Lizing predmetining mas‟uliyatsiz lizing oluvchidan qaytarib olinishi
Lizing – egalik qilish huquqi lizing beruvchida qoladigan, lekin undan foydalanish huquqiga ega bo‗lmaydigan moliyaviy-xo‗jalik munosabatlarining bir turidir. Shunday qilib, lizing oluvchi lizing beruvchining mulkidan foydalanadi va buning evaziga lizing to‗lovini amalga oshiradi. Qonunning 15-moddasiga muvofiq, lizing to‗lovlari to‗lanib bo‗lgunga qadar lizing predmeti lizing beruvchining mulki hisoblanadi. 23-moddaga ko‗ra esa lizing beruvchi lizing predmetini ma‘lum qonunchilik asosida talab qilib olishi mumkin.
Lizing obyektining shartlari bajarilmaganda, talab qilib olish lizing beruvchining lizing bitimini tuzishidan oldingi eng asosiy shartlardan biridir. Kredit muassasalari kafolat ko‗rinishidagi garovni talab qiladilar, lizing beruvchi o‗zini majburiyatlar to‗la bajarilmaslik qaltisliklaridan sug‗urtalab, egalik qilish huquqini o‗zida qoldiradi.
Jahon tajribasiga ko‗ra, jumladan AQSh va Buyuk Britaniyada lizing talab qilib olish jarayonining qanchalik tezkorligi va soddaligi lizing sektorining rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Agar lizing beruvchi lizing predmetini qisqa muddatda talab qilib ololmaydigan bo‗lsa, lizing beruvchi boshqa kafolat shakllaridan, masalan, garovdan foydalanishi mumkin. Ammo bunday vaziyatda lizing o‗zining mohiyatini yo‗qotadi. yetarlicha aylanma vositalariga ega bo‗lmagan kichik va o‗rta korxonalar lizing olishlari kredit bilan barovar bo‗lib qoladi.
Afsuski, talab qilib olish qonunchiligi hali yetarli darajada yaxshi ishlanmagan. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustidagi «Lizing operatsiyalarining istiqboldagi rivojini rag‗batlantirish tadbirlari to‗g‗risida»gi Farmonida shu kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan nizomlari bor.
O‗z navbatida, XMK loyihasi doirasida lizingni rivojlantirish maqsadida mol-mulkni talab qilib olishni muvofiqlashtiruvchi me‘yoriy-huquqiy bazani qayta shakllantirish to‗g‗risida nizom ishlab chiqilgan.
Birinchidan, O‗zbekiston Respublikasi Xo‗jalik protsessual kodeksiga (XPK) bir qator o‗zgartirishlar kiritilishi lozim. Jumladan, XPK «Sud buyrug‗i» 14-bobining bir qator moddalariga o‗zgartirishlar kiritilishi lozim. Ushbu bobga binoan sudya kreditorning debitorlik qarzlari to‗g‗risidagi talablarini qondirishi mumkin. Sud hukmi jarayoni o‗ta tezkor ravishda, tomonlar taklif qilinmasdan va sud majlisisiz, kreditor ariza berganidan keyin 10 kun ichida sud qarorini chiqaradi. Shunday qilib, lizing beruvchining lizing predmetini qaytarib olishiga sud qarori mexanizmi taqdim etiladi. Bunda agar lizing oluvchi qarzini tan olib, lekin lizing predmetini qaytarib bermasa, lizing beruvchi qonun asosida va qisqa muddatda lizing obyektini qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Bundan tashqari lizing obyektini qaytarib olishda notarial idoralar tomonidan bajariladigan ishlarga ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish lozim. Lizing beruvchi ushbu jarayon va tegishli hujjatlar asosida lizing predmetini mas‘uliyatsiz lizing oluvchidan qaytarib olishi mumkin. Ammo bugungi kunda ushbu jarayon ancha qimmatga tushadi. Lizing beruvchi notarial guvohnoma olish uchun shartnomaning 5% miqdoridagi summani amalga oshirilmagan lizing to‗lovlari hisobidan to‗lashi lozim, aks holda qonun tomonidan mulkni qaytarib olish masalalari ko‗rib chiqilmaydi. Bu muammoni yechimi shunday bo‗lishi kerakki, barcha lizing shartnomalari notarial tartibda ko‗rib chiqilishi mumkinligi to‗g‗risida qonunchilikka o‗zgartirish kiritish lozim. Lizing predmetini qaytarib olishda sud va boshqa organlar qarorlarining ijro etilish jarayonlari qisqartirilishi ham shular jumlasidandir.
YUqoridagi o‗zgartirishlar mulkni qaytarib olishni muvofiqlashtiruvchi qonunchilikni ancha takkomillashtirib, lizing predmetini qaytarib olishda samarali va arzon yuridik jarayonlarning joriy etilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |