1 Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Ma'ruza rejasi



Download 105,39 Kb.
bet23/24
Sana16.01.2022
Hajmi105,39 Kb.
#373494
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Falsafa 1-mavzu

Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish (verifikatsiya qilish) yoki rad etish (falsifikatsiya qilish) imkoniyati yo‘qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo‘lib chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga ega emas.

Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko‘rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, o‘ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko‘maklashadi. Zero, aniq ta'riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan o‘z fikrlari va xulosalarida bunday erkinliklarga yo‘l qo‘ya olmaydi. Vaholanki, falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o‘zining betakrorligini yo‘qotadi.

Hamonki plyuralizm falsafada me'yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, ya'ni qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday o‘zlashtirish, undan qanday saboq berish mumkin?

Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka va o‘tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: Falsafa faktlarni eslab qolishni o‘rgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o‘zi mustaqil o‘ylashni va o‘z aqliga quloq solishni o‘rganishini nazarda tutmog‘i darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o‘rgatish, u o‘z shaxsiyatining ahamiyatini ko‘rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga etishga harakat qilishiga erishishdan iborat. Bu, o‘z navbatida, barcha odamlar o‘ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.

Bu juda topib aytilgan so‘zlar falsafani fan sifatida o‘rganish, uni bilimlar, tayyor qoidalar va ta'riflarning muayyan yig‘indisi sifatida o‘zlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Insonga ta'lim berishda paydeyya yo‘lini tanlash – unga «nimani ko‘rish lozimligi»ni emas, balki «qaerga va qanday qarash kerakligi»ni o‘rgatish lozim. O‘z-o‘zidan ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, o‘quvchi va o‘qituvchining qiziquvchanligi va intiluvchanligisiz hal qilib bo‘lmaydi, falsafa esa o‘zining sof ko‘rinishida yo‘qoladi, «havoga sovuriladi», pirovardda kimdir bayon etadigan, kimdir “o‘tishi”, o‘rganishi va qolaversa, imtihon topshirishi lozim bo‘lgan “fan”gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan ta'lim berish va uni o‘zlashtirish zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim.



Xulosalar. Dunyoqarash bu insonning dunyoga, undagi voqealarga munosabatlari, undagi o‘rni va hayot mazmuni haqidagi eng umumiy qarashlari tizimi.

Insoniyat tarixida dastlab mifologik dunyoqarash shakllangan bo‘lib, unda inson atrof muhit bilan birlashadi hamda na tabiat va na o‘z urug‘idan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Diniy dunyoqarashga olamni bu dunyo, u dunyo va g‘ayri tabiiy dunyoga bo‘lish xos. Dinning asosi g‘ayritabiiy kuchlarga ishonch bilan yo‘g‘rilgan.

Falsafa mifologik va diniy dunyoqarashdan o‘zining atrof muhitga tanqidiy munosabati asosidagi dunyoqarashli funksiyasini bajaradi, gnoseologik va ontologik kategoriyalarga murojaat qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi.

Falsafa nazariy asoslangan dunyoqarash, umumiy kategoriyalar, insonning olamga fanning tabiat va jamiyat haqidagi yutuqlariga tayanilgan nazariy munosabati. Falsafaning ahamiyati, uning insonni o‘z-o‘zini, olamni anglashga, ijodiy barkamollikka yo‘naltira olishidadir.



Download 105,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish