“BUMERANG” TEXNOLOGIYASI
1-KICHIK GURUH
VAZIFA
Antropogenezni harakatlantiruvchi omillar
Odamning paydo bo’lishi – antropogenezda rol o’ynagan omillar nimalardan iborat? – degan savol tug’ilishi
tabiiy. Darvin o’z davrida organik olam evolyutsiyasining asosiy omillari irsiyat, o’zgaruvchanlik, yashash uchun
kurash, tabiiy tanlanishlarni odam evolyutsiyasiga tatbiq etish mumkinligini ko’rsatib o’tgan. Lekin odamning paydo
bo’lishida biologik omillar katta ahamiyatga ega bo’lsada, biroq ularning o’zi bilan antropogenezni tushuntirish uchun
yetarli emas. Bu jaayonda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham muhim rol o’ynagan.
Maymunlar birdaniga tik yura boshlagan emaslar. Atrof-muhitning o’zgarishi – o’rmon sharoitidan ochiq yerda
yashashga o’tish tufayli ayrim maymunlarda paydo bo’lgan mutasion o’zgaruvchanlik – tik yurishga birmuncha
layoqatli bo’lish, yashash uchun kurash, tabiiy tablanish orqali million yillar mobaynida saqlanib, takomillashib borgan.
Tik yurish natijasida odamsimon maymunlarning harakatlanish darajasi cheklanib qolgan. Dumg’aza suyaklari birlashib
harakatlanmaydigan holga o’tgan. Bu esa tug’ishni birmuncha qiyinlashtirgan bo’lsa-da, biroq tik yurishga o’tish
odamsimon maymunlarda uzoqdan xavf-xatarni ko’ra bilish, qurol ushlashga xizmat qiluvchi qo’llarning ozod bo’lishiga
imkon yaratgan.
Odam shakllana boshlashi jarayonida uning qo’li dastlab yaxshi rivojlanmagan bo’lib, faqat oddiy harakatlarni
bajargan, xolos.
Mutasion o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli mehnat operatsiyalari uchun foydali
bo’lgan qo’llari o’zgargan indvidlar saqlanib borgan. Dastlabki odamsimon maymunlar tayyor narsalardan qurol sifatida
foydalanibgina qolmay, balki ularning o’zlari tayyorlay boshlagunlaricha million yillar kerak bo’lgan. Mehnat
qurollarini yasash odam qo’lini tobora maymun qo’lidan farq qilishga olib kelgan va odamning tashqi muhitga bo’lan
tobeligini yengillashtirgan. Qisqacha qilib aytganda odamni mehnat yaratgan.
Maymunning odamga aylanish jarayonida jamoa bo’lib yashash ham muhim ahamiyat kasb etgan. Har qanday
qurolga ega bo’lgan ayrim individ yirtqich hayvonlar hujumiga bardosh bera olmas edi. Shu sababli eng qaimgi va
qadimgi oadamlar jamoa bo’lib yashay boshlaganlar. Shu yo’sinda ular yirtqich hayvonlardan himoyalanganlar, ov
qilganlar, yosh bolalarni tarbiyalaganlar. Jamoaning kattalari yosh a’zolarini qurol yasash, ov qilish usullari, olovni
saqlash, yemishli o’simlik va hayvonlarni qidirib topishga o’rgatganlar.
Qadimgi odamlarda ibtidoiy-ijtimoiy munosabatlar, chunonchi yaralangan va kasal odamlarga g’amxo’rlik
qilish, o’lganlarni ko’mish paydo bo’lgan. Ular 50-100 kishi bo’lib yashaganlar. Jamoa bo’lib yashash katta ahamiyatga
ega bo’lgan. Yashash uchun kurashda dovyurak, yaxshi ov qiladigan, oziq bilan o’zini ta’minlay olgan, bir-biriga
g’amxo’rlik qilgan, bolalar va keksalar o’limi kamroq bo’lishini, yashash sharoitining noqulayliklarini bartaraf eta olgan
jamoalar saqlanib, boshqa jamoalar qirila boshlagan.
Mehnat jarayonining rivojlanish bilan o’zaro ko’maklashish foydali ekanligi tobora oydinlasha borgan. Atrof
muhitni umuman tabiatni bilish bo’yicha to’plangan tajriba avloddan-avlodga berilib, takomillashib brogan. Jamoa
bo’lib yashash odamlarni bir-biri bilan tvush, imo-ishora va mimika orqali munosabatda bo’lish imkonini bergan. Bora-
bora maymunlarning rivojlanmagan hiqildog’i va og’iz apparati irsiy o’zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish natijasida
odamning nutq organiga aylangan.
Yuksak hayvonlar va odamlar tashqi predmet va hodisalarni ko’rish, eshitish va boshqa sezgi organlarining
bevosita ishtirokida ta’sirlanishi orqali javob berishi mumkinligini sizlar “Odam va uning salomatligi” o’quv
predmetidan bilasiz. Yuksak hayvonlarda farqli ravishda odamda ikkinchi signal sistemasi rivojlangan. Odam tashqi
signallarni so’z orqali qabul qiladi. Bu odam va hayvonlar oliy nerv faoliyatining sifat jihatdan farq qiluvchi belgisidir.
Nutq, birgalikda mehnat qilish tufayli odamlarning bir-biriga ta’sir ko’rsatishi kuchaygan ijtimoiy munosabatlar
rivojlangan. Odamni paydo bo’lishi jarayonida olovdan foydalanib, pishirilgan ovqatni iste’mol qilish ham muhim rol
o’ynagan. Ovchilik bilan shug’ullanish, baliq ovlash faqat o’simliklar bilangina emas, balki aralash ovqatlanishga ham
inkon bergan. Bu esa o’z-o’zisan ichaklarning qisqarishiga sababchi bo’lgan. Olovda pishirilgan oziqni ming yillar
mobaynida iste’mol qilish bora-bora chaynash apparatiga bo’lgan og’irlikni yengillashtirgan. Oqibatda maymunlarning
baquvvat chaynash muskullari birikadigan tepa suyagining qirrasi o’zining biologik ahamiyatini yo’qotgan.
Odam evolyutsiyasining dastlabki bosqichida yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish muhim rol o’ynagan va
tashqi muhitga moslashganlari yashab, moslashmaganlari qirilib ketgan. Odamning keyingi tarixiy rivojlanish
bosqichlarida ong, nutq paydo bo’lishi bilan fan, texnika, madaniyat, axborotlarni o’zlashtira borish, ularning tabiiy
tanlanish nazoratidan chiqishga, jamiyatga bog’liq bo’lishiga olib kelgan. Binobarin, inson bir vaqtning o’zida ham
biologik, ham ijtimoiy omillar ta’sirida rivojlangan.
Olovdan foydalanish ajdodlarimizga sovuqdan va yirtqich
hayvonlardan himoyalanishga va sovuq o’lkalarga tarqalishiga imkon yaratgan. Natijada ajdodlarimiz tabiatda o’sgan
oziq bo’ladigan o’simliklarni yig’ish, ov qilish, baliq ovlash bilan chegaralanibgina qolmay, balki ibtidoiy dehqonchilik
hamda chorvachilik bilan ham shug’ullana boshlagan. Bosh miyaning, tafakkurning rivojlanishi mehnat va nutqning
takomillashuviga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |