Yakka xususiy mulk — bu yakka shaxsning mulki, shu mulkka asoslangan korxona yakka shaxsga tegishli korxona hisoblanadi. Ayrim mulkdorga qarashli, lekin ishchilarni yollab ishlatadigan yoki mulkdorning shaxsan o`zi va oila a`zolari ishlaydigan korxonalar ham bo`ladi.
Guruhiy — korporativ xususiy mulk — bu ma`lum maqsadni ko`zlab, o`zaro birlashgan mulk sohiblarining xususiy mulki. Bu mulkni har bir sohib alohida emas, balki birgalikda o`zlashtiradi. Uning namunasi korporatsiyalar bo`lib, ular amalda hissadorlar jamiyati shaklida faoliyat ko`rsatadi. Bunday tadbirkorlik ishi korporatsiya doirasida amalga oshadi.
Tadbirkorlik jamoa mulkiga ham asoslanadi. Bu mulk jamoaga birlashgan kishilaming umumiy mulki hisoblanadi. Jamoaga kiruvchilar uning mulkiga o`z hissasini qo`shishi shart. Bu yerda ham hissadorlik qoidasi bor, ammo aksiyadorlikdan farqi shuki, mulk sohibi jamoa tarkibida ishlashi shart. Bunga misol qilib, kooperativlarni, mahalla va jamoa xo`jaliklarini olish mumkin.
Davlat mulki davlatning vazifalarini bajarishga xizmat qiluvchi mulk, davlat korxonalari va tashkilotlarining mol-mulkidan iborat. Davlat unitar korxonalari ham tadbirkorlik bilan shug`ullanib, foyda ko`radilar.
Biznesda ishbilarmonlikning foydasiga doir mulohazalar
Bir vaqtlar «... agar inson mukammalroq sichqon ushlagichni yaratgan bo`lsa, dunyo uning ostonasiga yo`l topadi», deb aytilgan edi. Bozor iqtisodiyotida tasavvur, energiyaga ega bo`lgan va boshqalardan ko`ra, o`z ishini yaxshiroq bajarishni yoki xizmatlarni taklif etishni istagan har bir inson uchun foyda, e`tirof va xizmatlarga erishishga «oltin imkoniyatlar» ochiladi. Erkin tadbirkorlik tizimining asl mohiyati — raqobat borligidadir. Aynan raqobat, o`z ishini shundoq ham yaxshi bajarayotganlarni «zafar gashtini surish» o`rniga, yana ham astoydil mehnat qilishga majbur qiladi.
Raqobat iste`molchiga tanlash imkoniyatini berib, yakuniy natijada uning yashash darajasi oshishini ta`minlaydi. Xaridor o`z puliga qimmatliroq tovarlar yoki sifati yuqoriroq xizmatlar olish uchun do`konga keladi. Sotib olish amalga oshirilayotganda, to`lanadigan pul tanlab olingan tovar yoki xizmat foydasiga «ovoz beradi». «Pul bilan ovoz berayotgan» iste`molchilardan yetarlicha ko`mak (sotib olinish yo`li bilan) olmagan tovarlar, do`konlar, xizmatlar tez orada g`oyib bo`lishadi.
Muvaffaqiyatga erishishga intiladigan ishbilarmon odamlarning ishi aynan ko`rsatiladigan xizmatlar doirasi oz-moz kengroq, ishlab chiqariladigan tovar ozgina yaxshiroq bo`lishini ta`minlash yoki qaysidir boshqa yo`l bilan ularning raqobat afzalliklarini yaxshilashdan iboratdir. Har yili ko`pgina korxonalar kasodga uchraydi, lekin ko`plari muvaffaqiyatga erishadiku! Muvaffaqiyatga erishadiganlar esa, hududida faoliyat yuritilayotgan jamoa ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko`zlagan tarzda xizmatlar ko`rsatadi yoki sotuvga tovarlar taqdim etishadi. Agarda korxona bundan buyon uni qo`llab-quvvatlashga yetarli bo`lgan miqdordagi aholi ehtiyojlarini qondira olmasa, unda bunday korxona kasodga uchraydi.
Aholining soni oshib borgan sari, yangi korxonalarga ehtiyoj paydo bo`ladi. Bor korxonalar yangi ehtiyojlarni qondirish uchun kengayishga imkonlari yo`q yoki buni xohlashmaydi, undan tashqari, aholi jamlangan yangi markazlar paydo bo`lishi bilan yangi joylarda korxonalar barpo bo`lishiga zarurat tug`iladi. Har yili bir necha million chaqaloqlar tug`iladi va «bu chaqaloqlar — katta biznes». Ular ulg`ayib o`smirlar, talabalar, ishchilar, menejerlar va ertangi kun iste`molchilari bo`lishadi. Hattoki, o`limlarni hisobga olganda ham, aholining yillik sof o`sishi ancha yuqori!
Raqobatga muvaffaqiyatli qarshilik ko`rsatish uchun biznesmen eng yaxshi menejer bo`lishi yoki eng katta do`konni ushlashi lozim emas. Hamma narsa ancha nisbiy. Agarda erkak yoki ayol o`sib borayotgan jamoa uchun yangi do`konga ehtiyoj borligini ko`rishsa va shu yo`nalishda boshqalardan oldinroq harakat qilishni boshlashsa, ular raqobat kurashida sezilarli afzallikka ega bo`lishadi. Agar korxonaning joylashishi qulay joyda tanlangan bo`lsa, tez orada ular o`z atrofida boshqa savdo maskanlarini topadi, lekin shu holatda ham, qo`shnilar farq qiladigan tovarlar va xizmatlarni taklif etsa, ular to`g`ridan to`g`ri raqobatga duch kelmasliklari mumkin, natijada korxona o`sishni davom ettiradi.
0`z qobiliyatlarini ro`yobga chiqarish va kalondimog’liklarini qondirish uchun tasavvur va birmuncha jasoratga ega bo`lgan har qanday odam, odatda, agar hayotida yaxshi biznes uchun tavakkal qilishga loyiq darajaga yetishgan bo`Isa, biznesda muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini tushunish muhimdir. Bu odam asos bo`ladigan ta`lim olishi, ko`nikmalar va bilimga ega bo`lishi hamda biznesda omadsizlikka uchrash ehtimolini kamaytirish uchun ma`lum darajada yetuklikka erishmog`i lozim. Har qanday biznes — bu tavakkalchilik. Yaxshi ta`lim, tajriba va sog`lom fikrlash bor bo`lsa, omadsizlikka uchrash ehtimoli sezilarli darajada kamayadi.
Omad unsuri har qanday biznesda mavjud. Ayrim tadbirkorlar ancha omadli. Lekin siz faqatgina omadga tayanmashgingiz kerak!
NAZORAT SAVOLLARI
Tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni qanday?
“Biznes” va “biznesmen” so`zlarining iqtisodiy talqini nimadan iborat?
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qanday shart-sharoitlar talab etiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |