4
V.Vundtning fikricha nutq, tafakkur, iroda kabi yuksak psixik jarayonlarni
eksperiment orqali o`rganish mumkin emas. Bu jarayonlarni o`rganishda madaniy-
tarixiy metodlardan foydalanish maqsadga muvofikdir.
Agar dastlabki davrlarda eksperimental psixologiyaning ob`ekti normal etuk
insonlar bo`lgan bo`lsa, keyinchalik bolalar, ruhiy kasal kishilar va hayvonlar ustida
tajribalar olib borildi (K.Lloyd-Morgan, e.Torndayk). eksperimental psixologik
tadqiqotlar psixik jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini o`rganish bilan cheklanib
qolmay, balki sezgirlik, xotira, reaktsiya tezligi kabi individual xususiyatlarni ham
qamrab ola boshladi. (F.Gal’ton, D.Kettel). Ayni paytda eksperimental psixologiya
zamirida yangi yo`nalish differentsial psixologiya vujudga kela boshladi.
eksperimental psixologiya tomonidan qo`lga kiritilgan yutuqlar nazariy ahamiyatga
ega bo`libgina qolmay, balki maktabgacha tarbiya pedagogikasidan tortib
kosmonavtikagacha bo`lgan inson faoliyatining barcha sohalarida qo`llanila
boshlandi. eksperimental psixologiya texnikaviy, ijtimoiy va biologiya fanlar bilan
o`zaro bog`liq holda rivojlanmoqda.
Hayvonlar ustida psixologik tajribalar olib borish mumkinmi? Agar
mumkin bo`lsa, qanday maqsadlarda tashkil qilinadi?
Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar:
1. Tadqiqotni rejalashtirish metod va metodikalarni tanlash va ularni moslashtirishni
o`z ichiga oladi. Psixologik tadqiqot uchun ajratib olingan jarayonga ta`sir etuvchi
barcha ichki va tashqi omillar e`tiborga olinishi kerak. Rejalashtirish-bu
tadqiqotning mantiqiy va xronologik loyihasini tuzish, tekshiriluvchilar soni va
kontingentini aniqlash, tekshirishlar sonini belgilash, matematik statistik tahlil
rejasini ishlab chiqishdan iboratdir.
2. Tadqiqot o`tkaziladigan joy tashqi ta`sirlardan holi bo`lishi (xech bo`lmaganda
ular hisobga olinishi kerak). Sanitariya-gigiena va injener-texnik talablarga javob
berishi zarur.
3. Tadqiqotning texnikaviy ta`minoti hal etilishi, lozim bo`lgan vazifalarning
talablariga mos bo`lishi kerak.
4. Tekshiruvchilarni tanlashda ularning sifat jihatdan bir xil bo`lishiga e`tibor berish
lozim.
5. Tadqiqotchi ishni rejalashtirishdan tortib xulosa va tavsiyalar ishlab chiqqunga
kadar tadqiqotning borishiga, shubhasiz, ta`sir etib turadi.
6. Tekshiriluvchi uchun ko`rsatma rejalashtirish bosqichida tayyorlanib, u qiska,
lo`nda va tushunarli bo`lishi kerak.
7. Tadqiqot bayonnomasi to`liq va maqsadga muvofiq holda to`ldirilib borilishi
zarur.
8. Olingan ma`lumotlar miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilinishi lozim.
Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri natijalarni
sifat jihatdan tahlil etilishidir. Bunda tekshiriluvchi tomonidan vazifani necha marta
bajarganligi emas, qanday amalga oshirganligi e`tiborga olinadi.
Psixologik tadqiqotlarni to`g`ri tashkil etish uchun psixolog qanday bilim,
ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi kerak? Amaliy psixolog qanday
tadqiqotlarni tashkil etishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: