1.Texnik va badiiy modellashtirish umumiy jarayon
Sanoat - texnik maxsulotlarning badiiy jixatdan maqsadga muofiqligi, ularga estetik tus berish- olimlar, injenerlar ishlab chiqarish xodimlarining muhim vazifasidir. qo‘lay va chiroyli buyumlar yaratishga qaratilgan badiiy konstruksiyalash (dizain)ning diqqat markazida xamisha odam, uning ijtimoiy va individual ehtiyojlari, iste’mol va ma’naviy talablari turadi. Har bir predmet (buyum) sanoat asarida farqli o‘laroq qandaydir hayotiy muhim vazifaga (funksiyalariga) egadir. Lekin deyarli har bir ishida o‘zini go‘zal buyumlar bilan o‘rab olish ehtiyoji bor. Shuning uchun ham buyumning qimmati ikki asosni -foyda va go‘zallikni qamrab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos mavjud bo‘lib, u hamisha muhim bo‘lmaydi va tarixan almashib turadi. Har bir predmet (buyum) sanoat asaridan farqli o‘laroq qandaydir hayotiy muhim vazifaga (funksiyaga) egadir. Lekin deyarli har bir ishida o‘zini go‘zal buyular o‘rab olish ehtiyoji bor. Shuning uchun ham buyumning qimmati ikki asosini foyda va guzallikni qamarab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos mavjud bo‘lib, u hamisha muhim bo‘lmaydi va tarixan almashib turadi.
2. Dizayn tushunchasi.
Dizayn-ingizcha tilidan olingan bo‘lib, chiroyli, shinam, yangi chiroyli loyiha degan ma’noni anglatadi. Dizainer esa kuchli rassom konstruktor odam. Buyum bilan har qanday tanishish ma’lum darajada unga baho berish bilan bog‘liq. Baho berish funksional, estetik, sotsial-nufuzli bo‘lishi mumkin. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug‘ullanadigan kishi o‘zining pirovard maqsadida chiroyli buyum yaratishga xarakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilish lozim.
Badiiy modellashtirishning mazmuni.
Buyumning tashqi formasi geometrik shakllar paralelepiped, prizma, silind, konussimon.
Nisbatlar-bu tushuncha kontrasli va farqi nisbatlar bir biri bilan mustahkam bog‘liq (hajmini, chiziqli miqdorlarini, fakturalarini, ranglarini) Hajmi fazoviy tuzilish(frontal, fazoviy). Ma’lumki har qanday buyum uch o‘lchovga ega bo‘lib, bu o‘lchovlar nisbatini biz hamisha xis qilib turamiz. Shu sababli buyumning hajmiga doir xarakteristikalarni uning asosiy o‘lchovlariga bog‘liq bo‘ladi.
Material obyekt qanday materildan tayyorlanganligi ham juda katta ahamiyatga ega. Garmonik forma va kompozitsiya tushunchasi. Garmonik forma go‘zallik qonunlari asosida yaratiladi. U uzviy va yahlit qismlari proporsional va ritmik bo‘lib, u odamga va atrofdagi bo‘limlarga mos plastik bo‘ladi., rangi ko‘zni quvontiradi. Dizainda kompozitsiya deganda ba’zan tugallangan obyektni xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi. Dizain nazariyasi xozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o‘z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi. Yaratilayotgan har qanday obyekt ma’lum vazifani (funksiyani) bajarishga qaratilgan. Obyektning shakli, o‘lchami uning funksiyasiga shakl mazmuni va tashqi qiyofasiga mos kelishi kerak.
Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo‘lsa, bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo‘lsa, u holda bunday tuzilishni faoviy tuzilish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |