1-mavzu: davlat tilida ish yuritish kursining maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja



Download 26,07 Kb.
bet2/4
Sana14.01.2022
Hajmi26,07 Kb.
#364952
1   2   3   4
Bog'liq
1 Mavzu

«Davlat tili haqida»gi qonun oʻzbek tilining taraqqiyoti, erkin rivojlanishi, davlat va jamoat organlarida asosiy ish yuritish tiliga aylanishi va tilning muhofazasi yoʻlida qilingan huquqiy harakat boʻlib, tilni davlat tili maqomi bilan mustahkamladi. Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining taraqqiysida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosimizning tiklanishida muhim rol oʻynadi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasida davlat tili toʻgʻrisidagi qoidalar: «Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», degan jumlalarda mustahkamlandi. Mazkur qoida 1995-yil 25-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonunining yangi tahririda mufassal yoritib berildi. Yangi tahrirdagi bu qonun davlat tilining qoʻllanish doirasi, huquq-majburiyatlarini ifoda etdi. Fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruv idoralariga, jamoat birlashmalariga va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona hamda muassasalarning rahbarlariga davlat tilida arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish hamda ularga javoblarni oʻzbek tilida olish huquqi ta’minlandi (14-modda). Mamlakatimizning barcha boshqaruv organlarida, korxona, muassasa va tashkilotlarda ish yuritish oʻzbek tilida olib borilishi mustahkamlandi (9-modda). Mazkur qonunning 24-moddasida «Oʻzbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va ta`lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar», ― deb belgilanishi qonunning hayotiyligini ta`minlaydi.

Fuqarolarga davlat tilini oʻqitish bepul amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, oʻrta maxsus va oliy ma`lumot olishni ta`minlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinib va e’lon qilinmoqda. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinyapti.

Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida olib borilmoqda. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida ham qabul qilinishi tartibga solindi. Oʻzbekistonda ishlovchi barcha mansabdor shaxslar, rahbar xodimlar oʻz xizmat vazifalarini bajarish uchun davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart. Aholiga xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanuvchi shaxslar ham oʻz xizmat vazifalarini bajarish uchun davlat tilini bilishlari lozim.




Download 26,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish