1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Yapon agressiyasining boshlanishi



Download 26,45 Kb.
bet4/5
Sana30.03.2022
Hajmi26,45 Kb.
#517931
1   2   3   4   5
Bog'liq
1(1)

Yapon agressiyasining boshlanishi.

1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Yaponiyaning Xitoyni bosib olishga, umuman olganda harbiy avantyuralar yo‘li bilan inqirozdan chiqish, Uzoq Sharqda ko‘plab hududlarni va Osiyo mamlakatlarini o‘z mustamlakalariga aylantirishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirdi. Bu rejani amalga oshirishdagi birinchi qadam Shimoli-Sharqiy Xitoyni (Manchjuriyani) yapon bosqinchilari tomonidan bosib olish bo‘ldi.
1931 yil 18 sentabrda Yapon qo‘shinlari butun Shimoli-Sharqiy Xitoyni okko`patsiya qilishni boshladilar. Gomindan qo‘shinlari Chan Kayshining buyruqiga binoan qarshilik ko‘rsatmay chekindilar. Bosqinchilarga qarshi kurashning asosiy og‘irligi xalq ommasi zimmasiga tushdi, ko‘p o‘tmay partizanlik harakati boshlanib ketdi.
AQSH, Angliya va Fransiya hukmron doiralari o‘z mustamlakachilik manfaatlarini ko‘zlab yapon agressiyasiga qarshilik ko‘rsatmadilar. Ular Yaponiya Shimoli-Sharqiy Xitoyni bosib olgandan so‘ng sobiq SSSRga urush boshlaydi deb o‘ylar, bundan tashqari yapon bosqinchilari qo‘li bilan Xitoydagi inqilobiy harakatni bostirish va shu yo‘l bilan Xitoyda mustamlakachilik siyosatini olib borish uchun qulay sharoit ta’minlanishini mo‘ljallagan edilar. Yaponlar 3 oy ichida mamlakatning Shimoli-Sharqiy provinsiyalarini bosib olib, bu yerda 1 mln.kv.km.dan ziyod maydonga ega bo‘lgan qo‘g‘irchoq davlat tuzdilar. Yapon bosqinchilari bu qo‘g‘irchoq davlat hukmdorligiga Sinxay inqilobi davrida ag‘darib tashlangan manjurlar sulolasi so‘nggi imperatori Pu I ni qo‘ydilar. Yapon militaristlari sobiq SSSRga (1938 yili Xasan ko‘li yonida) va MXRga (1939 yili Xalxin-Gol daryosi yonida) qarshi dushmanlik harakatlari platsdarmiga aylantirishdi.
AQSH, Angliya va Fransiyaning qo‘yib berish siyosati yapon hukmron doiralarini Xitoydagi agressiyani kengaytirish yo‘lini rag‘batlantirdi. 1932 yilning yanvarida yapon qo‘shinlari mamlakatning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazi Shanxayni egallab olishga urunib ko‘rdilar. Chan Kayshi taslimchilik yo‘lini tutib, Shanxayda joylashgan 19-armiyaga yaponlarga qarshilik ko‘rsatmaslik to‘g‘risida buyruq beradi. Lekin bu armiyaning askar va zobitlari Shanxay aholisining vatanparvarlik kayfiyatidagi qatlamlar ta’siri ostida bu buyruqqa bo‘ysunmay, ko‘ngillilar otryadlari bilan birga shahar mudofaasini tashkil qildilar. Janglar 2 oy davom etdi va yapon agressorlari Shanxayni bosib ololmadilar.
Shanxayda zarbaga uchragan yapon bosqinchilari Xitoyning shimolida yangidan hujumni avj oldirdilar. Chan Kayshi hukumatining taslimchilik siyosati Nankin hukumati bilan Yaponiya o‘rtasida 1933 va 1935 yillarda tuzilgan ikki bitimda yaqqol namoyon bo‘lgan edi. Zero, ularga ko‘ra Shimoliy Xitoy provinsiyalari amalda Yaponiya ta’sir doirasiga aylanib qoldi.
Yaponiyaning Xitoyga qarshi urushi Xitoy xalqining ozodlik kurashida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu urush yaponlarga qarshi vatanparvarlik chiqishlarining yangi to‘lqinini qo‘zg‘atdi. Bunda tashqi agressiyaga qarshi kurash asosiy markazga qo‘yildi. Ajnabiylar hukmronligiga qarshi ozodlik kurashi bilan xorijiy kompaniyalarning ijtimoiy istibdodiga va xorijiy agressiyaga qarshi kurash yagona oqimga birlashdi.
Gomindan rahbariyatining yapon agressiyasiga qarshi kurashdan bosh tortayotganini ko‘rgan XKP o‘z qizil armiyasini janubdan shimolga o‘tkazishdek dadil qaror qabul qildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – yaponlar hujumini jadal rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. 1934-1935 yillarda XKPning qurolli kuchlari shimolga yurishni amalga oshirdi. Ularning soni 300 ming kishiga etardi, lekin bu qurolli kuchlar doimiy ravishda o‘zlarini ta’qib qilayotgan gomindanchilarning hujumlarini qaytarishga majbur bo‘ldi. Gomindanchilar bilan bo‘lgan janglar davomida Shensi provinsiyasi tomon 3 ming km.lik mashaqqatli yo‘l bosib o‘tildi, natijada XKPning 300 minglik qo‘shinidan 30 mingi omon qoldi.
XKP Shensi provinsiyasida o‘rnashib olgach, Xitoy xalqining yapon agressorlariga qarshi kurashiga rahbarlik qildi. XKP uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan fuqarolar urushni to‘xtatish va yapon agressiyasiga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga chaqirib, Gomindan rahbariyatiga murojaat qildi. Biroq Chan Kayshi bu chaqiriqlarga doimiy tarzda rad etish bilan javob berdi va buning ustiga 1936 yil dekabrida Shensi poytaxti – Sian shahrida qizil armiyaga qarshi yangi hujum boshlashga harakat qildi.
Bunday sotqinlikdan xatto Siandagi Gomindan qo‘shinlari junbushga kelib isyon ko‘tardilar va Chan Kayshini qamoqqa oldilar. Ular Gomindan hukumatini qayta tashkil etilishini, fuqarolar urushini batamom to‘xtatilishini, Sun Yatsen vasiyatlari bajarilishini va Vatanni qutqarish konferensiyasi chaqirilishini talab qilishdi. Faqatgina Sianga etib kelgan XKP vakili, Mao Szedunning o‘rinbosari Chjou Enlayning aralashuvi Chan Kayshini sotqinligi uchun jazodan saqlab qoldi. Chjou Enlay bilan muzokaralar natijasida Chan Kayshi fuqarolar urushini to‘xtatish va yapon bosqinchiligiga qarshilikni tashkil etish talabini qabul qildi.



  1. Download 26,45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish