1-mavzu: Davlat-xususiy sherikligining mazmuni va mohiyati


Davlat-xususiy sheriklikning rivojlanishi tarixidan



Download 0,77 Mb.
bet7/15
Sana17.05.2020
Hajmi0,77 Mb.
#52041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
1-Mavzu DXSH (4)

Davlat-xususiy sheriklikning rivojlanishi tarixidan

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, davlat xususiy tadbirkorlar bilan deyarli barcha davrlarda hamkorlik qilgan yoki kooperatsiyada bo‘lgan. O‘rta asrlarga kelib, hokimiyat va xususiy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar huquqiy shaklga ega bo‘ldi. Xristofor Kolumbning 1492-yildan 1504-yilgacha bo‘lgan ekspeditsiyalari ana shunday shakldagi hamkorlikning yorqin misolidir. Qirollik Xristofor Kolumbga don unvonini taqdim etadi. U safarni muvaffaqiyatli yakunlasa, egallagan yerlarini boshqarish va u yerlarning foydali qazilmalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan. 1491-yilda tuzilgan shartnomaga ko‘ra Kolumb xarajatlarning sakkizdan bir qismini o‘z bo‘yniga olgan. Tuzilgan shartnomaning moliyaviy natijasi quyidagicha taqsimlangan: olib kelingan tovarlar va tabiiy resurslarning 90 foizi hukumatga o‘tgan, 10 foizi esa sarflangan xarajatlardan tashqari Xristofor Kolumb hisobiga o‘tgan.

Insoniyatning yangi tarixiy davrida hokimiyat va xususiy tadbirkorlarning hamkorligi tobora oshib bordi, shunga yarasha qo‘shma infratuzilma loyihalari soni ham ancha ko‘paydi. Suvaysh va Panama kanallari loyihasi ular orasidagi eng yirigi hisoblanadi. 1855-yilda “Suvaysh kanalining umumiy kompaniyasi” xususiy korxonasi Misr vitse-qirolidan Qizil va O‘rta dengizni birlashtiruvchi Suvaysh kanalini qurish uchun konsessiyani amalga oshirish huquqini oladi. Kompaniya aksiyalarining 44 foizi Misr hukumatiga, 53 foizi Fransiyaga tegadi, qolgan 3 foiz aksiyalarni boshqa mamlakatlar xarid qiladi. Konsessiya shartlariga ko‘ra loyihadan olingan daromad quyidagicha taqsimlanishi ko‘zda tutiladi: aksiyadorlarga foydaning 75 foizi, Misr hukumatiga 15 foizi, kompaniya asoschilariga esa qolgan 10 foizi. Qurilish ishlari 11 yildan so‘ng yakunlanadi va kanal kemalar qatnovi uchun 1869-yil noyabrda ochiladi. Hozirgi kunda kanal ekspluatatsiyasidan olingan mablag‘lar Misr g‘aznasiga tushadigan valyutaning salmoqli ulushini tashkil etadi.

Parijdagi mashhur Eyfel minorasining qurilishi konsessiyaga yana bir yorqin misol bo‘la oladi. 1887-yilda Aleksandr Gyustav Eyfel Parij shahri munitsipaliteti bilan shartnoma tuzadi. Unga ko‘ra minora 25 yil foydalanish sharti bilan ijara huquqi asosida unga taqdim etiladi. Shuningdek, 1,5 mln oltin frank miqdorida subsidiya to‘lash ham ko‘zda tutiladi. Bu minorani qurish xarajatlarining 25 foiziga teng edi. Minora ekspluatatsiya vaqtida ekskursiyalar, liftlarga chiqish uchun sotilgan chiptalar, suvenir sotish huquqini berish, restoranlar ijarasidan tushgan pul hisobiga o‘z xarajatlarini oqladi.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish