,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish