16- mavzu: Friktsion ilashish muftasining tuzilishi
Reja
1. Friktsion ilashish muftasining vazifasi
2. Friktsion ilashish muftasining tuzilishi
3. Friktsion ilashish muftasining ishlash uslubi
Friktsion ilashish muftasining rasmda tasviriy chizmasi keltirilgan.
Uningyetakchi qismi maxovik 3 va u bilan qobiq 1 orqali bevosita yuog’liq bo’lgan siquvchi disk 2 va uning siqilishini va ajralishini boshqarib turuvchi bir qator detallardan tashkil topgan.yetaklanuvchi qismga esa faqatyetaklanuvchi disk 4 kiradi. Bundan tashqari, ilashish muftasi disklarning muttasil qo’shilib turishini ta’minlaydigan siquvchi prujina 6 lardan va ularni ajratuvchi richag 7 lardan iborat.
Boshqarish mexanizmiga esa ajratish muftasi, podshibnigi 8 bilan ajratish vilkasi 9, tortqi 12, pedal va pedalni tortib turuvchi prujina 11 kiradi. Avvalo,
pedal 10 bosilmaganda, ilashish muftasi muqim qo’shilgan bo’ladi, chunkiyetaklanuvchi disk 4 siquvchi disk 2 bilan maxovik 3 oralig’ida prujinalar 6 yordamida doimo qisilib turadi. Bu vaziyatda dvigatelning burovchi momenti ilashish muftasiningyetakchi qismi – maxovik va siquvchi biskdanyetaklanuvchi diskka, disklarning ichki sirtida hosil bo’lgan ishqalanish kuchi orqali uzatiladi.
Pedal bosilganda esa ilashish muftasi disklari bir-biridan ajraladi, chunki kuch bilan maxovik tomon surilgan muftali podshipnik 8 yordamida ajratish richaglari 7 ning tashqi uchlarini oldinga suradi, natijada siquvchi disk 2 orqaga tortilib,yetaklanuvchi disk 4 ni,yetaklovchi disklararo ilashishdan bo’shatadi. Bu holda richag 7 qobiq 1 bilan birga aylanadi, shuning uchun unga bevosita kuch uzatuvchi detal o’z o’qi atrofida aylanishi lozim. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ajratuvchi muftaning uchiga podshipnik 8 o’tkaziladi. Odatda ilashish mufta yuritmasi qismiga pedal 10, tortqi 12, prujina 11, vilka 9 va ajratuvchi mufta vazifasini o’tovchi podshipnik 8 kiradi.
Ilashish muftasiyetakchi disklarning soniga qarab, bir, ikki va ko’p diskli, siquvchi prujinalarning turiga va joylashuviga qarab doira bo’ylab joylashgan prujinali yoki bitta markaziy prujinali, shuningdek markaziy diafragma prujinalisi ham bo’ladi. Demak, friktsion turdagi ilashish muftasini qo’shish uchun doira bo’ylab joylashgan bir nechta prujinalarning yoki bitta doira bo’ylab joylashgan bir nechta prujinalarning yoki bitta markaziy prujinaning maxovik tomon yo’nalgan kuchidan foydalaniladi.
Doira bo’ylab joylashgan prujinali, bir diskli, quruq ilashish muftasi avtomobillarda keng tarqalgan. Chunki bunday ilashish muftasi oddiy bo’lib, massasi kichik, ishlatish va tiklash ishlari ancha qulay. Uning quruq deb atalishiga sabab burovchi momentni uzatishda disklarning ishqalanuvchi sirtlari quruq bo’lishi lozim.
Friktsion ilashish muftasini boshqarish mexanik, gidravlik, elektromagnit yuritmali bo’lishi mumkin. Ko’pincha, avtomobillarda mexanik yoki gidravlik turdagi boshqariladigan ilashish muftalari ishlatiladi.
Elektromagnitli uslubda boshqariladigan turi esa ilashish muftasining ishlashini to’la avtomatlashtirish maqsadidayengil avtomobillarda ko’proq qo’llaniladi. Mexanik yuritmali ilashish muftasini boshqarishniyengillashtirish maqsadida kuchaytirgichlar ishlatiladi. Bular ham yuritmasi bo’yicha mexanik (servoprujinali), pnevmatik va vakuumli turlariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |