1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Muzokara  davomida  yolg‟on  ishlatish



Download 339,84 Kb.
bet83/92
Sana01.07.2021
Hajmi339,84 Kb.
#106460
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
Bog'liq
Mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vaz-fayllar.org

Muzokara  davomida  yolg‟on  ishlatish.  Muzokara  davomida  yolg‘on 

ma‘lumot  berish  ob‘yektiv  mezonga  zid  keluvchi,  lekin  shunga  qaramay,  ko‘p 

uchrab  turadigan  holdir.  Muzokaradagi  u  yoki  bu  tomonning  yolg‘on  ishlatish 

sabablarini  tahlil  etmagan  holda,  yolg‘onga  berilmaslik  va  unga  qarshi  turish 

imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.  

Yolg‘ondan  samarali  foydalanish  ko‘pgina  sotuv  shartnomalariga  oid 

muzokaralarda, qisqa muddatli shartnomani imzolashda ko‘p uchraydi.  

Avvalambor,  shuni  aytish  lozimki,  aldovning  samarasi  ikkala  tomonning 

ishtirokini  taqozo  etadi,  aldovchi  jarayonga  qanchalik  tayyorlangan  bo‘lsa,  o‘zga 

tomon  ham  har  qanday  aldovga  qarshi  tura  olish  malakasiga  ega  bo‘lishi  lozim. 

Umuman  olganda,  odam  ikki  holda  ko‘proq  aldanadi  –  birinchidan,  ushbu 

muammoni  tezroq  hal  qilish  maqsadida  shoshilganda,  aniqrog‘i  uning  ijobiy 

natijasini  juda  xohlaganda,  kkinchidan  esa,  masala  haqida  yetarlicha  ma‘lumotga 


ega  bo‘lmagan  paytda.  Shuning  uchun,  muzokara  olib  boruvchidan  doimo 

vaziyatni  aniq  tasavvur  etish  va  o‘z  orzusi  qurboni  bo‘lib  qolmaslik  hamda 

bo‘lajak muzokara mavzusi haqida ko‘proq ma‘lumot yig‘ish lozim. 

Bundan  tashqari,  ma‘lum  psixologik  qonunlar  mavjudki,  ularning  inson 

ruhiyatida amal qilishi yolg‘onga berilish ehtimolini kuchaytiradi.  

Jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin: 

 Obro‘-e‘tiborga  ega  shaxs  bilan  muloqotda  unga  shubhasiz  ishona 

boshlaymiz. 

 O‘zga  shaxs  bizga  qanchalik  yoqimli  bo‘lsa,  uning  ma‘lumotini 

shunchalik  ishonch  bilan  qabul  qilamiz  va  aksincha,  biz  yoqtirmagan  kimsaning 

ma‘lumotini shubha ostiga olamiz va ishonqiramay qaraymiz. 

 Odamning  bilim  saviyasi  va  aqliy  salohiyati  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  u 

hayotga  shunchalik  ishonch  bilan  qaraydi,  u  mushohadaga  moyil,  vaziyatlarni 

mustaqil ravishda tahlil qila oladi va yolg‘on ta‘siriga kamroq beriladi. 

Suhbatdoshimiz  ko‘zini  qo‘li  bilan  berkitishi  ham  shu  kabi  holat  haqida 

ma‘lumot  berishi  mumkin.  Yolg‘on  gapirish  sohasida  ba‘zi  «pixini  yorgan» 

kimsalar  bunday  paytda  burniga  qo‘lini  tekizish  bilan  cheklanadi  va  bu  bilan 

yolg‘ondan o‘t olgan hayajonini yashirmoqchi bo‘lishadi.  

Ko‘pchilik  yolg‘on  gapirayotgan  odamlar  sherigining  ko‘ziga  qarashga 

uyalishadi. Shuning uchun ko‘z harakatlariga ham e‘tiborli bo‘lish kerak.  

Kuzatishlardan aniqlanishicha, odam  yolg‘on  gapirayotganda,  ya‘ni mavjud 

bo‘lmagan  narsani  xayolida  tasavvur  etayotgan  paytda  ko‘z  ham  o‘ziga  xos 

ravishda harakatlar sodir qilarkan. Xususan, mavjud narsani xotirlayotganda ikkala 

ko‘z  gavhari  yuqoriga  va  o‘ng  tomonga  yo‘naladi,  yangi  narsani  (yolg‘onni) 

yaratishda  esa  aksincha,  yuqoriga  va  chap  tomonga  harakatlanadi.  Aytganday, 

chapaqay kimsalarda bu jarayon teskari o‘tadi.  

Bundan  tashqari  yolg‘on  gapirayotgan  kimsaning  ko‘zi  yon  atrofga  tez-tez 

harakatlanadi.  

Aniqlanishicha,  tananing  ma‘lum  holati  ham  yolg‘onni  ifodalashi  mumkin. 

Odam haqiqatni gapirayotganda bosh o‘ng tomonga sal engashadi va tana xotirjam 

bo‘ladi,  yolg‘on  gapirayotganda  bosh  to‘g‘ri  holatni  egallaydi  va  tana  zo‘riqish 

holatiga keladi.  

Quyida  keltirilgan  belgilar  suhbatdoshimiz  yolg‘on  gapirayotganligini 

aniqlash uchun axborot manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin: 

 Ko‘p gapirish, aniq matnning kuzatilmasligi.  

 Javob berishdan avval uzoq sukut saqlanishi. 

 Cho‘zib va past tovushda gapirish. 

 Ichki zo‘riqish. 

 Nomunosib qo‘l xatti-harakatlari. 

 Tabiiy bo‘lmagan yuz ifodasi. 

 Yuzning notabiiy qizarishi yoki oqarishi. 

 Ko‘z qorachig‘ining nihoyatda kengayishi. 

 Ko‘zni suhbatdoshdan olib qochish. 

 Tez-tez kiprik qoqish. 


 Ishonchsizlikni  ifodalovchi  qo‘l  harakatlari  (dahanni,  burunni,  qoshni 

qashish). 

 Chakkani qashish. 

 Miyig‘ida kulish, sun‘iy yuz ifodalari. 

Shuni  unutmaslik  lozimki,  har  bir  insonda  ushbu  ko‘rsatkichlarning 

namoyon bo‘lishi o‘ziga xos tarzda o‘tadi. Odamni bilmay turib, u yoki bu belgiga 

qarab  talqin  berish  mumkin  emas.  Ko‘rsatilgan  belgilarga  asoslanishdan  avval 

o‘zga  kimsa  bilan  qisman  bo‘lsa  ham  oddiy  muloqot  sharoitida  bo‘lish  lozim. 

Eslab qolingan  aynan shu vaziyat, keyinchalik taqqoslash namunasi bo‘lib xizmat 

qiladi.  Ogohlantirish  shundan  iboratki,  yuqoridagi  har  bir  ko‘rsatkich  o‘zga 

kimsaning  hayajonlanishi  ifodasi  bo‘lishi  ham  mumkin.  Suhbat  chog‘ida  aldanib 

qolmay  degan  kimsa  quyidagi  qoidaga  amal  qilgani  ma‘qul:  «Bir  manbadan 

olingan  ma‘lumot  –  hali  ma‘lumot  emas.  Ikki  manbadan  olingan  ma‘lumot  – 

fikrlash  uchun  turtki  va  faqatgina  uch  manbadan  olingan  ma‘lumot  ushbu 

axborotning haqqoniyligini u yoki bu darajada tasdiqlashi mumkin».  




Download 339,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish