1-mavzu: Dialogik va monologik nutqni o’stirish
Reja:
Diolog haqida ma`lumot
Diologik matn turlari
Diologik matnlarda gap qurilishi
Tayanch iboralar: Adabiy til me’yorlari, talaffuz me’yorlari, morfologik me’yorlar, lug`aviy me’yorlar, nutqning mantiqiyligi, nutqning sofligi, nutqning ta’sirchanligi.
Diolog grek tilidan olingan bo`lib (Dio – ikki, logos – so`z, nutq). Ikki kishi orasidagi fikr axborot almashinuvi degan ma`noni anglatadi. Diolog ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi uzluksiz nutq shakllaridan biri. U og`zaki nutqning keng tarqaklgan turi sanaladi. Unda har bir kishi so`zlovchi va tinglovchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
So`zlovchi va tinglovchi nutqlari replika deyiladi. Replika birinchi shaxs tomonidan suhbatga tortish, chorlash yoki murojaat replikasi.II shaxs tomonidan esa javob replikasi xarakteriga ega bo`ladi. 1 – replika so`rog`i, 2 - replika yuzaga kelishining asosiy omili sanaladi. Replikalar chegarasi birinchi replikaning tugallanish, ikkinchi replikaning boshlanish nuqtalari bilan belgilanadi.
Diologda javob replikasining mazmuni, xarakteri murojaat replikasida qaysi so`zga mantiqiy urg`u tushganligiga bog`liq bo`ladi. Mantiqiy urg`u gapdagi fikriy jihatdan ahamiyatli bo`lgan so`zning kuchli talaffuz qilinishidir. Bunda so`zlovchi gap ichidagi ba`zi so`zlarning ma`nosini yanada ta`kidlab, kuchaytirib ko`rsatish uchun uni boshqa so`zlarga nisbatdan kuchliroq ohang biklan talaffuz etadi. Nutqda mantiqiy urg`yu tushgan so`z ovozni balandlatish, pastlatish, pauza qilish kabi vositalar bilan ajratib aytilgani uchun tinglovchining diqatini tez tortadi.
Replikada diologik matnda to`liq yoki to`liqsiz gap shakllarida uchraydi. Diologlarda intinatsiya muhim ahamiyatga ega. So`zlovchining o`z hisiyotini ifodalashi uchun ovoz tonini o`zgartirishi, mua`yan istak, niyat harakat natijasida yuzaga keluvchi ovoz tovlanishlari intonatsiyadir. Uning yordamida turli ma`nolar ifodalanadi.
Taklif, munnatdorchilik. Tabrik, taajjub yoki hayratlanish, tilak-istak mazmunidagi diolog replikalarida quyidagi nutqiy mulozanat so`z va iboralari uchraydi.
Taklif.
Men sizni … taklif etmoqchiman
… ruxsat bering
keling …
marhamat …
Minnatdorchilik.
rahmat, sizdan minnatdorman
boshim osmonga yetdi
xursandman
sizga minnatdorchilik bildiraman
Tabrik.
chin qalbimdan tabriklayman
muborak bo`lsin
qutlayman
ruxsat eting
Taajjub, hayratlanish.
rostdanmi?
nahotki?
taajjub
aqil bovar qilmaydi
nega endi
Diologlar so`zlovchi tomonidan, ya`ni muallif tomondan ham berilishi mumkin. Dramatik asarlardagi qahramonlar diologi persanajlarning asl maqsadlari, niyatlari, intilishlarini, his – tuyg`ularini, fikr va tushunchalarini, ruhiy kechinmalarining va ularning bir birlari - bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini ochib berishga, asardagi voqealarning rivojlanib borishiga yordam beradi. Ya`ni diolog qahramon xarakterini oxchib berishiga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Ishtirokchilar diologlari avtor gapi (nutq) shaklida berilib qo`shtirniqqa olinmaydi.
Savol - javob diologlari
Diolog o`zaro almashinib keluvchi replikalarning ifodasi ekanligini ta`kidlab o`tdik. Replikalar mazmunidan kelib chiqqan holda diologlarning savol-javob, xabar, baxs –munozara xarakteridagi diologlarga bo`linishi mumkin.
So`rash surushtirish diologlari.
Murujaar replikasi savolni, javob replikasi esa qo`yildan savolining javobini ifodalab keladi. Qayta so`rash diologida esa javob replikasi murojaat replikasi mazmunini echiishga xizmat qiluvchi savolni ifodalab keladi. Masalan:
Sen Abdulla Qodiriyning “Mexrobdan chayon” ramanini o`qidingmi?
Yo`q hali. Roman nima haqida?
Muqaddas dargohda namunaviy kishilar haqida.
Intervyu. Xorakteridagi diologlar savol - javob diologlariga misol bo`ladi. Intervyu muxbirning suhbatdoshi bilan ahborot olish maqsadida o`tkazadigan muloqotidir. Intervyu gazeta, radio televidinye uchun mo`jallangan bo`ladi. Intervyu o`tkazishdan oldin suhbat mavzusi bitiladigan savollar tayorlab qo`yiladi.
Xabar diologlari.
Ta`kidlab o`tkanimizdek, kishi fikri yoki maqsadini ikkinchi bir kishiga so`zlar vositasiga yetkazib, o`zaro fikr almashadi, aloqada bo`ladi, kayfiyatni ifoda etadi. Diologik nutq buning yaqqol namunasidir. Fikr almashuv, aloqa bog`lash diologning xabar turiga kiradi.
Xabar diologlarida har bir replika o`zidan oldingisi uchun javob o`zidan keyingisi uchun murojaat replikasi bo`lib xizmat qiladi. Xabar diologlarida murojaat va javob replikalarida biror voqea hodisa, narsa to`g`risida xabar beriladi,tinchlantirish, kechirish ma`nolari ifodalanadi.
Axborot – almashuv diologlari.
Bunday dialoglarda suhbatdoshlar o`zaro axborot almashadilar, o`z hissiyotlarini bayon etadilar, insonlar, voqea – hodisalarga baho beradilar.
Bahs - munozara diologi.
Bunday diologda murojaat replikasi savol yoki xabarni, javob replikasi esa qarama – qarshi nuqtan nazar bayon etilgan e`tirozni ifodalaydi.
Munozara xarakterdagi nutqn polilog shaklida, ya`ni, bir necha kishinng suhbati tarzida bo`lishi mumkin. Unda ishtirokchilarning bahslari o`z ifodasini topadi. Unda ritorik so`roq gaplar, his-hayajon faplar uchraydi.
Diologik nutq nutq uslublarining barchasida uchraydi. Masalan: so`zlashuv uslubida publitsistikada: intervyu, badiiyda: “Farxod va Shirin”dan Farxod va Xusrav munozarasi misol bo`la oladi.
Mustahkamlash (30 daqiqa)
Darsning bu qismida “Mehr oshkora” va “Muruvvat pinhona” guruhlari shartlar asosida o`zaro bellashadi.
1 – topshiriq.
Yozilgan diolog matnlarni o`qib berish. Ular “bog`da”, kinoda “do`stim bilan” “kollejda” mavzularida bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |