49
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:
Psixomotorika- borliqni bilishda muskul harakatlarining ishtirok etishi.
Faoliyat- anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki(ruhiy) va tashqi
(jismoniy) faollik.
Maqsad- faoliyatning so`nggi natijasi.
Motiv-faoliyatga undovchi kuch, sabab.
Ish-harakat-oraliq maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning
tarkibiy qismi.
Psixomotorika tushunchasining taraqqiyoti I.M.Sechenov nomi bilan
bog`liqdir. U birinchi bo`lib borliqni bilishda muskul harakatlarining ham o`rni
borligini ochib bergan. I.M.Sechenov g`oyalari psixomotorikani barcha aks ettirish
shakllarining muskul harakatlarida ob`ektivlanishi, gnoseologik va prakseologik
vazifani bajaruvchi harakat analizatorini barcha analizatorlarni birlashtiruvchi
sifatida tushunishga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatdi.
Hayvonlar faolligi bilan inson faolligi o`rtasida
tafovut mavjudmi?
Insonning psixomotor rivojlanishini o`rganish muhim ahamiyatga ega bo`lib,
uning barcha harakatlarida shaxs, individ va sub`ekt sifatida o`ziga xos, takrorlanmas
xususiyatlari namoyon bo`ladi. I.M.Sechenov harakat funktsiyalarini markaziy nerv
sistemasi yuqori qismlarining vazifasi bilan bog`laydi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz
harakatlar reflektor tabiatga ega ekanligini ta`kidlab, sezgi a`zolariga keladigan
qo`zg`atuvchilar ta`sirini o`rganish muhim ahamiyatga ega deb ko`rsatadi. Tashqi
qo`zg`atuvchining tez va aniq ajrata olish insonning izchil o`rganilgan, eng birinchi
psixomotor xususiyatdir.
Tashqi ta`sirlarga ixtiyoriy javob berish turli funktsional tizimlar o`rtasidagi
o`zaro ta`sir ko`rsatish vaqtiga bog`liq bo`ladi. Bu jarayonni quyidagicha tasvirlash
mumkin:
- qo`zg`atuvchining retseptorga ta`siri va nerv signalining paydo bo`lishi;
- nerv signalini analizatorning pustlokdagi markaziga yuborish;
- vaziyatni baholash va qaror qabul qilish, pustloqning harakat markazlariga
buyruq berish;
- nerv signalini muskullarga o`tkazish, butun jarayonning natijasi harakatdir.
Muskullar harakati qaysi organ orqali boshqariladi?
Laboratoriya sharoitida ixtiyoriy javob berish holatidan avval, tekshiriluvchi
ko`rsatma bilan oldindan tanishtiriladi, barcha funktsional holatlarning tayyorgarlik
darajasi ortadi.
Ixtiyoriy reaktsiya ko`rsatkichi sifatida ko`pincha javob berish vaqti (reaktsiya
vaqti) va javobning aniqligi olinadi. Reaktsiya vaqti deganda qo`zg`atuvchi
berilgandan javob harakati tugaguncha bo`lgan vaqt oralig`i olinadi; va uni quyidagi
formula bilan ifodalanadi;
T
r
qt
nn
Q t
nr
Q t
d
;
Do'stlaringiz bilan baham: