Ishonchlilik –
axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‗lmasa va unga
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‗ladi.
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlang‗ich hisob-kitob hujjatlari bilan
tasdiqlanishi kerak.
Ehtiyotkorlik –
qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va
daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa etarlicha baholanmasligiga
yo‗l qo‗ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Mazmunining shakldan ustunligi –
agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy
hisobotda axborot operatsiyalar hamda voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa,
bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan
muvofiq holda hisobga olinishi hamda taqdim etilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |