Bog'liq Biologiyadan yangi ped texnol. ishlanmalarnkji
Mitoz bo’linish. Hujayraning mitotik sikli interfaza va mitozdan iborat. Hujayraning bir mitozdan ikkinchi mitozga bo’lgan
rivojlanish bosqichi interfaza deyiladi. Interfaza go’yo hujayraning tinim holatidek ko’rinsada, aslida unda juda katta hayotiy jarayonlar ro’y
beradi. Birinchidan hujayra o’sib kattalashadi. Ikkinchidan unda oqsillar, uglevodlar, yog’lar zahirasi to’planadi, fermentlar faolligi ortadi.
RNKlar hosil bo’ladi. Uchinchidan DNK molekulasi ikki hissa ko’payadi.
Interfaza bosqichidan so’ng, mitoz bo’linish boshlanadi. U to’rtta profaza, metafaza, anafaza, telofazadan tashkil topadi. Profazada
hujayra yadrosi kattalashadi. Unda xromatidalar paydo bo’lib spirallashadi. Yadro qobig’i parchalanib, xromatidalar sentromeralar orqali
birlashgan bo’ladi. Sentriolalar bo’linib hujayra qutblari tomon yo’naladi. Yadrochalar yo’qolib ketadi. Axramatin ipchalar shakllanadi.
Metafazada xromosomalar hujayra markaziga to’planadilar. Har bir xromosomaning sentromeri axramatin ipiga birikadi.
Anafazada xromatidalarni birlashtirib turuvchi sentromeralar bo’linib, xromatidalar bir-biridan ajralib ketadi qutblar tomon
yo’naladi.
Telofazada xromosomalar ikki qutbga to’planib spirallari yoyila boshlab ingichkalashib ketadi va ikkita yadro hosil bo’ladi.
Sitoplazma ikkiga ajralib o’rtasida plazmatik membrana shakllanadi.
Shunday qilib mitoz bo’linish yadroning (kariokinez) va sitoplazma bo’linishi sitokinezdan tashkil topadi. Ayrim holatlarda sitokinez
kuzatilmaydi, oqibatda ko’p yadroli hujayralar hosil bo’ladi.
Mitoz bo’linishda xromosomalarning diploid to’plami saqlanadi. Mitoz bir va ko’p hujayralarning jinssiz ko’payish meyoz asosini
tashkil etadi. Meyoz bo’linish mitozdan farq qilib ikki marotaba bo’linishdan iborat. Uning birinchi bo’linish fazalari oldiga rim raqami I,
ikkinchi bo’linish fazalarining oldiga II raqam yoziladi. Meyoz ham mitoz kabi interfazadan boshlanadi. Interfazada DNK molekulasi ikki
hissa ortishi hisobiga xromatidalar ham ikki karra ko’payadi. Interfazadan so’ng meyozning birinchi bo’linishi sodir bo’ladi. U nisbatan
murakkab, uzoq muddatli.
I profazada ikkita xromatidadan tuzilgan har bir xromosoma spirallashib yo’g’onlashib kattalashadi. So’ngra urg’ochi va erkakdan
o’tgan gomologik xromosomalar uchlari bilan bir-biriga yaqinlashadilar va yonma-yonlashib o’zaro birikib xromosomalar tetradasini hosil
qiladilar. Gomologik xromosomalarning o’zaro juftlashgan qismlarining chalkashuvi oqibatida xromatidalarning ayrim qismlar almashishlari
mumkin. Buni krossingover hodisasi deyiladi. Qayd etilgan jarayonlardan tashqari 1 profazada yadro qobig’I parchalanadi, yadrochalar
yo’qoladi. Sentriolalar ikki qutbga yo’naladilar.
I metafazada xromatidalar juft-juft holatda hujayraning markaziy qismida to’planadilar.
I.Anafazada juft-juft xromatidalar o’z sentromeralarini saqlagan holda ikki qutb tomon harakatlanadilar.
I.Telofazada xromosomalar soni ikki marta kamaygan hujayralar hosil bo’ladi.
Birinchi meyoz bilan ikkinchi meyoz oralig’i qisqa bo’lib uni interkinez deyiladi. Interkinezda DNK ikki hissa ortishi ro’y bermaydi.
II.Profazada xromatidalar spirallashadi yadro qobig’i parchalanadi. Yadrocha yo’qolib, bo’linish urchig’i hosil bo’ladi.
II.Metafazada juft-juft holatdagi xromatidalar hujayra markaziga joylashadi.
II.Anafazada sentromeralarni bo’linishi tufayli xromatidalar bir-birida ajralib alohida-alohida xromosomalarga aylanadi va ikki qutb
tomon harakatlanadi.
II.Telofazada meyozning birinchi bo’linishida hosil bo’lgan har bir hujayra ikkiga bo’linadi. Shunday qilib meyoz bo’linish
mobaynida har bir diploid to’plamli hujayra ketma-ket ikki marta bo’linishi natijasida 4 ta gaploid xromosoma to’plamiga ega jinsiy hujayralar
– gametalar rivojlanadi.