1-Mavzu. Avtomobil yo’llarini qurishda yo’l qurilish materiallarining o’rni va axamiyati.
Reja:
Avtomobil yo‘llarining Respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni.
Mavjud yo‘llarni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar.
Respublikada olib borilayotgan yo‘l siyosati.
Bundan necha yuz yillar avval xalqlarni bir – biri bilan bog‘lagan karvon yo‘llari bugun magistral yo‘llarga aylandi. Shunday yo‘llardan biri Buyuk Ipak yo‘lidir. Mag‘ribu, mashriqni bog‘lagan, xalqlar tarixi va taraqqiyotining eng kuchli xalqalaridan biri bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li dunyoga mashhur Buxoro , Samarqand, Qo‘qon va O‘sh shaharlari orqali Qashqardan o‘tib, yo‘nalishini davom ettirgan.
Bu yo‘nalish Yevropa qit’asini Osiyoning okean sarhadlari bilan bog‘laydigan va xalqaro miq’yosda oltin kamar vazifasini bajaruvchi muhim artyeriya hisoblanadi. Hozirda esa “Transkontinental yo‘nalishi” deb nom olgan. Prezidentimizning tashabbusi bilan “ Buyuk Ipak yo‘li” ni tiklash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilinishidan, transport yo‘lagi bo‘yicha xalqaro anjumanlarda qatnashib, shartnomalar, bitimlar tuzilishi, ayniqsa “Yevropa –Kavkaz- Osiyo” transport yo‘lagi (TRASEKA)ni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan maqsad portlarga , dengizlarga, jahon bozoriga chiqish va O‘zbekistonning rivojiga rivoj qo‘shishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovni avtomobil yo‘llarini rivojlanishiga katta ahamiyat byerishlari, ayniqsa “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi” qonun 2 oktyabr 2007 №PQ-117 da qayta ko‘rib chiqishi, ushbu qonunning maqsadi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha 30ta modda keltirilib, unda idoralar va korxonalarga qarashli avtomobil yo‘llari birgalikda xo‘jalik avtomobil yo‘llari deb, hamda shahar va boshqa aholi punktlari tasnifi qo‘shilgan.
Respublikamiz bo‘yicha barcha turdagi transportlarda tashilayotgan yo‘lovchilarning 96,6% , yuklarni esa 81,3% aynan avtomobil transporti hissasiga to‘g‘ri keladi. Demak, mamlakatimizda bu transport vositasiga talab katta. Yo‘l tarmog‘ini umumiy uzunligi respublika bo‘yicha 183,000 km.
Keyingi 2005-2010 yillar ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov va Vazirlar maxkamasi tomonidan chiqorilgan qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar avtomobil yo‘llarini yanada yaxshilashni maqsad qilib qo‘ygan
Buning uchun Prezidentimizning
2006 yil3.03daga PQ-299-sonli qarori, 2006 yil 25.10dagi PQ 499- sonli qarori, 2006 14.11 daga PQ-511-sonli qarori, 2006 20.12 daga PQ-535-sonli qarori,
2005 30.09 daga R-2338-raqamli farmon, 2006 yil 1.11dagi № 226- sonli Vazirlar Maxkamasini qarori Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 12.08 dagi 194-sonli qarori,
2009 yil 22.04 dagiPQ-1103- sonli qarori,2009 yil 5.11 dagi , 2009 yil 20.07 dagi PQ- 1164-sonli qarori , 2009 yil 22.10 dagi №277- sonli Vazirlar Maxkamasini qarori 2010 yil 27.01 dagi Vazirlar Maxkamasini majlislari , 21.12.2010 yil PQ-1446 qarori 2011- 2015 yilda infrotuzilmani transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirshni jadallashtirish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muxim ustuvor yo‘nalishlarga bagishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining majlisidagi “ Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi “ mavzusidagi ma’ruzasida qayd etilganidek, bizning 2011 yilgi va istiqbolga mo’ljallangan iqtisodiy dasturimizni amalga oshirishda infratuzilmani , transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal ravishda rivojlantirish ustivor yo‘nalishga aylanishi darkor.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan O‘zbekiston xalqining boyligi va mamlakatimizning “qon tomirlari” bo‘lgan va bugungi ko‘nda 42654 kilometr uzunlikdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari, jumladan 3979 km xalkaro, 14069 km davlat, 24606 km maxalliy axamiyatidagi avtomobil yo‘llari texnik soz xolatda asraldi, sakdandi, rivojlantirildi, takomillashtirildi. Har qanday ob-xavo sharoitida transport vositalarining uzluksiz va xavf xatarsiz qatnovi ta’minlanib kelinmoqda.
O’tgan davrda 1990 yilga nisbatan semetbeton koplamali yo‘llar uzunligi 21 kilometrga, asfaltbeton qoplamali yo‘llar 1852 kilometrga, ko’ra qoplamali yo‘llar 542 kilometrga, tosh shag’al qoplamali yo‘llar 421 kilometrga o’sib, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llardan tuproq yo‘llar uzunligi 746 kilometrga kamaydi.
2755 km uzunlikdagi O‘zbek Milliy avtomagistrali tarkibidagi 238 km avtomobil yo‘li ikki tasmalidan to‘rt tasmali yo‘lga o‘tkazildi, pirovard natijada avtomobil yo‘llarining transport oqimiga xizmat ko‘rsatish darajasi 1991 yilgi xolatga nisbatan mutlaqo o‘sdi. Ayniqsa Xalqaro transport yo‘lagiga kiradigan avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ta’mirlashda yangi miqdor va sifat o‘zgarishlariga yerishildi. Bemalol aytish mumkinki, avtomobil yo‘llarining transport foydalanish ko‘rsatkichlari va yo‘llarning texnik xolatining yaxshilanganligi va isloxatlar samarasi natijasida bugungi kunda (magistral avtomobil yo‘llarimizda transport vositalarining miqdori ikki marta oshganligiga qaramasdan) faqat yaqin 2000 yilga nisbatan xam qatnov tezligining oshganligi hisobiga yuk va yo‘lovchilarning yo‘lga sarflanayotgan vaqti qariyb 25 foizga qisqardi.
O‘tgan 20 yilda jami 23002 km.lik yo‘l ishlari bajarilib, jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 2722 kilometrdan ortiq yangi yo‘llar qurildi va rekonstruksiya qilindi, 3800 km avtomobil yo‘llarida mukammal ta’mirlash va 21978 km avtomobil yo‘llarida o‘rta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek o‘tgan davrda 175 dona umumiy uzunligi 6645 km bo‘lgan ko‘priklar, 19 dona 3938 km. Yo‘l o‘tkazgich va transport yechimlari ko‘rildi va rekonstruksiya qilindi.
Jumladan , birgina A-373 “M-39 avtomobil yo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren- Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh (M39 avtoyo‘li (918km)-Sardoba-Bo’ka-
Oxangaron-Angren-Qo‘qon-Shaxrixon-Andijon-O‘sh’’ avtomobil yo‘lining
“Toshkent –O‘sh” yo‘nalishi bo‘yicha “Qamchiq” va “Rezak” dovonlarida 2,5 kilometrlik tonnellar qurgan xolda 13 km yangidan va 108-214 kilometrlari oralig‘i qayta ta’mirlandi. Shuningdek, mazkur yo‘lning Farg‘ona, Andijon viloyatlari xududlaridan o‘tgan qismi to‘liq ta’mirdan chiqarildi va yo‘l to‘liq 2 tasmalidan 4 tasmali yo‘lga o‘tkazildi, yangidan 57 km lik Ko‘kon shaxrini aylanib o‘tish yo‘li qurildi.
Mamlakatimizda har yil o‘rta hisobda 170-250 kilometr yo‘l qurilmoqda yoki rekonstruksiya qilinmoqda, qariyb 1500 kilometrdan ortiq yo‘llar o‘rta va kapital ta’mirdan chiqarilmoqda.
Yuqorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Maxkamasi tomonidan keyingi 2006-2010 yillardagi qaror va farmoishlarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ko‘rilgan chora- tadbirlar:
”O‘zavtoyo‘l” DAK ni tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha o‘zgartirishlar qilindi. “2007-2010 yillarda umum foydalanuvdagi yo‘llarni qurilishini rivojlantirish chora- tadbirlari” qaroriga ko‘ra ”O‘zavtoyo‘l” DAK tomonidan qurilishni rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha quyidagilarni hisobga olgan holda yo‘llarni hozirgi holatini va transport vositalari harakatini o‘sib borish jadalligini aniqlash;
Yevroosiyo xalqaro transport bozori tizimida munosib qatnashchi bo‘lish uchun quyidagi yo‘nalishlar tarkibiga kiradigan yo‘llarni bosqichma –bosqich qurish va qayta ta’mirlash, ya’ni MDX va Yevropa mamlakatlariga chiqishni ta’minlaydigan “G‘uzor- Buxoro- Nukus- Qo‘ng‘irot-Baynov”, “Almata- Beshkek-Toshkent-Tyermiz” va “Novoiy- Uchquduq; Fors qo‘ltig‘i” va Qora dengiz portlariga chiqishini ta’minlaydigan “Samarqand- Navoiy-Buxoro–Olot” yo‘llari Konsepsiyadagi masalalarni bajarishda 679 km avtomobil yo‘llarini, shu jumladan 489 km xalqaro transport marshrutlari tarkibiga kiradigan yo‘llar va 190 km davlat ahamiyatiga ega yo‘llarni qurish va qayta ta’mirlash,
I – toifadagi yo‘llarni 557 kmga, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning umumiy uzunligini 2743 km ga uzaytirish, shuningdek Respublika ichidagi yuk va yo‘lovchi tashishni 60-70% ga oshirish va xalqaro va tranzit yuk tashishlarni o‘rtacha 45-55% ga shu jumladan “Qo‘ng‘irot-Beynov” yo‘nalishida 2,5-3 baravar ko‘paytirishni ta’minlash imkonini byerdi.
Avtomobil yo‘llarini, avvalo xalqaro va davlat axamiyatiga ega yo‘llarning transport- ekspluatatsiya sifatlarini xalqaro me’yorlar va standartlar talablari darajasiga. Ko‘tarish, yuklar va yo‘lovchilarni tashishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha raqobatbardosh tranzitni amalga oshirish, xamda avariyalarni kamaytirish ko‘rilgan
Prezidentimiz tomonidan chiqorilgan 2009-2014 yillarda O‘zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi PQ -
1103-qaroriga asosan O‘zbekiston milliy avtomagistralini yo‘nalishlarini nomi va unga kiradigan avtomobil yo‘llari bo‘yicha 2009-2014 yillar ichida quriladigan transport yechimlari ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va yo‘lni texnik parametrlarni oshirilishi hamda 4 polosali sementobeton qoplamali yo‘lni uzunligi 400km, 4 polosali asfaltobeton qoplamali yo‘lini uzunligi 813 km, 2 polosali asfaltobeton yo‘li 288 kmga, shuningdek yo‘l poyini 1026 km ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichni qurish va rekonstruksiya qilish 1488 pm hamda ta transport razvyazkani qurish rejalashtirilgan.
27 yanvar 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasini majlisi bo‘lib, halqaro ahamiyatdagi “Toshkent – O‘sh” yo‘lini 116-214 km ni holatini yaxshilash masalasiga oid ko‘riladigan chora-tadbirlarni ko‘rish, chunki temir yo‘l transporti bo‘yicha tashiladigan yukni 4,0 mln.tn.si. “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lini “Qamchiq” dovoniga yo‘naltirilishi bo‘ldi.
Avtomobil yo‘li A-373 “Toshkent - Osh ” ni “Qamchiq” dovonidan 16,2 mln.tn xajmidagi yuklarni tashish shuningdek bu bo‘laklarda 2009 –yilni boshida 10415 avt/sut yilning o‘rtasida esa 15851 avt/sut, jadal vaqtida esa 18250 avt/sut. bo‘lishi ko‘rilgan “Qamchiq” dovonida yil bo‘yi 27 yanvarda 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasini majlisi bo‘lib, halqaro ahamiyatdagi “Toshkent – Osh” yo‘lini 116-214 km ni xolatini yaxshilash masalasiga oid ko‘riladigan chora - tadbirlarni ko‘rish, chunki temir yo‘l transporti bo‘yicha tashiladigan yukni 4,0 mln.tn.si. “Toshkent - Osh” avtomobil yo‘lini “Qamchiq” dovoniga yo‘naltirilishi bo‘ldi.
O‘zbekiston xududlaridan 22% dan ortig‘i tog‘li rayondan iborat. Tog‘li yyerlarni murakkab relefi avtomobilni xavfsiz harakati va ishlash tartibiga ta’sir qiladi. Tezlikka va xavfsiz harakatga plandagi kichik egrili radiusi va katta bo‘ylama qiyaliklari ta’sir etadi. O‘zbekistondagi tog‘li yyerlardan o‘tadigan tog‘ yo‘llari 3 % ni tashkil etadi. Tog‘li yo‘llarda dovonli qismlari bo‘lgan avtomobil yo‘li A-373 “Toshkent Osh” 116-
214 km bo‘laklari, dovon “Qamchiq” avtomobil yo‘li m-39 “Almata- Beshkek- Toshkent- Tyermiz”
1120-1145 km bo‘lagi, davon “Taxtakaracha” 1302-1320 km bo‘lagi, dovon “Akrabot” yo‘llari davlatimizni asosiy iqtisodiy artyeriyasidir “Uzavtoyo‘l” DAK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovni 2007, 2008, 2009 yilda yuqorida keltirilgan qonunlari farmoyishlarini, qarorlarini amalda bajarilmoqda va xavfsiz harakat ta’minlanishi ko‘rilmoqda
Shuningdek, yo‘llardan foydalanishni yaxshilash, xavfsiz harakatni oshirish maqsadida 8688 ta yangi yo‘l belgilari: 31136 ta 44,5 km yo‘l to‘siqlari, 26486ta yo‘naltiruvchi; ustunchalar 168,5ni piyodalar yo‘lagi ta’mirlandi 235ta avtobus bekatlari 483ta avtobus bekatlari qurildi va ta’mirlandi. 2007 yilda qilingan ishlar, asosan M-37, A-373, M-39, A-380 yo‘llar bo‘yicha olib borilib, 91629,3 mln. So‘mlik ishlar bajarilib, 2006 yilga nisbatan 275,9% tashkil qildi.
2008 yilda 59.286 dona yangi belgilar eski belgilarni almashtirish, qatnov qismini belgilanishi, piyodalarning o‘tish joylari, avtobus bekatlari qurishi va ta’mirlash uchun
311819.0 mln. so‘mlik ish bajarildi, bu 2007 yilga nisbatan 128,6%ga ortiq bajariladi. Bu ishlar A-373 ni 216-274 km lar 411-904 va 4R-148; M-34 ni 104km; M-39 bo‘yicha hamda A-30, M-34 bo‘yicha to‘la va o‘rta ta’mirlash ob’ektlarida ish bajarilgan.
2009-2014 yillar ichida 23 ta kemping, 28ta motel, 75ta avtomobillarga gaz quyish siansiyasi, 73ta texnik xizmat va tibbiy yordam stansiyalari, 47 ta avtomobillar qisqa vaqtga to‘xtash maydonchalari quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining transport infratuzilmasiga alohida e’tibori tufayli 2009 yil 22-apreldagi PK-110Z-sonli “2009-2014 yillarda O‘zbek milliy avtomagistralini rekonstruksiya kilish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2009 yil 22-oktyabrdagi PP 277-sonli “O‘zbek milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va syervisini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2010 yil 21-dekabrdagi PQ-1446-sonli “2011-2015 yillarda tranport va kommunikatsiya qurilishi infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi Qarorlari asosida maqsadli Dasturlar qabul qilinib amalga oshirilmoqda. O’tgan 20 yil da xalqaro va davlat axamiyatidagi 3722 kilometrdan ortiq yangi yo‘llar qurildi va rekonstruksiya qilindi. Xususan 2755 kilometrlik O‘zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi yo‘nalishlar tarkibidagi 238 km avtomobil yo‘li ikki tasmalidan to’rt tasmali yo‘lga o‘tkazildi. Ayniqsa mamlakatimiz xududidan o‘tgan 20 ta (E-40, 60, 123, 003, 004,
005, 006, 007, AN-5, 62, 63, 65, Traseka 22, 23, 25, 26, 27, 28, Transafgon yo‘lagi.) Xalqaro transport yo‘lagiga kiradigan avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ta’mirlash ishlarining keskin oshganligi, Navoiy va Angren logistika markazlarining ishga tushirilishi, yirik loyixalarga xorijiy sarmoyalarning jalb etilishi, avtomobil yo‘llarga bo‘lgan talabni yangi bosqichga xamda yangi miqdor va sifat o’zgarishlariga olib kelmoqda. Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun har yil qaryib 600-700 mlrd so‘m ajratilayotganligi, shuningdek mamlakatimizdagi Milliy o‘zbek avtomagistrallari tarkibiga kiruvchi xalqaro transport yo‘laklarini xalqaro andozalar asosida qayta qurish uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 600 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilayotgani, bularning xammasi yurt farovonligining ko’zgusi bo‘lgan avtomobil yo‘llarini rivojlantirish omilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi PQ-1446-sonli “2011-2015 yillarda transport va kommunikatsiya qurilishi infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi qaror bilan tuzilgan Dastur asosida 2012- 2015 yillarda mazkur qaror asosida 2306 km yo‘l ( shundan 1410 km O‘zbek Milliy avtomagistrali tarkibidagi avtomobil yo‘llar) quriladi va rekonstruksiya qilinadi.
Ushbu muxim Dastur nafaqat O‘zbek milliy avtomagistralini rivojlantirishni va respublikaning barcha mintaqalarini ishonchli avtomobil transporti aloqasini ta’minlovchi to’rt tasmali sementbeton va asfaltbeton qoplamalar qurishni, balki uni transportning boshqa turlari , jumladan, temir yo‘l, xavo transportining rivojlanishiga mutanosibligini, bu esa kommunikatsiya tizimlarining bir butunlikda harakat qilishini taminlovchi omil ekanligini belgilab byerdi.
Qarorning yana bir muxim jixati shundaki, O‘zbek milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l yoqasi infrastrukturasi va syervisini maqsadli tashkil qilish ko’zda tutilganligidadir. Jumladan, 2011–2015 yillarda O‘zbek milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l yoqasi infrastrukturasi va syervisini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l yoqalarida jami – 240 ta jumladan, 19 joyda kemping, 18 joyda motel, 36 joyda ko‘p yonilg’ili avtomobillarni yoqilg’i bilan ta’minlovchi shaxobchalar, 49 joyda avtogaz to’ldiruvchi kompressorli stansiyalar,
78 joyda avariya chaqiruv va tibbiy tez yordam xizmati punkti, 31 joyda sanitar gigiena shart-sharoitlariga ega bo‘lgan avtomobillarni qisqa to‘xtash maydonchalari, 9 joyda turizmning barcha sharoitlariga ega bo‘lgan ob’ektlari riladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha esa Beynov-Qo’ng’irot-Buxoro-Navoiy-Samarqand- Toshkent-Andijon yo‘nalishida 169 joyda, Buxoro-Olot yo‘nalishida 12 joyda, Buxoro-Qarshi-G’uzor-Tyermiz yo‘nalishida 43 joyda, Samarqand-G‘uzor yo‘nalishida 16 joyda yo‘l yoqasi infrastrukturasi va syervisi ob’ektlari quriladi.
Shuni qayd etish lozimki , yangi loyixalanayotgan yo‘l qoplamalari va sun’iy inshootlar – ko‘priklar , yo‘l o‘tkazgichlar , estakadalar va boshqalar zamonaviy yuklarni qabul qilishga mo‘ljallangan bo’lishi shart. Buning uchun transport inshootlarini loyixalash va hisoblash bo‘yicha Respublikamizda amalda bo‘lgan normativ xujjatlar soxa mutaxasislari va olimlar ijodiy xamkorligida mukammallashtirilgan xolda qayta ishlab chiqilyapti.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki yangi yo‘llarni barpo etilishi va eskilarning qayta ta’mirlanishi xududlarga yangi xayot nafasini olib keladi. Katta xajmdagi qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bilan birga yangi uy-joylar barpo etiladi. Yo‘llarning rivojlanishi insonlarni bir-biriga yaqinlashtirish bilan birga ular uchun ko‘plab imkoniyatlar xam yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |