1-mavzu: falsafa fanining asosiy maqsadi va bo'LG'usi pedagoglarda o'qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati reja: 1



Download 167,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana14.11.2022
Hajmi167,27 Kb.
#865818
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу. Маъруза

Materializm
— olamning asosida materiya, ya‘ni moddiy narsalar yotishini 
e‘tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta‘limot.
Idealizm 
— olamning asosida ruh yoki g’oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo 
voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta‘lim beradigan falsafiy ta‘limot. 
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog’liq 
masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar bilan falsafaning 
gnoseologiya (gnosis — bilish, logos — ta‘limot) degan sohasi shug’ullanadi. 
Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni - gnostiklar; olamni bilish 
mumkin emas, bilimlarimiz to’g’ri va aniq haqiqat darajasiga ko’tarila olmaydi 
deyuvchilarni esa - agnostiklar (yunoncha — bilib bo’lmaydi degan ma‘noni 
anglatadi) deb yuritiladi. 
Dunyoqarash tushunchasi
. Har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, 
o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana 
shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa 
odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. SHu 
ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik 
to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi 
qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir.
Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va 
bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual 
dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos 
dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy 
dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig‘indisidan dunyoga keladi, deyish 
mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga 
olish lozim.
Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo’nalishlari
. Dunyoqarash tizimi va unga 
xos nisbatan mustaqil yo’nalishlarning har birini falsafiy mulohazaning 
oydinlashgan (konkretlashgan) shakli sifatida qarash mumkin. Falsafiy 


dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo’lsak, insonning olam, odam va borliqqa 
munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Unga inson borlig’ining mohiyati 
nuqtai nazaridan yondashiladigan bo’lsa, moddiy yoki ma‘naviy jihatlari 
nechog’lik mutlaqlashtirilishiga qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik 
dunyoqarash yo’nalishlari mavjudligini ko’ramiz. 
1.Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar o’rtasidagi 
bog’lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki 
nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Har qanday falsafiy dunyoqarash shakli 
ob‘ektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.
2.Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o’tmishi 
dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.
3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday 
dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan 
izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, 
ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur etadi.
4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining 
mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya‘ni har qanday dunyoqarash shakli 
o’ziga xos falsafiy xususiyatga ega.
5.Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq bo’lib, inson manfaatlariga mos 
keladi. CHunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o’z 
dunyoqarashida aks ettiradi.
6. Falsafiy dunyoqarashning g‘oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan 
g’oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o’zbek milliy falsafiy 
dunyoqarashi milliy mustaqillik, o’zlikni anglash, millatimiz kelajagini 
belgilaydigan istiqlol g’oyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash 
shu g’oyani e‘tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.
7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va 
amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy 
amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo’l 
kelishi bilan izohlanadi. SHuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish 
jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega. 

Download 167,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish