1-Мавзу бўйича саволлар тўплами


Axborot uzatish nazariyasi



Download 0,98 Mb.
bet8/28
Sana03.03.2022
Hajmi0,98 Mb.
#481621
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
1-Ìàâçó á¢éè÷à ñàâîëëàð ò¢ïëàìè

Axborot uzatish nazariyasi


Klod Shannon shovqin bilan kurashish usullarini kashf etgan, uzatilayotgan ma'lumotlarni kodlashning maxsus nazariyasining muallifidir. Ushbu nazariyaning asosiy g'oyalaridan biri axborot uzatish liniyalari bo'ylab uzatiladigan raqamli kodni ko'paytirish zarurati. Agar kodni yuborish paytida uning bir qismi yo'qolsa, bu sizga yo'qotishni qaytarishga imkon beradi. Bunday kodlar (raqamli ma'lumot signallari) shovqin immuniteti deb ataladi. Ammo kodni qaytarib berishni haddan tashqari ko'p darajaga etkazish mumkin emas. Bu ma'lumotlarning uzatilishi kechikishiga, shuningdek aloqa tizimlarining narxiga olib keladi.

Sun'iy yo'ldosh


Sun'iy yo'ldosh tizimlari har qanday er stantsiyalaridan radio signallarini qabul qilish uchun ishlatiladigan va so'ngra boshqa yer stantsiyalariga qayta yuboriladigan maxsus mikroto'lqinli chastotali antennalardan foydalanishni ta'minlaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday tarmoqlar o'rta yoki past darajada joylashgan uchta asosiy yo'ldosh turlarini, shuningdek geostatsionar orbitalarni ishlatishni ta'minlaydi. Aksariyat holatlarda, sun'iy yo'ldoshlarni guruhlarga ajratish odatiy holdir, chunki ularning yordami bilan bir-biridan tarqalib, sayyoramizning butun yuzasi qoplanadi.
IS-95 standartidan so’ng yangi CDMA 2000 standarti ishlab chiqildi. CDMA 2000 ko’rinishidagi yangi texnologiyalardan tashkil topgan tarmoqni qurish ishlari keng miqyosda qurila boshlandi. CDMA 2000 standartining bir qancha imkoniyatlari va boshqa standartlardan afzalliklari ko’p edi.
CDMA 2000 standarti asosida yangi CDMA 2000 1x Ev-DO standarti ishlab chiqilgandan so’ng aloqa sohasida yangi.sifatli aloqa bilan va yuqori tezlikdagi ma’lumotlarni uzatish imkoniyatlariga ega bo’lgan, aholini keng miqyosda aloqa bilan ta’minlay olish imkoniyatlari yuzaga keldi. GSM standarti bilan solishtirganda CDMA standartining bir qancha afzalliklari va qulayliklari mavjud.
CDMA STANDARTI XUSUSIYATLARI 
CDMA ( ingl. Code Division Multiple Access – kodli ajratishli ko’p tomonlama ulanish ) –bu uzatish kanallari umumiy chastotalar polosasiga, lekin turli kodli modulyatsiyaga ega bo’lgan radio aloqa hisoblanadi.
Radiotizimlar uchun ikkita asosiy chastota va vaqt resurslari mavjud. Qabullagichlar va uzatkichlarni chastotalar bo’yicha juftlarga bo’linganida, har juftda butun ulanish vaqtida spektrning qismi ajralsa, bu FDMA ( Frequency Division Multiple Access ) deyiladi.Vaqt bo’yicha bo’lganida har bir qabullagich uzatgich jufligida ajratilgan vaqt bo’lagida butun spektr ( yoki uning katta qismi ) ajratilsa, bu TDMA ( Time Division Multiple Access ) deyiladi. CDMA da har bir tugun uchun butun chastotalar spektri va butun vaqt ajratiladi. CDMA bog’lanishlarini identifikatsiyalash uchun maxsus kodlardan foydalanadi. Bunday muhitni bo’lish usulida trafik kanallari yagona keng chastotali diapazonda boshqa o’xshash uzatkichlar uchun umumiy kanalda uzatiladigan shovqinga o’xshash signal bo’lgan keng polosali kodli-modulyatsiyalangan radiosignalni qo’llash orqali yaratiladi. Bir necha uzatkichlarning ishlash natijasida bu chastota diapazonida efir yagona shovqinga o’xshash bo’lib qoladi. Har bir uzatkich bu vaqtda har bir foydalanuvchiga tayinlangan alohida sonli kodni qo’llanishli signalni modulatsiyalaydi, bunga o’xshash ( analog ) kodga sozlangan umumiy radiosignallardan bu qabullagichga mo’ljallangan signal qismini ajratib oladi. Yaqqol ko’rinishda kanallarni chastotali va vaqtli ajratish yo’q, har bir abonent butun chastota diapazoniga signallarni uzatish va butun chastota diapazonidan signalni qabul qilish bilan har doim butun kanal kengligidan foydalanadi. Bunda keng polosali qabul qilish va uzatish kanallari turli chastotalar diapazonlarida bo’ladi va bir birlariga halaqit qilmaydi. Bitta kanalning chastotalar polosasi juda katta, abonentlar uzatishlari ustma-ust tushadi, lekin ularning signalni modulyatsiyalash kodlari farqlanishi sababli ular qabullagich apparatli dasturiy vositalar bilan differensiallanishi mumkin.
Kodli modulyatsiyalashda ko’p tomonlama ulanishli spektrni kengaytirish texnikasi qo’llaniladi.
U signal quvvatini o’zgarmas bo’lganida o’tkazish qobiliyatini oshirish imkoniyatini beradi. Uzatiladigan ma’lumotlar bit bo’yicha o’zaro inkor qiluvchi Yoki operatsiyasidan foydalanib tezkor shovqinga o’xshash psevdo tasodifiy signal bilan kombinatsiyalanadi.
Ko’p tomonlama ulanish tushunchasi ko’plab foydalanuvchilar orqali spektrning cheklangan oralig’ini qo’shma ishlatishni tashkil etishga bog’liq. CCC ga ko’p tomonlama kira olishning uchta chastotaviy, vaqtli va kanallarni kodli ajratishli variantlari mavjud.
CDMA usulida foydalanuvchilar katta guruhi ( masalan, 30 dan 50 gacha ) bir vaqtda umumiy nisbiy chastotalar polosasidan foydalanadi ( 1 MGs dan katta bo’lmagan). Bunday muhitni ajratish usulida trafik kanallari har bir foydalanuvchga butun chastotalar kengligi bo’yicha tarqaladigan alohida kodni tayinlash orqali yaratiladi. Bu holda vaqtli ajratish bo’lmaydi va barcha abonentlar doimo kanalning butun kengligidan foydalanadi. Abonentlarning so’zlashuvlari bir birlariga yuklanadi, lekin ularning kodlari farqlanishi sababli oson differensiallanishi mumkin. TDMA usuli kabi CDMA usuli faqat raqamli shaklda ishlatiladi.
Usulning asosiy prinsiplari fizik kanallarni kodli ajratishli bilan birga modulyatsiya hisobiga spektrni kengaytirish hisoblanadi va CDMA usulining umumiy quyidagi afzalliklarini aniqlaydi: 

  • yuqori halaqitbardoshlik; 

  • ko’p kodli tarqalishlar sharoitlariga yaxshi moslashuvchanlik

  • tizimning yuqori sig’imi. 

CDMA da signallar sathlarini rostlash, BS ga sektorli antennalarning qo’llanilishi va ,, nutqli faollik “ prinsipidan foydalanish ( stansiya faqat abonent so’zlaganida nurlantiradi, nutq pauzalarida nurlantirmaydi ), mavjud resurslar chegarasida harakatdagi aloqa kanallarining sonini o’zgartirish amalda eng kam ruxsat etiladigan signal/shovqin nisbatini ishlatilishiga, ya’ni eng katta o’tkazish qobiliyati va tizimning sig’imini olishga imkon beradi. Bu CDMA texnik o’ziga xos xususiyati usulining yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Boshqa tomondan ularning ishlatilishi yetarlicha murakkab.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish