Lizing shartnomasining imzolanishi.
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasining imzolanishi va lizing obyekti uchun oldi- sotdi shartnomasi asosida pul o‘tkazib berilishi
Lizing tыlovlarini amalga oshirish.
Barcha to‘lovlar amalga oshirilganidan so‘ng lizing obyektiga egalik qilish huquqining lizing oluvchiga o‘tishi.
3.2-rasm. Qaytariladigan lizing operatsiyasini o‗tkazish sxemasi.
Korxonaning daromadlilik darajasi past bo‗lgan hollarda u jadal amortizatsiya va daromad solig‗i bo‗yicha imtiyozlarga ega bo‗lmagan sharoitda bu turdagi lizing operatsiyasiga murojaat qilish mumkin. Korxona bu operatsiyada ishtirok etadi, lizing kompaniyasi esa soliq imtiyozlariga ega bo‗ladi. O‗z navbatida, korxona lizing kompaniyasi uchun lizing to‗lovlari foizini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‗ladi.
So‗nggi vaqtda uskuna ishlab chiqaruvchilari va lizing kompaniyalari o‗rtasida bitimlarning imzolanishi kuzatilmoqda. Bitimlar asosida lizing kompaniyasi nomidan ishlab chiqaruvchi mijozlarga o‗zining mahsulotini lizing bo‗yicha moliyalashni taklif qiladi. SHunday qilib, lizing kompaniyasi sotuvchining savdo tizimidan foydalanadi, sotuvchi esa o‗z mahsulotini sotish chegaralarini kengaytiradi. Bunday kelishuv «sotuvdagi yordam» nomini olib (sales-aid), odatda ular past qiymatga ega uskunalarga nisbatan qo‗llaniladi.
Bunday sxema bo‗yicha butun korxonalarni ham lizingga topshirish mumkin, bunda sotuvchi va lizing oluvchi bitta yuridik shaxs hisoblanadi.
Bu xildagi lizing operatsiyalari, avvalo moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan korxonalar uchun qo‗l kelishi mumkin. Bunday korxonalar bir vaqtning o‗zida uskunalarni sotib, moliyaviy mablag‗ga ega bo‗ladilar, hamda lizing shartnomasini tuzib, o‗z uskunalaridan foydalanadilar.
Leveredj (kreditli, ulushli, alohida) lizing (leveraged lease) yoki qo‗shimcha mablag‗larni jalb qiluvchi lizing turi bo‗lib, ko‗p kanalli moliyalashtirishdan iborat bo‗lganligi tufayli lizingning eng murakkab turlaridan hisoblanadi va qiymati katta bo‗lgan loyihalarni amalga oshirishda qo‗llaniladi.
Bu turdagi lizingning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda lizing beruvchi uskunani sotib olayotganda uskuna qiymatining to‗la qiymatini emas, balki ma‘lum qismini to‗laydi. Uskuna qiymatining qolgan qismini u bir yoki bir nechta kreditorlardan ssuda olib to‗lash hisobiga qoplaydi. Ayni chog‗da, lizing kompaniyasi mulkning to‗la qiymati soliqqa tortilishi bilan bog‗liq barcha imtiyozlardan foydalanishni davom ettiradi.
Milliy moliya-kredit munosabatlariga xos bo‗lmagan ma‘lum shartlar asosida lizing beruvchi ssudani olishi ushbu turdagi lizingning yana bir o‗ziga xos xususiyatidan biri bo‗lib hisoblanadi. Kredit lizing beruvchining aktivlariga da‘vo qilish huquqisiz beriladi. SHu sababli
lizing beruvchi qarz qoplangunga qadar mulkni garov sifatida kreditorlar foydasiga rasmiylashtiradi va ssuda qoplash uchun ularga lizing to‗lovlarining ma‘lum qismini olish huquqini beradi.
Ba‘zi hollarda lizing loyihalarini moliyalashtirish uchun Lizing kompaniyalarining mablag‗lari yetishmaganligi sababli ssuda oladilar, ya‘ni loyihani qo‗shimcha mablag‗larni jalb qilish yordamida moliyalashtiradilar(3.3-rasm). Hisob-kitoblarga qaraganda, jahondagi 85% dan ko‗proq lizing bitimlari qo‗shimcha mablag‗lar evaziga amalga oshiriladi. Lizing beruvchi bir yoki bir nechta kreditordan lizingga berilayotgan aktivlarning 80% miqdorini uzoq muddatli ssuda sifatida jalb qiladi. Bu holda lizing to‗lovlari va uskuna ssuda qaytarilishining ta‘minoti bo‗ladi.
Shunday qilib, bitim bo‗yicha asosiy qaltislik, kreditorlarga, ya‘ni banklar, sug‗urta krmpaniyalari, investitsion fondlar va boshqa moliyaviy tashkilotlarga o‗tib, faqat lizing to‗lovlari va lizingga beriladigan mulk ssuda qaytarilishini kafolati bo‗lib hisoblanadi.
G‗arbda lizing operatsiyalarining 85%dan ortig‗i leveredj lizing asosida amalga oshiriladi. Bizning nazarimizda O‗zbekistonda lizing biznesi rivojlanish bosqichida ekanligi va lizing kompaniyalarida kapital yetishmovchiligi sharoitida, ehtimol leveredj lizing o‗ziga xos ko‗rinishlarda keng tarqalishi mumkin.
Lizing yordamida sotuvni tashkil etish (sales leasing yoki vendor leasing) - mol-mulkni yetkazib beruvchi (sotuvchi) va lizing kompaniyasi o‗rtasida tuziladigan maxsus bitim asosida sotishni anglatadi. Bunday bitimlar turli xil shakllarga ega. Oddiy ko‗rinishda lizing kompaniyasining nomi, manzili, telefoni va lizing shartlari sotuvchilarning reklama materiallarida ko‗rsatiladi, hamda lizing bo‗yicha mulkdan foydalanuvchi bilan bog‗liq barcha masalalarni bevosita lizing kompaniyasi hal etadi. Ammo ko‗pgina holatlarda lizing kompaniyasi va mulkni yetkazib beruvchi o‗rtasidagi kelishuv lizing kompaniyasi nomidan bevosita sotuvchi bilan lizing shartnomasi tuzish imkoniyatini nazarda tutadi. Bunday hollarda shartnomada vositachi vaqtinchalik to‗lovga qobiliyatsiz bo‗lsa yoki bankrotlikka uchrasa, sotuvchining mol- mulkni lizing kompaniyasidan qayta sotib olishi lozimligi belgilab qo‗yiladi.
ilinayotgan lizing obyekti va sotuvchini aniqlash. kompaniyasiga arizaning berilishi.
kompaniyasining bankga qarz so‘rab murojaat qilishi.
Talab q
Lizing
Lizing
Qarz (kredit) shartnomasining imzolanishi.
Lizing shartnomasining imzolanishi.
Lizing obyekti uchun to‘lovlarni amalga oshirish.
Sotuvchi tomonidan lizing obyektining bevosita lizing oluvchiga yetkazib berilishi.
Tomonlar kelishuviga asosan lizing obyektini sug‘urtalash.
Lizing to‘lovlarini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |