1.2. Bojxona munosabatlarining rivojlanish tarixi - Akademik B.Ahmedovning fikriga ko’ra bojxona organlari bunday tizimning bir qismi sifatida Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan boshlab mavjud bo’lgan. Chunki ko’p ming yillab Sharqni G’arb bilan bog’lagan Buyuk Ipak yo’li Markaziy Osiyo hududidan o’tgan. O’rta dengizdagi Suriyaning Antioxiya (yoki Antaliya) porti uzoq vaqt Ispaniya, Portugaliya, Venetsiyadan tovarlarni tashuvchi kemalarga xizmat qilgan. Bu kemalar Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoy va Yaponiyaga yo’l olganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |