Bog'liq 1 мавзу Matematikada axborot texnologiyalari fani predmeti, vazifasi, maqsadi va tuzilishi.
G rafik planshetlar. Grafik planshet va interaktiv qalamli displey - kompyuter grafikasi va animasiyalar bilan ishlash jarayonlarida qo’llaniladi hamda Adode Photoshop tipidagi grafik ilovalari bilan ham birgalikda va o’zaroaloqa ishlatiladi.
Digitayzer. Kompyuterda chizmalarni shakllantirish qurilmasi. Uning ish sohasi chizma doskasi kabi ko’rinishda, A1 o’lchamda bo’ladi. Odatda digitayzer grafik tasvirlarni koordinatalarini kompyuterga aniqnuqtalar ko’rinishda kiritish uchun qo’llaniladi.
Chizish uchun grafik planshetlar va interaktiv monitorlarda kiritish qurilmasi (simsiz qalam) ishlatiladi. Bu qurilmalarni ishlatish asosida: chizish; fotosur’at va tasvirlarni tahrirlash; kollajlar, otkritkalar va taqvimlar tuzish; kompyuterli animasiya va 3D modellashtirish; multimedali ilovalarda ishlash; audio va videomontaj ishlarini amalga oshirish; qo’lyozmali matnlarini aniqlash kabi ishlarni bajarish mumkin.