1-mavzu: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja



Download 23,9 Kb.
bet1/5
Sana08.04.2022
Hajmi23,9 Kb.
#536262
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu


1-MAVZU: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Reja:
Kirish.

  1. Mustaqillik sharoitida xalqimizning turmush tarzi, urf-odat va an’analariga e’tibor

  2. «Etnomadaniyat» о‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari

  3. «Etnomadaniyat» fanini о‘rganish - davr taqozosi

Etnomadaniyat har doim nihoyatda muhim mavzu bо‘lib kelgan, bundan keyin ham uning dolzarbligi oshib boraveradi. Chunki, u millat mavjudligining asosi, uning bugungi va istiqbolini tahminlaydigan mahnaviy boylik hisoblanadi.
Ayniqsa, mustamlaka va qaramlik azoblarini о‘z boshidan kechirgan, etnomadaniyati tо‘talgan xalqimiz uchun uni о‘rganish, hali yuzaga chiqmagan imkoniyatlarini ochish, ommaviylik darajasiga kо‘tarilmagan jihatlarini xalqimizga, ayniqsa yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirish milliy tiklanishimiz jarayoni ketayotgan bugungi kunda uning dolzarbligini yana ham oshirib bormoqda. CHunki, ana shunday sharoitda milliy mentalitetimizni zо‘ravon kommunistik g’oyalar asosida о‘zgartirish, uni mazmun yagona, shaklan “milliy” bо‘lgan g’ayri ilmiy va g’ayri milliy “mahnaviyat” asosida rivojlantirishga qaratilgan siyosatning olib borilishi oqibatida etnomadaniyatimiz zaiflashdi, milliy urf-odat, anhana, qadriyat, udum va marosimlarimiz tо‘taldi, millatimiz ulardan nafaqat mahrum etildi, shuning bilan birga ulardan uzilib qoldi va buning natijasida millatimiz ongi va qalbida “begonalashuv” ruhiyatini shakllantirish ham amalga oshirildi.
Prezidentimiz Islom Karimov mazkur jarayonlar haqida shunday yozadi:“...biz boshimizdan kechirgan sobiq mustabid tuzum davrida milliy mahnaviyatimizni rivojlantirishga mutlaqo yо‘l qо‘yilmagan. Aksincha, xalqimizning tabiati, yashash tarziga yot bо‘lgan kommunistik mafkurani har qanday yо‘llar va zо‘ravonlik bilan joriy etishga harakat qilishgan”1.
1-masalaning bayoni: Bugungi kunda turmush tarzimizni ijtimoiy-madaniy faoliyat yutuqlarisiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Buning boisi о‘zbek xalqi uzoq о‘tmishdan boshlab ma’naviy madaniyatni yuksaltirishda etarlicha faoliyat kо‘rsatib kelgan. Kishilik tarixida yaratilgan va ma’lum taraqqiyot bosqichlarni о‘z boshidan kechirgan buyuk siymolar xamda ota-bobolarimiz, ma’naviy madaniyat yutuqlarini oltin meros sifatida kelajak avlodlarga qoldirib ketganlar. Albatta bunday vorisiylik о‘z navbatida yosh avlodning ijtimoiy ongida xurmat, ehtirom shukuxini tashkil etsa, bu muqqadas qadriyatni ijtimoiy xayotda sodir bо‘layotgan barcha о‘zgarishlarga qaramay, bu merosdan mukammal foydalanishni, uni yanada taraqqiy etishi uchun barcha imkoniyatlarimizni amalda qо‘llashlikni taqozo etadi.
Prezidentimiz tomonidan jamiyatimiz xayotida tubdan о‘zgarishlarni amalda bajarishga qaratilgan isloxotlar yо‘lidagi Farmonlari, Vazirlar Maxkamasining Qarorlari, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari, "Ta’lim tо‘g’risidagi qonun" asoslari xamda О‘zbekiston Resublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’sis etilgan qaror, buyruq xamda yо‘riqnomalarda kо‘rsatilgan ijtimoiy-madaniy faoliyat yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar tayyorlash masalasidagi me’yoriy xujjatlar о‘rganib chiqildi.
Mustaqillik sharofati xalqimiz tag’dirini yuksaltirdi, kop millatli xalqimiz о‘z qadri va insoniy xuquqlarini egalladi, shu bilan birga uzoq muddatli me’yorlarning buzilishi, millatimiz va xalqimiz tabiatiga xos tо‘g’ri tushunchalarning tо‘talishiga chek qо‘yildi. Xar bir narsa о‘z nomi bilan atalmoqda, iymon, e’tiqod, millat, Vatan kabi tushunchalar barchamizning ongimizda, ruhimizda va vujudimizda qaynoq buloq bо‘lib joylandi. Madaniyatimizning milliyligi mustaxkamlandi, asriy qadrli qadriyatlarimiz qaytadan tiklanib madaniyatimiz о‘zining tabiiy tarixiy-milliy, diniy va falsafiy negizlarini mustaxkamladi. Yurtboshimiz va hukumatimiz yuritayotgan oqilona siyosat, ayniqsa ma’naviy merosimizni о‘rganish faxr-iftixor ishiga aylanganligi, buyuk allomalarimiz va tarixiy shaxslarimiz nomlari, milliy-madaniy merosning qayta tiklanayotganligi, ona tilimizga, dinimizga munosabat о‘zgarganligi ma’naviyatimizning yuksalishiga kuch-quvvat baxsh etib, jamiyatimizning kelgusi taraqqiyoti uchun zamin bо‘ldi. Milliy istiqlol g’oyasi о‘zining tarixiy omillariga erishmoqda.
О‘zbekiston Resubikasi Prezidentining "Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtrish va samaradorligini oshirish tо‘g’risida"gi Farmonida kо‘rsatilganidek, odamlarning о‘zliklarini chuqur anglashini, mustaqillik qadrini tobora teran tushunishni, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvini, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg’onishini ta’minlash ma’naviyat soxasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylanishi lozim.

Download 23,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish