1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Download 339,84 Kb.
bet88/92
Sana01.07.2021
Hajmi339,84 Kb.
#106460
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
Mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vaz-fayllar.org

3.Qaror qabul qilish bosqichlari. 

Umuman olganda,  boshqaruv qarorlarini qabul  qilish jarayoni aniq bir  doira 

ichida  o‘tishi  qiyin.  Har  bir  rahbar  o‘z  psixologik  xususiyatidan  kelib  chiqqan 

holda  muammo  yechimiga  turli  uslub  va  moyillikni  namoyon  etadi.  Mana  shu 

omillar mavjud muammo yechimiga o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi.  

Qaror  yaratilishi  davomida  rahbar  o‘z  ichki  dunyosida  sodir  bo‘layotgan 

jarayonlarni  bilishi,  ushbu  holatni  maqsadga  muvofiq  ravishda  boshqarish 

imkonini  beradi.  Shu  bois  qaror  qabul  qilish  amallarini  bosqichma-bosqich  tahlil 

etish  lozim,  deb  topiladi.  Quyida  mana  shu  bosqichlarning  asosiy  tavsiflari 

beriladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘pqirrali va murakkab jarayon bo‘lib, 

unda asosiy beshta bosqichni sharhlab o‘tish mumkin:  

1-muammoni o‘rganish;  

2-g‘oyalar ishlab chiqish;  

3-ma‘qul keluvchi g‘oyalarni ajratib olish;  

4-yangilikni joriy etishni rejalashtirish;  

5-qayta aloqa va tahlil. Endi sanab o‘tilgan har bir bosqichni ko‘rib chiqsak.   

Qaror  qabul  qilishning  birinchi  «Muammoni  o’rganish»  bosqichida  ham 

quyidagi ketma-ket vazifalar belgilanadi:  

1-vazifa:  «Muammoni  qo‘yish»  deb  atalib,  unda  ushbu  masala  bo‘yicha 

qanday  qiyinchiliklar  borligi  aniqlanadi  va  muammoning  mazmuni  tushuniladi. 

Agar  hal  qilinishi  lozim  bo‘lgan  muammo  noto‘g‘ri  tushunilsa,  hamma  bo‘lajak 

harakatlar  va  moliyaviy  xarajatlar  zoye  ketadi,  shuning  uchun  ham  muammoni 

aniq tasavvur etib olish boshlang‘ich bosqichning asosiy vazifasidir. Ko‘p hollarda 

masalani  noto‘g‘ri  aks  ettirishga  malakasizlik,  kasbiy  bilimning  kamligi, 

shuningdek,  mazkur  toifadagi  masalalarni  hal  eta  olishga  tayyor  emaslik,  hamda 

ba‘zi  bir  muammo  va  yechimlarning  «yuqoridan  tushirilganligi»  sabab  bo‘lishi 

mumkin. Muammoni qo‘yish quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi:  

1. Muammo tabiatini, undagi qiyinchilikni anglash.  

2. Muammo yechimi orqali qanday maqsadga erishish lozimligini aniqlash.  

3.  Maqsadga  erishilgan  taqdirda  qanday  belgilar,  ko‘rsatkichlar  mavjud 

bo‘lishini aniqlab olish.  


Oxirgi  natija  nimadan  iborat  bo‘lishi  kerak,  degan  savolga  javob  olinishi 

lozim.  


2-vazifa:  majburiyatlarni  taqsimlash.  Rahbar  doimo  hamma  muammolarni 

o‘zi hal eta olmaydi, shuning uchun ham bu bosqichda u ba‘zi-bir majburiyatlarni 

malakali  mutaxassis  ixtiyoriga  topshirgani  ma‘qul.  Mutaxassis,  bu  bosqichda, 

mazkur  muammo  yuzasidan  barcha  ma‘lumotlarni  yig‘ish  va  masalani  har 

tomonlama o‘rganish bilan shug‘ullanadi.  

3-vazifa: ma‘lumotlar  yig‘ish, muammoli  vaziyatning informasion  modelini 

yaratish.  Bunda  nafaqat  «o‘zining»  ma‘lumotlari,  balki,  muxoliflar,  raqobatdosh 

tomonlarning  ham  ma‘lumotini  hisobga  olish  lozim.  Ba‘zi  bir  paytda  muxoliflar, 

ular bergan ma‘lumot kamsitiladi, inkor etiladi va unga e‘tibor berilmaydi. Bu esa 

mutlaqo  xatodir.  Ma‘lumot  yig‘ishda  unga  mas‘ul  shaxs,  ushbu  muammo 

yuzasidan chuqur bilimga ega ekspertlar fikrini o‘rganishi o‘ta muhimdir.  



4-vazifa:  muammoli  vaziyatning  konseptual  modelini  yaratish,  mazkur 

muammoni bir butun,  yaxlit tarzda tushunish. Muammo bu tarzda aks ettirilganda, 

uning  avvalgi  muammolardan  farqi,  uning  yangi  jihatlari  va  yechimga  yangicha 

yondoshish zarurati anglanadi.  




Download 339,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish