terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
Masalan: manzarali bog‘dorchilika oid atamalarga: landshaft, adaptatsiya,ajurniy,besedka, galofitlar, gazon, ustunsimon krona va hakozo.
Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan. Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan.
Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji o‘z-o‘zidan kelib chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy tafakkur doirasining kengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko‘payib borishi ularni (terminlarni) har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga turtki bo‘lgan edi.
O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish urushdan keyin, asosan, 50-yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi, mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganish, termin qo‘llashni tartibga solish davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi. 1984 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshlashi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferentsiyalarning o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Adaptatsiya - biror-bir o‘simlik turning yangi sharoitga
moslashuvi.
Ajurniy - bog‘-parklar va xiyobonlardagi yashil o‘simliklaming shox-shabbalari orasida yorug‘likni bemalol o‘tkazib,nafis ko‘rinish namoyon qilishi.
Alleya - yo‘lovchilar yoki texnika vositalari harakatlanadigan, ikki tomoniga qator qilib ekilgan yashil o‘simliklar majmuasidan iborat yo‘llar.
Arabeski - bog‘-park hududida har xil gul turlaridan kapalaklar yoki arab yozuvlarini eslatuvchi manzarali ko‘rinish hosil qilish. Ular sharsharalar, maysazorlar va yodgorliklar atroflarida tashkil etiladi.
Arka - bog‘-park qurilishida yarim oy yoki yarim doira shaklida toshlardan, g‘ishtdan, Gazon ~ sun’iy usulda Ьафо qilingan maysazor hudud.
Galofitlar — sho‘rxok yer maydonlariga moslashib o‘sa oladigan o‘simliklar.
Dyern — tuproqning chim qatlami o‘sib-rivojlangan qismi.
Dizayn — bog‘-parklarda yashil o‘simlik turlari va gul turlaridan nafis peyzajlar namoyon qilish.
ar va xiyobonlardagi yashil o‘simliklaming shox-shabbalari orasida yorug‘likni bemalol o‘tkazib,
nafis ko‘rinish namoyon qilishi.
Alleya - yo‘lovchilar yoki texnika vositalari harakatlanadigan, ikki tomoniga qator qilib ekilgan yashil o‘simliklar majmuasidan iborat yo‘llar.
Amfiteatr - qadimgi Rim arxitekturasida yarim doira yokiellips ko‘rinishidagi sport inshootlari va bog‘- parklarda tomoshabinlar o‘tiradigan inshoot.
Arabeski - bog‘-park hududida har xil gul turlaridan kapalaklar yoki arab yozuvlarini eslatuvchi manzarali ko‘rinish hosil
Basseyn - ko‘kalamzorlashtirish hududlarida manzarali ko‘rinishda sun’iy usulda qurilgan, bolalaming yoz faslida cho‘milishi uchun tashkil etilgan dam olish maskani.
Besedka — tashrif buyuruvchilar bemalol dam olishi, kitob,gazetalar o‘qishi uchun bog‘-parklarda har xil ko‘rinishda (ochiq yoki yopiq) barpo qilingan inshoot.
Bonsay — past bo‘yli manzarali daraxt va butalardan alohida kompozitsion va miniatyurali ko‘rinish yaratish. Bu, aslida,Yaponiyada milliy san’at darajasida yaratiladi.
Volyer - noyob qushlar yoki hayvonlami bog‘-parklarda saqlash uchun sim to‘siqlar va qamishdan yasab o‘ralgan maydon.
Gazon - sun’iy usulda barpо qilingan maysazor hudud.
Galofitlar — sho‘rxok yer maydonlariga moslashib o‘sa oladigan o‘simliklar.
Dyern — tuproqning chim qatlami o‘sib-rivojlangan qismi.
Dizayn — bog‘-parklarda yashil o‘simlik turlari va gul turlaridan nafis peyzajlar namoyon qilish.
Drenaj — ko‘kalamzor hududdagi yer osti sizot suvlarining me’yorida bo‘lishi uchun quriladigan muhandislik inshooti.
Interyer - bino yoki inshootning ichki hajmi.
Kaskad - bog‘-parklarda suv yo‘nalishlarida sun’iy zinapoyalar shaklida qurilgan inshoot.
Kashpo - sopol, plastmassa yoki yog‘ochdan manzarali ko‘rinishda yasab ichiga gul o‘simliklari ekiladigan guidon.
Ustunsimon krona - shox-shabbalari daraxt tanasiga zich joylashib yuqoriga qarab konussimon shaklga ega daraxt va butalar.
Kolorit - o‘simliklar kompozitsiyasidagi ranglar jilosi.
Landshaft - biror-bir hududdagi arxitektura-qurilish inshootlari, bog‘-park elementlari, suv havzalari va o‘simlik dunyosini tashrif buyuruvchilar nigohida badiiy-kompozitsion ko‘rinish namoyon qilishi.
Lujayka - bog‘-parklarda 0,5-0,7 ga cha bo‘lgan o‘tsimon o‘simliklar bilan qoplangan ochiq maydon.
Do'stlaringiz bilan baham: |