Oltinchidan, qishloqda uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirish dasturi zamirida o‗n minglab yangi ish o‗rinlarini yaratishdek, juda ulkan hajmdagi ishlar mujassam bo‗lib, mamlakatimiz aholisining bunday keng ko‗lamli bunyodkorlik ishlarida faol ishtiroki ta‘minlanmoqda. Qolaversa, mazkur dastur mamlakatimiz uchun dolzarb bo‗lgan aholi bandligini ta‘minlash, shu tariqa odamlarning daromadini yanada oshirish va hayot sifatini yuksaltirish masalalari hal etilishiga xizmat qilmoqda.
Bir necha asrlar avval tabiatan bunyodkor xalqimiz tafakkuri, salohiyati va azmu shijoati bilan bunyod etilgan mahobatli obidalarimiz hozirda dunyo ahlining hayratiga sazovor.
Do'stlaringiz bilan baham: |