TALABALARGA HOZIRGI DAVRDAGI DINLARNING MA’LUM XALQ HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI HAQIDA UMUMIY NAZARIY TUSHUNCHALAR BERISH, ULARNING DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARI, DINLARARO BAG‘RIKENGLIK G‘OYASI VA MADANIYATI TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLARINI BOYITISH, SHU BILAN BIRGA:
«Dinshunoslik» fanining vazifasi –
- dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish;
- ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida ma’lumot berish;
- dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish;
- jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish;
- dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish;
- diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |