c) Odam va odamsimon maymunlar gavda tuzilishidagi o’xshashlik va farqlar. Odamsimon maymunlar bilan odam skeleti va
ichki organlar tuzilishida o’xshashliklar nihoyatda ko’p. Ularning har ikkisida 12-13 juft qovurg’alar, 5-6 ta dumg’aza umurtqasi bor. Qoziq,
jag’ tishlarining soni ham bir xil. Odamsimon maymunlarda va odamda dum bo’lmaydi. Ular orqa oyoqlarida yuradilar. Odamdagi quloq,
ko’z, terining tuzilishi odamsimon maymunlarning ana shu organlari tuzilishiga yaqin. Odam uchun xos to’rtta qon guruhi gorilla, shimpanze,
orangutanlarda ham uchraydi. Xromosomalar tashqi ko’rinishi bo’yicha o’xshashlik ham aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |