1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblarining haqida tushuncha
Reja
1.Buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatining vujudga kelish sabablari va rivojlanish tarixi.
2. “Buxgalter”, “Auditor” kasblarining etimologik mazmuni, mohiyati va ahamiyati.
3. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi bosma nashr, Luka Pacholining “Schyotlar va yozuvlar haqida traktat”ning qisqacha tavsifi, uning buxgalteriya hisobi rivojlanishidagi ahamiyati.
Tayanch so’zlar: Buxgalter, Auditor, traktat, schyotlar, yozuvlar, tarix, hisob bilimi, moddiy hisob, yozma hisob, hisob kartochkasi, buxgalterlik kasbi, firma, malaka, ikkiyoqlama.
1.Buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatining vujudga kelish sabablari va rivojlanish tarixi.
Tarix har doim odamlarni o’ziga jalb etib kelgan. Har qanday odam uchun o’z Vatani, o’z oilasi, o’z fani tarixini bilishi juda muxim, buni o’tgan barcha avlodlar yaxshi tushunishgan. Fanlar tarixi bir-biridan qiziqarli, uni o’rganish kishilarga quvonch bag’ishlab, ular hayotini uzaytirayotganday tuyuladi. SHu sababli buxgalteriya hisobi fani tarixini o’rganish ham qiziqarli va shu vaqtning o’zida murakkab soha bo’lib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish buxgalterlardan og’ir va murakkab mehnat talab qiladi. Tarixga chuqurroq nazar tashlasak, buning mohiyati yaqqkol namoyon bo’ladi. Xo’jalik yuritishning hozirgi sharoitida hisobning o’rni va ahamiyatini, kelgusidagi o’sishi va kelajakni to’liq baholash uchun uning rivojlanishini tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilib chiqish, o’rganilayotgan har qanday ob’ektning rivojlanishi va harakatini tekshirish hamda, aniqlangan bog’lanish va qonuniyatlarni o’rganish zaruriyati tug’iladi. Tarix - bu tajriba, ba’zan ayrimlar uchun yangi tuyulgan narsalar, ostida avvalroq ma’lum bo’lgan “qara, mana bu yangilik, - ammo bu bizdan avvalgi asrlardayoq ma’lum bo’lgan” degan tushunchalarga olib keladi.
Mana shuning uchun har bir inson asrlar osha bizgacha to’plangan bilim va tajribalarni o’rganish uchun harakat qilishi kerak. Davlatimiz tarixidagi keskin o’zgarishlar bunga tayyor bo’lmagan buxgalterni ishonchsizlikka olib borishi mumkin; tarixiy bilish mavjud tajribalarni o’rganish uni o’zgarishlarga tayyorlashi shu bilan birga qoniqish hislarini berishi mumkin. Mana nima sababdan sinchikov odamlar tarixni o’rganadilar, kishilar bilimlar xazinalariga qancha ulush qo’shganlarini bilib oladilar. SHu sababli bo’lg’usi buxgalterlar uchun o’z fanining tarixini o’rganish katta ahamiyatga egadir.
Kursning asosiy maqsadi buxgalteriya hisobi rivojlanish tarixi bilan tanishish va o’rganib chiqishdir. Buning uchun xisob bilimi faoliyatini keyingi nazariy dalillar asosida ko’rish kerak. Buxgalteriya hisobini faqat evolyusion tahlildagina bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rni va ahamiyatini to’liq tushunish mumkin. Bizlar uchun bular juda muhimdir. Bunga erishish uchun noan’anaviy usulda hisobning rivojlanishini kuzatish vazifasi qo’yilgan. Bu vazifalarni bajarish uchun ma’ruzalar matnlarini tayyorlash, chet ellar va Vatanimiz olimlarining ishlariga, hamda milliy va jahon miqyosidagi buxgalteriya hisobi va auditning takomillashgan dasturlariga asoslangan. Bu kursda biz hisob va auditni oddiy shaklidan to shu kungacha bo’lgan, ya’ni paydo bo’lishdan tortib butun rivojlanish jarayonini ko’rib chiqamiz.
Hisobchilikning boshlanishi, uning birinchi nuqtalari bizdan abadiy yashiringan. Ular bizgacha bir qancha ming yilliklar avval yo’qolib ketgan. Lekin biz tasdiqlashimiz mumkin bo’lgan narsa, bu hisob birdan paydo bo’lgan emasligidir. qachonlardir hisobni kerak bo’lmagan vaqti ham bo’lgan. qachonlardir barcha hodisa va ma’lumotlar bir odam zakovatiga joylashgan bo’lishi mumkin. Hisobni boshlanishi poleolit davridan, insoniyat rivojlanishidagi dastlabki bosqichdan boshlanadi. Uning paydo bo’lishi uchun asosiy shart-sharoitlar odamlar orasidagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bo’ldi. Xo’jalikni egallab olish (ibtidoiylik) dan ishlab chiqarish (ibtidoiylikdan chiqish davri) gacha o’tish davri yakka xo’jaliklarning rivojlanishiga imkon yaratdi. Bu munosabatlarning alohida - tovarlarni almashtirishni o’z ichiga olgan turini vujudga keltirdi. Bunday munosabat jamoadan tashqaridagilar bilan bajarilar edi. Bu esa bir qancha qo’shni jamoalarni bir-biri bilan bog’lardi. Ibtidoiy jamoa tuzumining parchalanishi davrida insoniyat tarixida juda katta holda mehnatni bo’linishi, ya’ni umumiy mehnatning dehqonchilik va chorvachilikka bo’linishi yuz berdi. Dehqonchilikdan hunarmandchilikni ajralishi (qo’l mexnatning bo’linishi) ayirboshlashni yanada ko’prok rag’batlantirdi. Ayrboshlash faqat jamoalararo emas, balki ularning ichida ham muntazam ravishda olib borila boshlandi. Bularning hammasi almashtirilayotgan narsani ekvivalentligi (har jihatdan bir narsaga tengligi), almashtiriladigan narsa va uning o’lchov belgisini paydo bo’lishi tushunchalarini jamlashga ko’maklashdi. Ular faqat mahsus tovar, qaysiki pul vazifasini bajarishga qo’yilgan tovarlardir. Xuddi shu davrlarda oddiy elementar xisobning birinchi shakllari kuzatiladi.
Hisobning dastlabki paydo bo’lishi insoniyatning davlat dastlabki paydo bo’lgan joylarida yuzaga kelgan. SHu sababli hisobchilik tarixini o’rganishni aynan shu mamlakatlardagi yuzaga kelgan va uni rivojlanishi uchun asos bo’lgan hisob shakllarini ko’rib chiqish bilan boshlaymiz.
QADIMGI MISR. Nil, Dajla va Frot daryolari vodiylarida insoniyat birinchi paydo bo’lgan va asta sekin rivojlangan tizimlar izlari topilgan. Xuddi shu yerda papirusdan foydalanishni birinchi marta o’rgandilar, bu shu joylarda hisob ishlari bilan shug’ullanishganligini va hisob yozuvlari bo’lganligini ifodalaydi. SHunday namoyondalardan biri Firavn saroyi xizmatkori - Neferxotepdir. U hisobchilar (buxgalterlar) xudosi Totuga qasam ichdi. Unga quyidagi vazifalar yuklatildi: Firavn uyida tinchlik va xotirjamlikni saklash, hech kimni unutmay va mavqeini almashtirmay hammaga oziq ovqat berish, piramida uchun qancha g’isht, non va pivo uchun qancha bug’doy, yo’lni qanday ko’rish kerak va bunga qancha ishchi kerak bo’ladi, bularni hammasini u hisoblab chiqar edi. Har kuni ertalab hisobchi xizmatkor orqali shoxga, malikaga, shahzodalarga yangi oziq-ovqatlar kiritar, omborchini nazorat qilar va sarflarni barchasini qog’ozlarga yozib qo’yardi. qog’ozlarda kirim-chiqim hisob-kitobi yuritilib, avvalgi kundan qolgan qoldiqlar, shu kundagi sarflar va ularning qolgan qoldiqlari hisobi yozib borilar edi.
MASALAN:
Non hisobi Pivo ko’zada
Xo’jayin (u sog’-salomat bo’lsin)
narsalarining hisob-kitobi,
3-yil, suv toshqini davri
2-oyi 26 kunga 1630 130
3 yilni,2 oyini 25 kuniga qoldig’i 210 12
SHu kuni qabul qilindi - 125
SHox buyrug’i bo’yicha Amon ibodatxonasi-
dan berildi 100 -
SHu kunga jami kirim 1940 267
SHu jumladan tarqatildi: 575 52
Odamlarga
Katta uyga 525 38
SHu kunga jami tarqatildi 1700 251 qoldiq 240 16
Kadimgi Misrda moddiy hisobni muhim elementi har kunlik qoldiqning ajratilishi edi. qadimgi Misrliklarda yuritilgan hisob holatining bunday alohida xususiyatiga A.Barxard e’tiborini jalb qildi. Kundalik qoldiqlar xulosasining chiqarilishi asosan katta bo’lmagan xo’jalik faoliyatlari bilan bog’lik edi.
Omborlardan chiqariladigan qiymatga ega bo’lgan buyumlar omborlardan faqat “Berish mumkin” degan belgiga asoslanib chiqarilar, omborxona boshlig’i buyumni chiqarishni qayd etib yozib, xujjatlar to’plardi. Undan keyinroq to’lovchilar va oluvchilar o’rtasidagi qimmatbaho buyumlarning harakati aks ettiriladi. Hisobotda ma’lumotlar umumlashtiriladi. qadimiy Misrda oynadek ravshan mulkni muayyan muddatga foydalanishga berish shartnomalari hisobi yuritilar edi. Bu xo’jaliklarda qimmatli narsalar harakatini aniqrok yozishga imkon berardi. YOzma hisobni paydo bo’lishi uchun xo’jalik faoliyatining rivojlanishi yanada kengroq bo’lishi, shuning bilan birga yozuv va elementar arifmetika mavjud bo’lishi kerak edi. Bu jarayon tahminan olti ming yillar avval paydo bo’lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |