1.3. Bojxona munosabatlarida qo’llaniladigan asosiy atamalar va tushunchalar - Bojxona tushunchasi turk xalqlarining «tamg’a» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, xonning moli, mol-mulkiga qo’yiladigan belgi, tamg’a, muhrni anglatgan. Keyinroq xonning yorliqlari yig’im olingandan keyin berila boshlangan va u «tamg’a» deb atalgan. U mohiyatan bozorlar va yarmarkalarda savdo qilishda undiriladigan boj edi. «Tamg’a» so’zidan boj olingan tovarga «tamg’a bosish» («tamjit») fe’li kelib chiqqan. Muhr bosgan odam bojxonachi, muhrdor, muhr bosilgan joy esa bojxona (tamojnya) deb atala boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |