1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Download 339,84 Kb.
bet28/92
Sana01.07.2021
Hajmi339,84 Kb.
#106460
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92
Bog'liq
Mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vaz-fayllar.org

Bir 

qator 

iqtisodiy 

adabiyotlar 

tahliliga  qaraganda,  pul  –  “bozor  tili” 

sifatida e‟tirof etiladi. 

Bozor iqtisodiga o‟tish sharoitida pul 

ahamiyatining  ortib  borishi  jamiyatimizda 

shakllanayotgan 

tadbirkorlik 

(mavjud 

yuridik  va  jismoniy  shaxslar)  faoliyati  va 

uning natijasi – daromadi pul bilan bog‟liq 

ekanligidadir.  Shu  bois  ham  pul  barcha 

iqtisodiy 

rivojlanish 

bosqichlarida 

kishilarni  o‟ziga  jalb  qilib  kelgan.  2 

Avstraliyalik 

K.Mengerning 

fikricha, 

Aristotel va Platondan boshlab XX asrning 

boshigacha  pul  to‟g‟risida  jahonda  besh-

olti  mingdan  ortiq  maxsus  ishlar  chop 

etilgan. 3 

 

                                                   



2.Rubinfeld I.,  Daniel L.   Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, 

a division of Macmillan, Inc. –P.-18. 

3.Charles Stangor. Introduktion to Psychology. 2011. 267 р. 


Pul  va  uning  vazifalari  to‘g‘risida,  xorijiy  qo‘llanmalarda,  pulning  kelib 

chiqish xususida quyidagi ikki xil g‘oya mavjud:  

1)rasionalistik;  

2)evolyusion. 

Rasionalistik  qarashning  yaratuvchilaridan  biri  Aristotel,  pulni  kelib 

chiqishining  asosini o‘zaro  bir-biriga  teng qiymatni harakatga  keltiruvchi biror  bir 

maxsus  ―qurol‖,  kishilar  orasida  o‘zaro  kelishuv  natijasida  qabul  qilingan  shartli 

birlikning  topilishi  ayirboshlash  jarayonining  shakllanishiga  olib  kelgan,  deb 

ta‘kidlaydi.  

Pul  motivasiya  omili  sifatida  qabul  qilinar  ekan,  moddiy  taqdirlash  ham 

ma‘lum  qonuniyatlar  asosida  amalga  oshirilgan  maqsadga  muvofiqdir. 

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maoshning oshishi – ish haqining 15-20% dan 40–

50%  gacha  bo‘lishi  ahamiyatga  molik  hisoblanadi.  Maoshni  ko‘paytirish  orqali 

xodim  faolligining  oshishi  yarim  yildan  bir  yilgacha  davom  etishi  aniqlangan. 

Shundan  so‘ng,  mehnat  motivasiyasi  yana  susaya  boshlaydi.  Maoshni  hatto  ikki 

baravar  oshirgan  taqdirda  ham  ma‘lum  vaqtdan  so‘ng  xodimning  mehnat 

motivasiya pasayadi. 

Yuqorida  ta‘kidlanganidek,  maosh  hajmi  yosh  xodimlar  uchun,  shuningdek 

mehnat  faoliyati  qaltis  va  zo‘riqish  sharoitlarida  o‘tuvchi  mutaxassislar  uchun 

kuchli  motivasiya  omili  bo‘lib  hisoblanadi.  Shu  bois,  sarflangan  kuch  va  g‘ayrat 

tezda tiklanish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. 

Ijodiy salohiyatga ega  va  mustaqil  faoliyat  yuritishga moyil xodimlar uchun 

maoshni oshirish yetakchi motivasiya omili bo‘la olmaydi. 

I.Mahmudovning fikricha, pul motivasiya kuchiga aylanishi uchun u haqiqiy 

mehnat  haqiga  aylanishi  kerak.  Buning  uchun  esa,  haq  to‘lashda  quyidagi 

talablarni hisobga olish zarur: 

a)Mutaxassislarni  ishxonada  ushlab  turish  uchun  raqobatdosh  ish  haqini 

to‘lash lozim; 

b)Haqqoniylik  tamoyiliga  amal  qilgan  holda  haqiqiy  mehnat  haqini 

ifodalovchi maoshni to‘lash kerak; 

c)Mehnat haqini bajarilgan ish natijasi, uning sifati bilan bog‘lash lozim, bu 

orqali xodim o‘z intilishlari qancha turishi haqida aniq taasavvurga ega bo‘lsin; 

d)Xodim  o‘z  harakati  va  shunga  mos  tarzdagi  moddiy  rag‘batlantirilish 

haqidagi ishonchga ega bo‘lishi kerak. 

Moddiy  rag‘batlantirishning  maoshdan  tashqari  turlicha  boshqa  shakllari 

mavjud.  Masalan,  xorijiy  ilg‘or  firmalarda  quyidagi  rag‘batlantirish  shakllari 

qo‘llaniladi: 

a)Yaxshi xodimlarning har yarim yilda maoshi oshib boradi; 

b)Tashkilotda  5,  10  va  hokazo  yillar  davomida  mehnat  qilganligi  uchun 

mukofot puli bilan taqdirlash; 

c)Yil  davomida  kasallik  varaqasi  olmagan  xodimga  restoranda  2  kishilik 

kechki ovqat uchun puli to‘langan chipta berish; 

d)Kadrlar  bo‘limi  tomonidan  xodim  zimmasida  turgan  ba‘zi  muammolarni 

hal etish. Farzandlar bilan bo‘lgan muammolar, xodimning bank qarzlarini qisman 


qoplash,  hodim  kasal  bo‘lgan  paytda  yordam  ko‘rsatish,  zarur  bo‘lgan  paytda 

bepul yuridik xizmat va hokazo; 

e)Nufuzli klinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma; 

f)Hayoti va sog‘ligini sug‘urtalash; 

g)Farzandlarini o‘quv yurtida o‘qitish uchun foizsiz pul kreditlari berish; 

h)Bolalar bog‘chasiga tashkilot tomonidan pul o‘tkazilishi; 

i)Jamoaviy garajlarni qurib berish; 

j)Firma avtomashinasidan bepul foydalanish; 

k)Shaxsiy  avtomobil remonti va  yoqilg‘isi xarajatlarini qoplash va shu kabi 

bir  qancha  imtiyozlar  xodimga  ko‘rsatiladigan  moddiy  rag‘batlantirish  turlariga 

kiradi. 

Adabiyotlar  tahliliga  qaraganda,  pul–  hamma  tovarlar  va  xizmatlar 

ayirboshlanadigan, 

umumiy  ekvivalent  bo‘lmish  maxsus  tovar,  bozor 

iqtisodiyotining,  eng  asosiy,  vositasi  bo‘lib,  pul  o‘zida  bozor  iqtisodiyoti 

munosabatlarini  gavdalantiradi  va  uning  mahsuli  ham  hisoblanadi  (3.2-rasmga 

qarang). 

3.2-rasm. 


 

V.Karimova  va  F.Akramova  larning  yozishicha,  pul  o‘z  tabiatiga  ko‘ra  uch 



xil xususiyatga ega: 

1)hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi; 

2)boylik timsoli; 

3)mehnatni qiymat shaklida o‘lchab beradigan vosita. 

Pul  munosabatlarining  amalga  oshish  evolyusiyasini  kuzatsak,  dastlab  pul 

qandaydir  muhim  tovar  (qoramol,  mo‘yna,  teri)  shaklida,  keyinchalik  kumush, 




oltin, qog‘oz pul, nihoyat XX asrning 90-yillariga kelib elektron pullar ko‘rinishida 

bo‘ldi. 

Zamonaviy  fan  tahliliga  ko‘ra,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  pul  quyidagi 

vazifalarni bajaradi: 

a)qiymat  o‘lchovi  –  mehnatni  gavdalantiradigan  tovarlar  qiymati  miqdori 

pul orqali o‘lchanadi; 

b)ayirboshlash vositasi – uning yordamida tovarlar oldi-sotdi qilinadi; 

c)xazina to‘plash va jamg‘arish vositasi – lekin buning uchun pul qadrining 

saqlanishi muhim hisoblanadi; 

d)to‘lov  vositasi – nasiyaga sotilgan  tovarlar  va  xizmatlar haqi to‘langanda 

ko‘rinadi. 

Adabiyotlar  tahliliga  ko‘ra,  pul  mazmun  va  mohiyatiga  ko‘ra  quyidagi 

toifalarga bo‘linadi: 

1)xazina biletlari; 

2)banknot-kredit pullari. 

Soha mutaxassislarining e‘tirof etishlaricha, pulni idrok etishda inson ushbu 

jihatlariga birinchi navbatda e‘tiborini qaratadi: 

a)pul rangiga; 

b) pul rasmining mazmuni va ma‘nosiga; 

c)pulda ifodalangan davlat rahbarining yuz qiyofasi va nufuziga;  

d)qiymatni aniq berilganlik xususiyatlariga. 

Pul  muomalasi  metall  tangalar  va  qog‘oz  pullar,  naqd  va  naqd  bo‘lmagan 

ko‘rinishlar  orqali  amalga  oshiriladi. Naqd  pul bankdan  muomalaga  chiqarilgach, 

korxona,  tashkilotlar  kassasiga  va  aholi  qo‘liga  o‘tsa,  naqd  bo‘lmagan  pullar 

muomalaga chek, kredit kartochkasi, veksel, sertifikat, obligasiya harakati shaklida 

amalga oshadi.  

Pulning  aylanma  harakati  qanchalik  tez  sodir  bo‘lsa,  iqtisodiyot  shunchalik 

yaxshi rivojlanadi. Lekin aholi qo‘lida pulning to‘planishi, pul harakatidagi uzilish 

bo‘lishi xo‘jalik aloqalarida ayrim uzilishga olib keladi. Shu o‘rinda mamlakatdagi 

pulning infilyasiyasi (qadri), ya‘ni pulning tovar va xizmatlarni xarid etish va chet 

el  valyutalariga  almasha  olish  qobiliyati  haqida  fikr  bildirish  o‘rinlidir.  Pul 

qanchalik  qadrli  bo‘lsa,  u  shunchalik  boshqa  valyutaga  erkin  almashtiriladi  va 

uning valyuta kursi shunchalik yuqori bo‘ladi. 

Tadbirkorlik  faoliyatidagi  asosiy  motiv,  ya‘ni  uning  maqsadi  pul  topish, 

jamg‘arish va  foyda topish  yo‘lida sarflash  bo‘lgani uchun ham  keyingi mavzuda 

pul muomalasining psixologik jihatlari xususida to‘xtalib o‘tamiz. 

Albatta,  jamoa  rahbari  va  lider  bir  shaxsda  ifodalanishi  ayni  muddao 

hisoblanadi  hamda  rasmiy  rahbar  iloji  boricha  tashkilot  maqsadlarini  xodimlar 

manfaati  bilan  uyg‘unlashtirgan  holda  boshqaruv  jarayonini  tashkil  etishi  lozim. 




Aynan  shu  omil,  ayniqsa,  kasb  sohasidagi  yuqori  malaka  rahbarni  liderlik 

darajasiga ko‘tarilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

 


 


Download 339,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish