1-mavzu. Eksperimental psixologiya: tushuncha, tarixi, Eksperimental psixologiyaning xozirgi davrdagi xolati Reja



Download 383,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana22.03.2023
Hajmi383,9 Kb.
#920537
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu. Eksperimental psixologiya tushuncha, tarixi, Eksperime

V. Vundt 
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi 
Vilgelm Vundt (1832-1920 y.)ning ishlari katta aham iyatga ega bo‘ldi. Vundtgacha 
faqat ichki tajribadan va oz-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina 
tasviriy fan edi. Vundt eksperiment va o‘lchash metodlarini zarur deb topib, 
psixologiyani izohli fanga aylantirishni maqsad qilib quydi.
Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo‘lib qolgan bir qancha metodlarni, 
ya`ni kuzgatish metodi, ifodalash metodi va reakciya metodlarini kashf etdi ham da 
rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya 
laboratoriyasini tashkil qildi.Oradan kup vaqt o‘tmasdan (1881 y.) u Berlin universiteti 
xuzurida eksperimental psixologiya institutini tashkil qildi.Vundt shug‘ullangan 
masalalardan biri usha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda 
ikkita xar xil kuzgatkichga to‘plash mumkin emasligi xaqidagi masala edi.Bu xodisani 


aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda aloxida 
mayatnik ish uylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo‘lingan yoy 
atrofida xarakatlanadi va xar bir ma`lum vaqtdan keyin shingirlaydi. Bu psixologik 
elementlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi. Ilmiy (izoxli) psixologiyani oyoqqa 
turgizish uchun Vundt qo‘shimcha 
vosita sifatida yondosh fanlar
, ayniqsa fiziologiya, 
astronomiya, etnografiya, tarix, mifologiya va boshqa fanlardan olingan 
ma`lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi. Leypcig laboratoriyasi va 
institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa universitetli shaxarlarida ham, 
shuningdek boshqa mamlakatlarda ham , jumladan Franciya, Angliya va Amerikada 
laboratoriya ham da institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir 
qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: 
Moskvada Tokarskiy

Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar 
ochildi. 1911 yil Moskva universiteti xuzurida, maxsus qurilgan binoda professor 
CHelpanov raxbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Xozirgi 
vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Professor A. 
F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning aloxida turi – tabiiy 
eksperimental ishlab chiqarilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar 
psixologiyasini o‘rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim psixologiyasi 
masalalarini ishlab chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda.
X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida o‘zining tadqiqotlari bilan psixologiya 
sohasiga ulkan hissa qo‘shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar bo‘lishgan. 
Bugungi kunda esa taraqqiyoti ancha tezlashib, yangi o‘rganish sohalarini egallamoqda. 
Psixologik metodlarning rivojlanishi va kengayishi bilan birga u o‘zicha boshqa bir 
qator ilm sohasiga oid metodlar bilan ham chambarchas bog‘liq: neyrofiziologiya, 
biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar.
Eksperimental psixologiyani o‘rganishdan maqsad psixika rivojlanishining 
individual va yosh xususiyatlarini bilgan holda ularni ob’ektiv metod va usullar bilan 
o‘rganishdan iborat. Eksperimental psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik 
tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki 
individlar guruhi haqida ma’lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz 
tekshiriladi.
Nazariya va uning tuzilishi
Nazariya fanda - biror hodisa va faktlarni izohlovchi va bashorat qila biluvchi bilimlar 
tizimi, sxemasidir. Nazariyalar ilmiy uslub vositasida yaratiladi, shakllantiriladi va 
tekshiriladi.
Nazariya — bilimning biror sohasiga oid asosiy gʻoyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari 
va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. N. 
borliqning muayyan sohasiga oid boʻlgan tajribalardan umumlashtirilgan maʼlumotlar 
asosida kelib chiqadi. Ilmiy bilishda N.ning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni 
izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, 
Yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan koʻra olishdan iborat. Har 
Qanday nazariya ilmiy bilishning natijasi sifatidagi bilish shakli boʻlsada, lekin uni 
tugallangan, oʻzgarmas, mutlaq bilim deb qaramaslik kerak. nazariya bilish ‘ida biz 
toʻplagan bilimlarning natijasigina emas, balki yangi bilimlar hosil qilish yoʻlidagi 
boshlangʻich asosdir. Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy boglik boʻladi va 
shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. Nazariyaning boshlangʻich 
shakli gipotezalar. Amaliyotda gipotezaning toʻgʻri, haqiqat ekanligi isbotlansa, shu 
asosda yangi nazariya Yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy bilish ‘ida kishilarning ilmiy 
nazariyalar bilan qurollanganligi unga ilmiy oldindan koʻrish — ilmiy bashorat qilish 


imkoniyatini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, yangi qonuniyat va yangi nazariyalarning 
shakllanishiga olib keladi.
Eksperiment oldindan aytilgan nazariyani tekshirib ko‘rish uchun qo‘yiladi. Nazariya 
ichki bilishning nutqiy tizimiga izoh beradi. Nazariyaning mantiqiy elementlari bir-
birini rad etadi. Nazariya bazasida uning tushunarli haqiqatlari yotadi.
Mavjud ko‘plab shakllar noempirik (nazariy) bilish: qonunlar, klassifikatsiyalar va 
turlari, modellar, sxemalar, gipoteza (farazlar ) dan iborat. Har bir nazariya o‘zida 
quyidagi tarkibiy qismlarni ochadi: 1.Empirik oqibatlar poydevori ( dalillar, empirik 
qonun-qoidalar ) 2. Bazis- ko‘plab birlamchi ( faraz, shart-sharoitlar farazi, aksioma 
faraz ) bu nazariyaning fikriy ob’ekti sifatida qaraladi. 3. Ko‘plab nazariyalar qaysiki 
asosiy nazariy bilimlarni mustaxkamlaydi.
Nazariy bilimlarning tarkibiy qismlarini kelib chiqishi turlichadir. Nazariyaning 
empirik tuzilishi tadqiqot va eksperiment natijalari bilan izohlanadi. Nazariyaning 
ideallashtirilgan ob’ekti o‘zi bilan
(tanish) 
aniqlikning 
tanish-ramziy 
modelini 
yaratadi. 
qonunlar 
nazariyani 
shakllantiradi, ayni paytda (aniqlikni) borliqni emas ideal ob’ektni tariflaydi. Uslubiy 
qurilma aksiomani va gipotetik-deduktiv nazariyalarni rivojlantiradi. Birinchidan, 
nazariyaning ramkasi bo‘lmish isbot talab etmaydigan, zarur va etarli bo‘lgan 
aksiomalardan qurilgan bo‘ladi. Ikkinchidan, farazlarni empirik, induktiv asoslarning 
bo‘lishi. Nazariyalar sifat matematik apparatning qurilmasi tarzda, shaklan, formal 
tomondan rivojlanadi. Sifat nazariyalar psixologiyada A. Maslouning qarashlari, L. 
Festinger, DJ. Gibsonning ekologik idrok qarashlarida ko‘rish mumkin. SHakliy 
nazariyalar qo‘llaniladigan matematik apparatning to‘zilishida namoyon bo‘ladi. Bu 
nazariya D. Xonsonning ishlarida o‘z aksini topgan, aqliy nazariya J. Piaje, motivlar 
nazariyasi K. Levin, D, Kelli tomonidan yaratilgan. Formal nazariyalar matematikada 
ishlatiladigan apparatda namoyon bo‘ladi.
Empirik yo‘nalish nazariyaning sifatini rivojlantiradi, haqiqatni yozish uchun lozim 
bo‘ladi. Nazariya faqatgina borliqni aks ettirmaydi, balki uning tuzilishini ham ko‘rib 
chiqadi. Ekspremental natijalar, nazariyaning holati va uning ta’siri hisobga olinadi.
Mavjud vaqtda o‘tkazilgan eksperiment natijalarida faqat bitta emas, balki ikki yoki 
undan ortiq nazariyalar isbotlanib tushuntiriladi. Masalan, psixofiziologiyada 
sensorning uzluksizligi haqida nazariya mavjud. Psixofiziologiyada shaxsning bir 
qancha sifatlari va empirik ta’sir etuvchi omillari isbotlangan. (G. Ayzenk modeli, R. 
Kettell modeli, “Katta beshlik”).
Taniqli metodolog B. Feyerbend “Tirishqoqlik tamoyili”da eski nazariyalarni rad 
etmaslik lozim, hatto ularning aniq isbotlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, deb 
hisoblaydi. Ikkinchi uning tamoyili metodologik anarxizm tamoyili:”Fan o‘zi bilan 
anarxistiklikni vujudga keltiradi,nazariya qonunlar asosida har doim progressiv 
rivojlanishda bu tarixiy voqealarni analiz qiladi va isbot etadi, fikr va xarakat orasidagi 
munosabatni abstrakt tahlil qiladi. Asosiy tamoyil progressiyaga to‘sqinlik qilmaydi, bu 
“ Hammani qo‘yib Yuboramiz “ deb ataladi. Masalan, biz gepotezalarni qo‘llashimiz 
mumkin, bular nazariyada ko‘rsatilgan va eksperiment natijalarida isbotlangan bo‘lishi 
lozim. Fanni konstruktiv harakatlar bilan rivojlantirish mumkin “(Feyerbend .P, 1986 )

Download 383,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish