1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari



Download 35,24 Kb.
bet4/10
Sana01.07.2021
Hajmi35,24 Kb.
#106581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Falsafa

2-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari:

Sharq falsafasi.

2- topshiriq. Jadvalni to‘ldiring: Sharq va G‘arb falsafasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.

Tafakkur taraqqiyoti bosqichlari

Sharq va G‘arb falsafasining o‘zaro bog‘liqligi.

Sharq va G‘arb falsafasining o‘zaro farqli jihatlari.

Sharq va G‘arb falsafiy ta’limotlarining tafakkur taraqqiyotidagi ahamiyati.

Qadimgi davr

SHarqning o‘ziga xosligi, unga munosib bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining SHarq sivilizatsiyasining quchog‘ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor. Falsafiy g‘oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta’sirida, ma’lum tarixiy–madaniy manbalar asosida shakllanadi. Odamlar million yillar davomida oila-oila, gala-gala bo‘lib yashashdan bundan 50-40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz jamiyat muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o‘tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi. Falsafa fani o‘ziga xos yondoshishga ega. qadimdan faylasuflar borliq nima? Bor bo‘lishning o‘zi nima? degan savollarga javob qidirganlar. Falsafiy qarashlarning bu o‘ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan savolga javob berishga imkon tug‘diradi.Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda, odatda, mifologiya yordamida hal qilib bo‘lmaydigan, ishontirishning ilojiy yo‘q jiddiy ziddiyatlar vujudga keladi. Bu o‘rinda shakllangan fikr bilan, haqiqatan qanday ekanligi xaqida bilimni farqlash ehtiyoji tug‘iladi. Bu farqlash falsafa bilan birga vujudga keladi.

 Qadimgi Sharq va G‘arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma'naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‘ziga xosligi va betakrorligidan qat'iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega.

Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ham, G‘arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k.

Ikkinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.

Yunonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar («polislar»)da avval Kichik Osiyoning G‘arbiy qirg‘og‘ida (Ioniyada), so‘ngra – Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) paydo bo‘lgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi Markaziy Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham sinfiy (feodal) jamiyat va davlatning shakllanishi bilan bog‘liq. Amudaryo bo‘ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik davlat tuzilmalari bo‘lgan. Shuni qayd etish lozimki, keyinroq vujudga kelgan davlatlarda falsafaning shakllanishiga qadimgi davlatlarning ilk falsafiy tizimlari ta'sir ko‘rsatgan.



Uchinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mo‘ljal oladi. U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o‘rganadi, Qadimgi manba “Avesto”da ko‘rsatilgani kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so‘zlash va yaxshi ish ko‘rish mumkin”, degan savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo‘lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o‘zlashtirishi lozim: u dunyoni anglab yetish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o‘xshash muammolarda mo‘ljal ola bilishi kerak. Aristotel ham shoh Iskandarga nasihatida “Shuni bilgilki, o‘zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O‘zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo‘lboshchilik qilolmaysan. Axir o‘zi ko‘r odam qanday qilib o‘zgalarga rahnamo bo‘lsin? O‘zi qashshoq o‘zgani boy qila oladimi? Kimki o‘zi xoru zalil bo‘lsa, o‘zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan hyech kimsa o‘zini isloh etmaguncha o‘zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o‘zi buzuq fosid bo‘lmasa, boshqa kishini fasod ishga olmaydi. Qo‘l ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, islohni o‘zingdan boshla. O‘zgalar aybini yo‘qotishni hohlasang, avvalo o‘zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O‘ylagan fikring senga hyech qachon firib bermasligi lozim. Agar so‘zlaring go‘zalu qilmishlaring esa xunuk bo‘lsa, ishlari gaplariga teskari, zohiri botinini aks ettirmaydigan va'zxon bo‘lasan qolasan ”i deb uqtiradi.

To‘rtinchidan, Qadimda Sharq falsafasi ham, G‘arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do‘stlik, birodarlik, muhabbat va nafrat, baxt, lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma'rifat kabi muammolarning yechimini izlagan.

"Falsafa", aniqrogʻi "filosofiya" soʻzi G’arbda  paydo boʻlgan bo’lsada-da, falsafiy muammolar boshqa madaniyatlarda ham koʻrilgan. Uzoq Sharq faylasuflari Sharq falsafasiga oid boʻlishsa, Shimoliy Afrika hamda Yaqin Sharq falsafasi, Yevropa bilan uzviy aloqada boʻlishgani tufayli, Gʻarb falsafasiga doir, deb bilinadi.

Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.


Qadimgi tarixdan beri siyosiy hukumat oʻrnatish ildizlari doimo odam tabiatiga bogʻliq boʻlib kelgan. Aflotun oʻzining Respublika (The Republic) sida ideal jamiyat faylasuf-qirol tomonidan boshqarilishi mumkinligini yozadi, chunki u falsafani yaxshi tushungan odam ezgulik tushunchasini ham yaxshi anglashini taʼkidlaydi. 



















Download 35,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish