balki ijtimoiy hayotning boshqa, chunonchi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy,
ilmiy jabhalari, san’at va shu kabilar bilan ham uzviy bog’liq. Biz falsafa va fan
munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash
maqsadida so’z yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq o’rganishga kirishar
ekanmiz, avvalo ko’rsatilgan tushunchalarning asosiy ma’nolari va mazmunlarini
Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng
va umumiy, yig’ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi
falsafaga tatbiqan ko’pincha ayni shu kontekstda qo’llaniladi, faylasuflar esa
bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo
Karimоv I.A. Jamiyatimiz mafkurasi хalqni – хalq, millatni – millat qilishga хizmat etsin // Biz kеlajagimizni o’z
fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar
tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu ob’ekti (hodisasi) haqidagi ilmiy
bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Bunday fanlarning har biri faqat ularning o’zigagina xos bo’lgan maxsus
qonunlar va metodlarga, mazkur fan uchun yagona bo’lgan til, kategoriyalar
a’’arati va hokazolarga ega bo’ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to’g’ri tavsiflash
va tushuntirish, hozirgi davrni to’g’ri tushunish va bilimlarning tegishli sohasida
albatta yuz beradigan yoki muayyan sharoitda yuz berishi mumkin bo’lgan
voqealar yoki jarayonlarni ma’lum darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi.
U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va
xalqlar uchun yagona bo’lib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtayi nazari yoki
dunyoqarashiga mutlaqo bog’liq emas. Ular mazkur sohada olg’a siljish uchun
o’zlashtirish lozim bo’lgan, vaqt va amaliyot sinovidan o’tgan bilimlar yig’indisi
sifatida avloddan-avlodga o’tadi.
Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz
savollariga tajriba yo’li bilan olingan ba’zi bir oqilona javoblar mavjud bo’lgan.
Bu javoblarni haqqoniy, ya’ni amaliyot sinovidan o’tgan, kundalik hayotda o’z
tasdig’ini to’gan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday javoblar masala
«yo’ilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab bo’lgan, boshqacha aytganda, aniq
ta’riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.
Bunga juda ko’p misollar keltirish mumkin. Masalan, har qanday uchburchak
burchaklarining yig’indisi 180 gradusga tengligi yoki suyuqlikka solingan jismga
siqib chiqarilgan suyuqlik og’irligiga teng kuch ta’sir ko’rsatishi aniqlangani zahoti
bu masalalar o’zining «ochiq» xususiyatini yo’qotgan, ya’ni ular o’zining boshqa
variantlarni istisno etadigan aniq yechimini topgan. Bu mazkur masalalar atrofida
har qanday qo’shimcha mushohada yuritish foydasizligi tufayli o’zining har
qanday ahamiyatini yo’qotganligini anglatgan. Yechilgan masalalar va muammolar
esa aniq, ishonchli bilim darajasiga o’tgan va shu davrdan e’tiboran o’zining
falsafiy tusini yo’qotgan. XX asrda taniqli nemis faylasufi K.Yaspers bu muhim
qoidani ta’riflar ekan, shak-shubhasiz asoslardan birini har kim e’tirof etgudek
bo’lsa, u shu tariqa ilmiy bilishga aylanadi va bundan buyon falsafa
hisoblanmaydi, balki bilimning muayyan sohalariga tegishli bo’ladi, deb qayd etdi.
Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular:
-avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi;
-o’rganilayotgan ob’ektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini
aniqlashga qarab mo’ljal oladi;
-kategoriyalar apparatini (o’z tilini) yaratadi, o’zlari ilgari surgan qoidalarni
asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.
Falsafa va fan o’rtasidagi farq shunda namoyon bo’ladiki:
falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog’lanadi, bunda uning g’oyalari,
asarlari o’ziga to’q bo’lishi va ularga boshqa faylasuflar qo’shilishi yoki
qo’shilmasligiga bog’liq bo’lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e’tibori bilan,
jamoa mehnati mahsulidir;
-falsafada (muayyan fanlardan farqli o’laroq) yagona til va yagona tizim
mavjud emas. Bu yerda fikrlar rang-barangligi me’yor sanaladi. Fanda esa monizm
hukm suradi, chunki hech bo’lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy
tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi
albatta mavjud bo’ladi;
-falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil
xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan
faylasuflarning sub’ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat
e’tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan
bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar
haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi;
-falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy
bilimlarga aylanadi);
-falsafa aniq ‘rognoz bera olmaydi, ya’ni u ishonchli bilimlarni kelajakka
tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo’q. Ayrim faylasuf falsafiy
qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u
olim kabi ‘rognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: